Vintli konveyerlar va yuk tashuvchi quvurlar Vintli konveyerlar
Vintli konveyerlar sochiluvchan, ba’zi hollarda mayda donali yuklarni gorizontal yo‘nalishda, ba’zan (5... 10°) qiyalik bilan tashish uchun ishlatiladi.
Konveyer uzunligi odatda <40 m olinadi. Konveyer unum- dorligi 2... 150 m3/soatga yetadi. Vintli konveyer korpus 5, parrakli val 4, podshipnik 3, yuk ortuvchi tuynuk 1, kuzatuvchi tuynuk 2, yuk tushiruvchi moslama 6 va konveyer yuritmasi 7 dan iborat (127-rasm).
Tashiladigan yuk bilan parrakli vint vint-gayka kinematik juftligi tarzida ishlaydi. Vint vazifasini parrakli val, gayka va- zifasini tashilayotgan yuk bajaradi. Tashilayotgan yuk konveyer devorlariga ishqalanib, o‘zaro aralashib harakatlanadi. Bunday konveyerlarda yuk bir-biri bilan urilib maydalanishi, ayrim hollarda tiqilib qolishi mumkin. Shuning uchun bu konveyerlarda quvvat nisbatan ko‘p sarflanadi.
127-rasm. Vintli konveyer. 181
Vintli konveyer unumdorligi (t/soat) hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Q = 60^ _ t , n , ^ , p , K,, (217)
bu yerda: D — vint diametri, m; t — vint qadami, m; n — vintning aylanish takroriyligi, min-1; ^ — to‘ldirish koeffitsienti (^ = 0,25...0,45); p — yuk zichligi, t/m3; K — konveyerning qiyaligini e’tiborga oluvchi koeffitsient (K, =1...0,65).
Konveyer vintining quvvati (kW) (tajriba yo‘li bilan aniq- langan) quyidagicha topiladi:
P = Q(LgK. ± H), (218)
bu yerda: Lg — konveyer uzunligining (yuk yo‘lining) gori- zontal proyeksiyasi, m; H — yukni ko‘tarish balandligi, m; K — harakatlanayotgan yuk xususiyatlari koeffitsienti (kam ishqa- lanadigan quruq materiallar uchun Кш=1,2; ko‘p ishqalanadigan yopishqoq materiallar uchun K.=4).
40>