N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə36/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

6. Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari

    1. Kranlar

Yuklarni ma’lum balandlikka ko‘tarish, gorizontal tekislik bo‘ylab siljitish va kerakli joyga tushirish ishlarini bajaruvchi mashinalar kranlar deyiladi.
Kran konstruksiyasi strela yoki ko‘priksimon ko‘rinishda bo‘ladi. Kranlar qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan turlarga bo‘linadi.
Strelali kranlar. Strelali kranlar aylanma kranlar deb ham ataladi. Bunday kranlar yuk ko‘taruvchanligi, yukni ko‘tarish tezligi, siljitish tezligi, kranni burish tezligi, strelaning qulochi, burilish burchagi, yukni ko‘tarish balandligi va o‘lchamlari bilan farqlanadi.
Kranning aylanish o‘qi bilan ilgak osmasidan tushirilgan vertikal chiziq o‘rtasidagi eng qisqa masofa (Z, m) kran qulochi deyiladi (61-rasmga qarang).
Kranlar o‘zgarmas qulochli va o‘zgaruvchan qulochli bo‘lishi mumkin (59, 61-rasmlarga qarang).
O‘zgarmas qulochli kranlar ayrim ish joylarida, ishlab chiqarish uchastkalarida, sexlarda, qurilish-montaj ishlarida, yuk ortish va tushirishda ishlatiladi.
Kran tayanchlariningjoylashishiga qarab: yuqoridagi tayanch tashqaridajoylashgan (59-rasm); qo‘zg‘almas kolonnaga o‘rna- tilgan (61-rasm); aylanma platformaga o‘rnatilgan (62-rasm) kranga bo‘linadi.
Yuqoridagi tayanch tashqarida joylashgan kranlarda kran lebyodkasi kranning metalkonstruksiyasiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Kran strelasi 120—180° ga burilishi mumkin. Kranning yuk ko‘taruvchanligi < 1,5 t bo‘ladi. Bunday kranlarning tuzilishi oddiy, narxi arzon, lekin burilish burchagi 180° dan oshmaydi.
Qo‘zg‘almas kolonnaga o‘rnatilgan kranlarda bunday kamchilik yo‘q (61-rasm). Bunday kranlar korxonalarning ochiq maydonlariga o‘rnatilishi mumkin. Yuk ko‘tarish mexanizmi kran metallkonstruksiyasiga o‘rnatilib, kran bilan birga aylanishi mumkin.
Kran kolonnasi poydevorga o‘rnatilgan bo‘lib, ag‘darilib ke- tish, to‘ntarilib ketishdan muhofaza qilingan bo‘ladi. Ko-
117

lonnada ortiqcha eguvchi moment hosil bo‘lmasligi uchun, ko‘pincha, bunday kranlarga posangi o‘rnatilgan bo‘ladi (61- rasm, b). Posangi o‘rnatilmagan kranlarning yuk ko‘taruv- chanligi 25 tonnadan oshmaydi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin