N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
 
XULOSA 
 
Shunday qilib, o’yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan 
vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to’plangan ijtimoiy 
tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o’tkazilishini, bola shaxsining 
rivojlanishini ta’minlaydi. O’yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa 
bo’ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqea bo’la oladi. Jamiyatning 
katta a’zolari bolalarning yashashi va o’sishi uchun zarur moddiy sharoit 
yaratish asnosida o’yinlarning rivojlanishi uchun ham ob’ektiv imkoniyatlar 
yaratadilar. 
O’yin bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida bola tarbiyasidagi ahamiyati 
o’tmish va hozirgi zamonning ko’plab pedagogik tizimlarida tadqiq etilgan. 
Ko’pchilik pedagoglar o’yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida 
baholashlari be’jiz emas.
Bola tarbiyasida o’yinning ikki yo’nalishi tarkib topgan:
1) o’yindan bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirish maqsadida 
foydalanish; 
2) o’yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.
Biz aytgan birinchi yo’nalish egasi chex pedagog-demokrati Yan Amos 
Komenskiydir (1592 - 1670). U o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va 
mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha, o’yin - 


25 
bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir
o’yinda borliq dunyo xaqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq 
rivojlanadi, birgalikdagi o’yinlar chog’ida bola o’z tengqurlari bilan 
do’stlashadi. Ya. A. Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un 
rivojlantirish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e’tiborli 
munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
O’yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli 
ma’nodagi hatti-harakati namoyon bo’ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang 
bo’lgan o’yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda
kattalarning bilim, ko’nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy 
tajribalarini oldindan o’zlashtirish taminlanadi. O’yinda bolaning o’z tengqurlari 
va kattalar bilan bo’ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissi va 
didi tarbiyalanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’yinlar bola 
shaxsining yuzaga kelishi sabablarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatar 
ekan. Bu jarayonda eng muhimi yondosh sabablarning paydo bo’lishi bo’lib, 
unda ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar yetakchi o’rin ola boshlaydi. Ko’p va 
diqqat bilan o’ynaydigan bolalar kamroq sho’xlik qilishadi, barcha bilan 
muloqotga kirisha oladigan, tartibli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lib 
ulg’ayadi. Jozibali o’yin ta’sirida bolaning qanchalik o’zgarib ketishiga bir nazar 
tashlang-a! Kamgap bola ko’p gapiradigan, odamovi bola dilkash, qo’rs bola 
xushmuomala bo’lib qoladi. Tinib - tinchimas bola o’yinga berilganda boshqa 
hollarda bajara olmagan ishlarni o’yin jarayonida osonlik bilan amalga oshiradi. 
O’yin jarayonidagi muloqotlar bolalar uchun xulq - atvor normalarining amaliy 
maktabi bo’lib xazmat qiladi. 


26 


27 


28 


29 


30 


31 


32 

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin