N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə50/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Q
400up

+ 0,1,

(197)

Donali yuk tashuvchi konveyerda to‘shama eni yuk bo‘lagining eng katta o‘lchamidan 100 mm katta olinadi.


Plastinkali konveyerlarning tezligi v =(0,1...0,6) m/s, qiyali- gi yassi to‘shamali konveyerlarda 30...450 olinadi.
Plastinkali konveyer yetaklovchi yulduzchasi validagi quvvat (kW) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Pyu = 0,0024pmVZg + 0,003Q(0,11Zg± H), (198)
bu yerda: pm — to‘shamaning shartli chiziqli zichligi, kg/m;
Lg — konveyer uzunligining gorizontal tekislikdagi proyek- siyasi, m;
H — yuk ko‘tarish yoki tushirish balandligi, m;
Q — konveyer unumdorligi, t/soat;
(+) ishorasi yuk yuqoriga ko‘tarilganda, (-) ishorasi yuk pastga tushayotganda olinadi.
165
Zanjirli konveyerlardagi zanjir tarangligini aniqlashda, zanjir tarangligining eng kam miqdori olinadi. Fmin= 0,5...3 kN, qir- g‘ichli konveyerlarda esa Fmin< 10 kN olinadi.
Zanjirli konveyerlarda ham tasmali konveyerlardagi kabi zanjir bo‘limlaridagi taranglik konveyer konturini aylanib o‘tish usuli bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, 115-rasmda konveyer konturi 4 bo‘limga bo‘lingan.
1-bo‘lim 1-2-, 2-bo‘lim 2-3-, 3-bo‘lim 3-4- va 4- bo‘lim 4-1- nuqtalari orasida joylashgan.
1-nuqtada zanjir tarangligi
(199)
olinadi.
2-nuqtadagi taranglik
^2 = Л + Л...2 = F1 +PmL-K(200)
bu yerda: Fx 2 — 1-2 bo‘limdagi qarshilik; Kud — yuruvchi roliklarning dumalashga qarshiligi koeffitsienti (sirpanish podshipniklariga o‘rnatilgan vtulka-rolikli zanjir yuruvchi g‘ildiraklari uchun K =0,06...0,13; dumalash podshipnikla­riga o‘rnatilgan yuruvchi g‘ildiraklar uchun Kd =0,02...0,045 olinadi).
3-nuqtadagi taranglik
F3= F2+ F2..3 = F2+ k L ^(1 + K >- (201)

115-rasm. Plastina zanjirli konveyerni hisoblash sxemasi.
166

bu yerda: К yulduzchalardagi qarshilik koeffitsienti (yetak- lovchi yuldUzcha uchun K = 0,03...0,05; yetaklanuvchi- taranglovchi yulduzcha uchun Кш =0,05...0,07).
4-nuqtadagi taranglik

KIRISH 3
I qism. YUK KO'TARISH MASHINALARI 5
3.1.1.Zanjirlar 21
3.2.Ishchi elementlar 30
3.2.1.Yulduzchalar 30
3.2.2.Bloklar 32
4.1. Yuk ko‘tarish mexanizmi 84
5.1.Domkratlar 110
5.2.Lebyodkalar 114
6.2.Ko‘targichlar 125
3.2.Uzluksiz yuk tashish mashinalarining turlari 144
3.3.Tasmali konveyerlar 146
3.3.1.Tasmali konveyerlarning tuzilishi 146
3.3.2.Tasmali konveyerlarning tortuvchi elementlari 147
3.3.3.Barabanlar 150
3.3.5.Rolikli tayanchlar 154
3.3.6.Konveyerga yuk ortuvchi va konveyerdan yukni tushiruvchi moslamalar 157
3.4.1.Umumiy ma’lumotlar 167
3.4.2.Plastinkali konveyerlar 169
3.4.3.Kovshli (cho‘michli) konveyerlar 173
3.4.4.Osma konveyerlar 175
4.1.Qiya tekisliklar 182
4.2.Rolikli konveyerlar 186

      1. Kovshli (cho‘michli) konveyerlar

Kovshli konveyerlar sochiluvchan materiallarni tashish uchun ishlatiladi. Ularning ish unumdorligi 5 dan 400 t/soat gacha, kovsh hajmi 400 I gacha va harakat tezligi 0,16...0,4 m/s gacha bo‘ladi. Kovshli konveyerlarning eng asosiy para- metri kovshning eni hisoblanadi va u 400, 500, 650, 800 va 1000 mm qilib qabul qilinadi. Eni 500, 650 va 800 mm li kovshlar ko‘proq ishlatiladi.
Kovshli konveyerlar taranglovchi yulduzcha 1, tortuvchi organ 2, yo‘naltiruvchi 3, kovsh 4, yetaklovchi yulduzcha 6, bo‘shatish qurilmasi 5 dan iborat (116-rasm).
Konveyerlar yuruvchi qismidagi kovshlarning o‘zaro joyla- shuvi bo‘yicha —jips va ajratibjoylashtirilgan kovshli konveyer- larga bo‘linadi.
Jips kovshlar yukni to‘xtovsiz uzatish uchun ishlatiladi. Aj- ratib joylashtirilgan kovshlar yukni porsiyalab uzatishda ish­latiladi. Kovshli konveyerlarning afzalligi: kam yeyilishi va undagi yukning maydalanmasligi, gorizontal uchastkaning ke- rakli joyida bo‘shatish mumkinligi va oddiyligi. Kamchiligi: konstruksiyasi murakkabligi; yuruvchi qismining o‘z og‘irligi kattaligi; qimmat turishi; tez yurganda konveyerlarning chay- qalishi; yuklanishga o‘ta sezgirligi.
Kovshli konveyerlarning unumdorligi sochiluvchan yuklar tashilayotganda quyidagicha aniqlanadi:

3,6 Гpp yuU V t

116-rasm. Kovshli zanjirli konveyer sxemasi.
168
(208) bu yerda: Q — konveyer unumdorligi, t/soat; V — kovsh hajmi, m3;
t — kovshlar orasidagi masofa (qadam), m.

      1. Osma konveyerlar

Osma konveyerlar fazoda murakkab trayektoriya bo‘ylab o‘rnatilgan tutash osma yo‘l 5, shu yo‘l bo‘ylab harakatlanuvchi karetka 6 dan iborat (117-rasm).
Karetka yuruvchi g‘ildirak 1, kronshteyn 2 va vilka 3 dan tashkil topgan (118-rasm). Karetka, tortuvchi element — zanjir 7 vositasida harakatga keltiriladi. Tashilayotgan yuk 8 yuk osmasi 9 ga yuklanadi. Yuk osmasi karetka vilkasiga osib qo‘yiladi.
Tashiladigan yuk yuk osmasiga joylashtiriladi. Yukni yuk tashish trayektoriyasi bo‘ylab istalgan yerda yuk osmasiga yuklash va bo‘shatish (tushirish) mumkin. Yuk osmasiga osilgan

117-rasm. Osma konveyer sxemasi:
1 — taranglovchi qurilma; 2 — yuk ortish bo‘limi; 3 — yuk tushirish bo‘limi; 4 — konveyer yuritmasi; 5 — karetkalar yo‘li; 6 — karetka;
7 — zanjir; 8 — yuk; 9 — yuk osmasi (belanchak).

169



118-rasm. Osma konveyer karetkalarining tortuvchi elementlarga
mahkamlanishi:

a — yig‘ma zanjirlarga mahkamlash; b — halqasimon zanjirlarga mahkam-
lash; d — po‘lat simli arqonlarga mahkamlash; e — sudrovchi konveyer ara-
vachalari.
170
yuklarni konveyerni to‘xtatmay turib tozalash, yuvish, quritish va moylash mumkin.
Konveyer unumdorligi, donali yuklarni tashuvchi konveyer unumdorligini aniqlagandek aniqlanadi.
Tortuvchi element tezligi (tashilayotgan yuk tezligi) v=(0,05...0,5), m/s olinadi.
Konveyer tortuvchi elementi hisobiy taranglik kuchi bo‘yicha tanlanadi. Hisobiy taranglik kuchi konveyer konturini aylanib o‘tish usuli bo‘yicha aniqlanadi.


    1. Yüklə 1,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin