§1. BOSHLANG‘ICH FUNKSIYA VA ANIQMAS INTEGRAL. INTЕGRALLAR JADVALI
Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral.
Aniqmas integral xossalari.
Integrallar jadvali.
Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral. Differensial hisob bobida berilgan y=F(x) funksiya sining F′(x)=f(x) hosilasini topish masalasi bilan shug‘ullangan edik. Ammo bir qator savollarga javob izlashda teskari, ya’ni y=F(x) funksiyani uning ma’lum bo‘lgan F′(x)=f(x) hosilasi bo‘yicha topish masalasiga duch kelamiz.
Masalan, moddiy nuqtaning harakat tenglamasi S=S(t) berilgan bo‘lsa, unda t0 vaqtgacha bosib o‘tilgan masofa S0=S(t0) kabi aniqlanadi.Ammo harakat tenglamasi S=S(t) noma’lum bo‘lib, uning hosilasi S′(t)=v(t), ya’ni oniy tezlik berilgan holda S0=S(t0) masofani qanday topish masalasi paydo bo‘ladi. Bu kabi masalalar integral tushunchasiga olib keladi va uni o‘rganishga kirishamiz.
1-TA’RIF: Biror chekli yoki cheksiz (a,b) oraliqdagi har bir x nuqtada differensiallanuvchi va hosilasi
F′(х)=f(х) (1)
shartni qanoatlantiruvchi F(x) berilgan f(x) funksiya uchun boshlang‘ich funksiya deyiladi.
Masalan, f(x)=ax (a>0, a≠1), xÎ(–∞, ∞), funksiya uchun F(x)= ax/lna boshlang‘ich funksiya bo‘ladi, chunki ixtiyoriy x uchun
F′(x)= (ax/lna)′= axlna /lna=ax=f(х)
tеnglik o‘rinlidir.
Xuddi shunday F(x)=x5/5 funksiya barcha x nuqtalarda f(x)=x4 uchun boshlang‘ich funksiya bo‘ladi, chunki bunda (1) tenglik bajariladi.
Berilgan y=F(x) funksiyaning y′=F′(x)=f(x) hosilasi bir qiymatli aniqlanadi. Masalan, y=x2 funksiya yagona y′=2x hosilaga ega. Ammo y=f(x) funksiyaning boshlang‘ich F(x) funksiyasini topish masalasi bir qiymatli hal qilinmaydi. Haqiqatan ham, agar F(x) funksiya f(x) uchun boshlang‘ich funksiya bo‘lsa, u holda ixtiyoriy C o‘zgarmas son uchun F(x)+C funksiya ham f(x) uchun boshlang‘ich funksiya bo‘ladi. Haqiqatan ham, differensiallash qoidalariga asosan,
(F(x)+С)′= F′(x)+(С)′=f (х)+0= f (х)
va, ta’rifga asosan, F(x)+C funksiya f(x) uchun boshlang‘ich funksiya bo‘ladi.
Masalan, f(x)=2x uchun ixtiyoriy C o‘zgarmasda x2+C boshlang‘ich funksiyalar bo‘ladi.
Integral–har xil jarayon va hodisalarning
hajmdor quyilmasi bo‘lib, bu mo‘jizani yaratgan
Leybnits va Nyuton ijodiy fantaziyasining
aqlga sig‘maydigan portlashining mevasidir.
Feynberg E.L.
Dostları ilə paylaş: |