N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə51/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Elevatorlar

Elevatorlar sochiluvchan yoki donali yuklarni vertikal yoki qiya yo‘nalishda tashish uchun ishlatiladi. Ular kovshli, tokchali va kajavali turlarga bo‘linadi.
Kovshli elevatorlardan turli sochiluvchan, changsimon va donali yuklarni vertikal (60 m gacha) yoki qiya (a >70°) yo‘na- lishda tashish uchun foydalaniladi. Kovshli elevatorlarning ish unumdorligi 5 dan 600m3/soat gacha bo‘ladi. Ularda kovsh — ko‘taruvchi organ, kovshlar montaj qilingan vtulka-rolikli zanjir yoki rezinalangan tasma esa tortuvchi organ hisoblanadi. Tortuvchi organ elevator va yukning xarakteristikasiga qarab tanlanadi. Agar tashiladigan material sochiluvchan bo‘lsa, u holda rezinalangan tasma ishlatiladi va uning tezligi 3,5 m/s dan oshmaydi. Agar tashiladigan material katta donali va issiq materiallardan iborat bo‘lib, katta balandlikka tashilsa, vtul­ka-rolikli zanjirlar ishlatiladi va uning tezligi 1,25 m/s dan oshmasligi kerak.
Kovshli elevatorlar konstruksiyasining joylanish holatiga ko‘ra vertikal (119-rasm, a) va qiya (119-rasm, b) konveyerlarga bo‘li- nadi.
Kovshli elevator (119-rasm, a) yuritma 1, harakatlantiruvchi baraban yoki yulduzcha 2, ustki qopqoq 3, tushiriluvchi organ 4, tortuvchi ish organi 5, kovsh 6, korpus 7 va taranglovchi 8 hamda yuklovchi 9 moslamalardan tashkil topgan.
Kovshni materialga botirib to‘ldiriladi yoki yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to‘ldiriladi. Tortish orga­ni 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va kovshlar yig‘iq joy-
171

119-rasm. Kovshli elevator.

lashgan hollardagina kovshni shunday to‘ldirish mumkin. Kovshdan yukni to‘kish uchun u to‘ntariladi (gravitatsion to‘kish) va yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to‘kiladi. Markazdan qochma kuch yordamida to‘kishdan kovshlari bir-biridan uzoqroq joylashgan va tortish organi 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan foydalaniladi. Kovshli elevatorlarning asosiy o‘lchamlari DAST 2036-77 bilan belgilangan.


Bu elevatorlarning afzalligi: ko‘ndalang kesimining kichik- ligi, yukni ancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi.
Kamchiligi esa yukni bir xil uzatib turish kerakligidir.
Kovshning konstruksiyasi (turi) tashilayotgan yukning tarkibi va yuklash hamda bo‘shatish turi bo‘yicha aniqlanadi. Elevatorlarda asosan 3 xil kovsh o‘rnatiladi: chuqur, sayoz va yo‘naltiruvchi (120-rasm, a, b, d).
Chuqur kovshlar asosan quruq, oson bo‘shaydigan, chang- simon, donali va mayda donali sochiluvchan materiallarni (don, qum, mayda ko‘mir) tashish uchun; sayoz kovshlar nam, yomon to‘kiladigan, changsimon, donali va mayda donali sochiluvchan materiallarni tashish uchun; yo‘naltiruvchi bortli kovsh sekin yuruvchi tasmali va zanjirli elevatorlarda yaxshi to‘kiluvchi quruq, mayda donali materiallarni tashish uchun ishlatiladi.
Tortuvchi element. Kovshli elevatorlarda tortuvchi element sifatida tasma yoki zanjir ishlatiladi.
Tasma. Kovshli elevatorlarda rezinalangan tasma ishlatiladi. Kovsh tasmaga maxsus kallakli bolt bilan qotiriladi. Tasmaning eni kovshning enidan 25—150 mm ortiq qilib olinadi.
Zanjirlar bir plastinkali, vtulkali, vtulka-rolikli, vtulka-katokli va payvandlangan bo‘ladi. Ular diametri 16—28 mm li po‘lat simdan tayyorlanib, payvandlanadi. Kovsh zanjirga burchaklik yoki fasonli zvenolar yordamida bolt yoki parchin mixlar bilan qotiriladi. Zanjirlar asosan ish unumdorligi katta elevatorlarda, ko‘tarish balandligi katta, og‘ir donali, shuningdek, issiq yuklarni tashishda, ya’ni rezinalangan tasmada tashish mumkin bo‘l- magan yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
Yuritma elektrodvigatel, uzatish mexanizmi, baraban yoki yulduzcha, shuningdek, yukli tasma yoki zanjir, o‘z-o‘zidan orqaga harakatlanmasligi uchun to‘xtatuvchi qurilmalar bilan ta’- minlanadi. To‘xtatuvchi qurilma sifatida xrapovikli yoki rolikli

120-rasm. Elevator kovshlari.

to'xtatgichlar ishlatiladi. Ular yetakchi baraban yoki yulduzcha valiga yoxud elastik muftaga o'rnatiladi.
Taranglovchi qurilma. Kovshli elevatorlarda vintli yoki yukli taranglovchi qurilma ishlatiladi. Ular asosan tortuvchi element turiga, yuritmaga va elevatorning balandligiga qarab tanlanadi. Taranglovchi qurilma yetaklovchi baraban yoki yulduzcha valiga joylashtirilib, elevator boshmog'ining chetki devorlariga qotiriladi. Taranglash masofasi 200...500 mm ni tashkil qiladi.
Kajavali elevatorlar turli donali yuklarni vertikal yo'na- lishda tashish uchun ishlatiladi. Ularda kajavalar tortuvchi elementga sharnir yordamida mahkamlanadi. Ular ikki (121- rasm, a) va yakka (121-rasm, b) zanjirli qilib tayyorlanadi. Ikki zanjirli tortuvchi elementda yetaklovchi yulduzcha konsol valga o'rnatiladi.
Tokchali elevatorlar har xil donali yuklarni vertikal va qiya yo'nalishda ko'tarish uchun ishlatiladi. Tokchali elevatorlar (122-rasm, a) ikkita vertikal tutashtirilgan zanjir 2, yuqori 1 va pastki 3 yulduzchalar, shuningdek, zanjirlarga bir-biridan ma’lum masofada joylashgan tokcha qisqich 4 dan tashkil topadi. Tokcha-qisqichlarning shakli tashilayot-

121-rasm. Kajavali elevatorlar.
174



122-rasm. Tokchali elevatorlar.

gan yukning turiga bog‘liq. Yuklash va tushirish avtomatik yoki qo‘lda bajariladi. Tortuvchi element sifatida plastin- kali, vtulkali va vtulka-rolikli zanjirlar ishlatiladi va ular- ning harakat tezligi 0,2...0,3 m/s gacha bo‘ladi.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin