N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O’yin: “Antonim so’zlar” 
Bu o’yin boshlang’ich sinflarda o’tkazilishi mumkin. O’yin mashg’ulot 
bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishiga samarali yordam beradi. O’yin 
individual, guruh bilan o’tkazilsa ham bo’ladi.
O’yin sharti quyidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so’zni aytadi, bola esa 
shu so’zning qarama - qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta - 
kichik, issiq - sovuq, qorong’i - yorug’, qattiq - yumshoq, uzoq - yaqin, shirin – 
achchiq …va hokazolar. Odatda bolalar o’yin boshida bir oz qiynaladilar. 
Aytilgan so’zga javoban antonim emas, sinonim so’zlar bilan javob beradilar. 
Ammo o’yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so’ng absrakt tushunchalarni 
ham osonlik bilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga harakat 


14 
qiladilar. Masalan: chaqqon - yalqov, ishchan - dangasa, odobli - odobsiz 
kabilar. 
“Ismlashtirish” 
Bu o’yin rasmli va rasmsiz tarzda o’tkazilishi mumkin. Biz sizga rasmsiz 
variantini tavsiya etmoqchimiz. Bu o’yin ham bolalar mantiqiy tafakkurini 
rivojlanishiga samarali yordam beradi deb o’ylaymiz. 
O’yin sharti quyidagicha: o’qituvchi bolaga bir guruhga mansub bo’lgan 
uchta yoki to’rtta narsa nomini aytiladi. Bola ularning umumiy nomini aytishi 
kerak. Masalan:
-
o’qituvchi: ot, qo’y, sigir, buzoq so’zlarini aytsa,
-
bola esa: ot, qo’y, sigir, buzoq - uy hayvonlari deb umumiy nomini aytadi. 
Tarvuz, qovun, handalak - poliz mahsulotlari, qo’lqop, palto, etik, 
bo’yinbog’ - qishki kiyimlar. 
Bolalar faolroq ishtirok eta boshlagach ularga “To’rtinchisi ortiqcha” 
o’yinini taklif etish mumkin. Bu o’yinni ham rasmlarsiz tashkil etishni tavsiya 
etamiz. Bolalarga bir guruhga mansub bo’lgan uchta narsa va boshqa guruhga 
mansub bitta narsa nomi aytiladi. Bolalar ulardan to’rtinchisi ortiqchaligini 
anglashlari va ayta olishlari kerak. Sababi so’ralganda bola fikrini asoslab bera 
olishi kerak. O’yin jarayonida faqat to’rtinchisi emas, bolalarda hosil bo’lgan 
ko’nikmalarni hisobga olgan holda birinchisi, ikinchisi, uchinchisi ortiqcha 
tarzida ham tashkil etish mumkin. Chunki faqat to’rtinchisi ortiqcha bo’lsa, bola 
fikrlamay turib, o’zida oldingi o’rtoqlarining javobidan ko’nikma hosil qilib, 
to’rtinchisi ortiqcha deb qo’ya qoladi. Bu o’yinda bolalarning tafakkuri 
rivojlanibgina qolmay, shu bilan birga ularning nutqiy faoliyatini rivojlanishiga 
yordam beradi. O’yin individual tarzda o’tkazilishi bilan birga, sinfda 
musobaqa tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o’yinlar juda qiziqarli, 
yaxshi samara berishi bilan bolalarda refleksiv ko’nikmalarni shakllantiradi. 

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin