N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
 
 
 
 



BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’YIN TA’LIM 
TEXNOLOGIYASI ASOSIDA 
REFLEKSIV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH 
So’nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o’quvchilarning fikrlashi 
hamda analitik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini 
ta’kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, refleksiya tashkil etadi. Refleksiya 
so’zi (lot.«reflexsio»-orqaga qaytish)-«har tomonlama barkamol rivojlangan 
insonning o’z xatti-harakatlari va ularning qonuniyatlarini anglashga qaratilgan 
nazariy faoliyat shakli hisoblanadi. U inson ma’naviy dunyosining o’ziga xos 
yashirin hislatlarini ochib beradigan o’z-o’zini bilishga va anglashga qaratilgan 
faoliyatdir». Ko’plab olimlar refleksiyaning I.N.Semyonov tomonidan taklif 
qilingan tasnifiga tayanadilar. U refleksiyaning quyidagi turlarini taklif etib 
sharhlaydi:
1. Intellektual refleksiya: Muammolarni fikrlash asosida ijobiy hal qilishni 
belgilaydi.
2. Shaxsiy refleksiya: O’qituvchining nizoli (konfliktlar) pedagogik 
ziddiyatlardan janjalsiz chiqishni fikran izlanish asosida bartaraf qilishni 
ta’minlaydi. 
3. Kommunikativ refleksiya: Muloqot jarayonida sheriklarining o’zaro 
bir-birlarini tushunib munosabat qilishni ta’minlaydi.
4. Kooperativ refleksiya: Jamoa a’zolarining birgalikdagi o’zaro 
muntazam mehnat faoliyatlarini muvofiqlashtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat.
O’quvchining bilimini rivojlantirishda pedagogik refleksiyaning 
ahamiyati beqiyosdir. Shunday ekan Y.N.Kulyutkina, Y.S.Turbovskiy, 
P.V.Xudominskiy kabi tadqiqotchi olimlarning fikricha, o’quvchining doimiy 
pedagogik faoliyati, mazmunan refleksiv xususiyatga ega bo’lib, u barcha 
refleksiv jarayonlarni qamrab oladi. Qayd etish joizki, hozirgi kungacha 
pedagogik refleksiya tushunchasining mukammal tasnifi mavjud emas. Ehtimol 



mazkur hodisani o’rganish psixologiya, pedagogika, pedagogik psixologiya, 
falsafa kabi fanlarning o’zaro aloqadorligida amalga oshirilishi bilan bog’liq 
holda hal qilinar.
B.Z. Vulfov, V.N.Xarkin kabi olimlar refleksiyani - insonning o’z-o’zini 
anglash deb ta’riflaydilar. Ta’lim jarayoni aynan shunga xizmat qilishi kerak, 
qachonki bilimlar, ko’nikma va malakalar ongli ravishda o’z-o’zini 
takomillashtirishga ichki undov bilan qabul qilinsagina u o’z samarasini 
ko’rsatadi. Insoniyat tomonidan asrlar davomida to’plangan ma’lumot va 
bilimlar har bir yangi avlod tomonidan o’zlashtirilib, boyitilib borilishi va 
jamiyat taraqiyotiga xizmat qilishi lozim. To’plangan ma’lumot va bilimlarni 
o’zlashtirish o’ta murakkab jarayon bo’lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan 
holda maxsus tashkil etilishi lozim. 
Bilish jarayoni cheksizdir. Unda tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
qonuniyatlarining hali o’rganilmagan sohalari kashf etiladi. Maktabda bilim va 
malakani o’zlashtirish uzviy harakterga ega. Bugungi o’rganiladigan bilim 
oldin o’zlashtirilgan bilimlarni taqozo qilsa, kelajakda o’zlashtiriladigan 
bilimlar uchun asos sanaladi. Natijada ta’lim mazmunini o’quvchi tomonidan 
o’zlashtirilish darajasi, bilimlarning shakllanish doirasi, samarasi ham yangi 
ko’rinishga ega bo’ladi. Bilimlarni egallash bosqichlari har bir shaxsning 
psixologik hususiyatlariga tayanadi, ya’ni shaxsning ma’lumotlarini sezish, 
idrok etish, anglash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va amalda qo’llash kabi 
hususiyatlari har xil bo’ladi. Bunda o’qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi 
lozim bo’ladi:
- O’quvchilar bilish qobiliyatiga asoslanib, o’qish uchun qo’zg’atuvchi sabablar
(motivlar) yaratish; 
- Berilayotgan ma’lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish; 
- Ta’lim jarayonida bolalar ongida mavjud bo’lgan bilimlarga va shakllangan 
tajribalariga suyanib, ma’lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va xulosalar 
chiqarishga undash; 



- O’quvchilarning olgan bilimlarini, amaliyotda qo’llash orqali ularda ko’nikma 
va malakalarni hosil etish hamda ularni mustahkamlash va takomillashtirish; 
- Bilimlar, ko’nikma va malakalarni doimiy amaliyotda qo’llanishini 
ta’minlash; 
- Ta’lim natijalarini tahlil qilish va o’quvchilarning keyingi istiqbolini tashhis 
etish va rejalashtirish.
Ma’lumki, o’quvchilarning bilish faoliyati o’yin faoliyati bilan 
uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar
 
deyiladi. Didaktik o’yinli 
texnologiyalar o’quvchilarning bilim olish faoliyatini o’yin faoliyati bilan 
qo’shib olib borishdan iborat. Didaktik o’yinlar musobaqa, raqobat, o’zaro 
yordam, hamkorlik tarzida olib boriladi. Buning uchun o’qituvchi didaktik 
o’yindan ko’zda tutilgan maqsad, uni amalga oshirish yo’llari, o’yin mazmuni 
va ishtirokchilari faoliyatini aniqlab oladi. Didaktik o’yin darslari ta’lim va 
tarbiya berish, o’quvchilar faoliyatini yo’naltirish, kasbga yo’naltirish, 
o’quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish, ular bilimlarini 
chuqurlashtirish va shaxsni rivojlantirish vazifasini bajaradi. Didaktik o’yinli 
darslarni mazmuniga ko’ra sahnalashtirilgan rolli o’yinlar, ijodiy ishbilarmonlik 
o’yinlari, konferentsiya va o’yin mashqli
 
darslarga ajratish mumkin. Mazkur 
darsga hamma o’quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar qizg’in 
tayyorgarlik ko’rishi lozim. 
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 
-
ishtirokchilar tarkibi bo’yicha - o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta 
yoshdagilar uchun o’yinlar; 
-
ishtirokchilar soni bo’yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh 
sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o’yinlar;
-
o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, 
musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar; 
-
vaqt me’yori bo’yicha - dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha 
ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar 



aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar. Har bir didaktik o’yin 
jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va mashg’ulot jarayonida 
ulardan turli, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
kantselyariya tovarlari
- turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, 
flomasterlar, ruchka, qalam, chizg’ichlar, qaychi, yelim va boshqalar; 
texnika 
vositalari

proektor, 
mikrofon, 
kompьyuter; 
videokamera, 
videomagnitofon, televizor va boshqalar; 
o’quv asbob-uskunalari
- o’quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o’lchov 
asboblari, o’quv vositalari, moslama, mexanizm, modelь va boshqalar; 
Boshlang’ich sinfda olingan bilim keyingi bosqich uchun poydevor
vazifasini o’taganligi sababli ta’lim sifatini oshirish pedogoglar oldida turgan 
eng dolzarb masaladir. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida faoliyat
ko’rsatayotgan pedagoglar, xususan boshlang’ich sinf o’qituvchilari
darslarda yangi zamon ruhini, yangi nafasni olib kirish orqali
o’quvchilar bilimini rivojlantirish, ular dunyoqarashini o’stirishga
katta e’tibor qaratishlari talab etiladi. Chunki, boshlang’ich sinf
o’quvchilarining diqqati beqaror bo’lib, bir soat uchun mo’ljallangan
saboqni sabr-toqat bilan tinglay olmaydi. Bilim olishda avval
o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash, ayniqsa, muhim vosita
hisoblansa-da, bolalar uchun zerikarli jarayondir. Ayniqsa,
boshlang’ich sinflarda ona tili, matematika darslarida yozish natijasida
qo’llarni toliqishi, o’qish darslarida bir mavzuni takrorlab o’qish 
bolalarni zeriktiradi. O’quvchilarni kayfiyatini ko’tarish, toliqqan qo’llarini 
chigalini yozish maqsadida, turli didaktik vositalar hamda o’yinlar o’tkazish
o’quvchilarda refleksiv ko’nikmalarni shakllantirishda yaxshi samara beradi. 
Didaktik vositalarga boshqotirma, krossvord, rebus, topishmoq, topshiriq va 
boshqalar kiradi. Quyida ularning ta’rifini keltirishni joiz deb bildik. 


10 

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin