N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
 
BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA
DIDAKTIK O’YINLAR 
 
Didaktik o’yin bolalarning aqliy qobiliyatini o’stiradi. Bola o’yin 
jarayonida faollashadi. O’yin vazifalari diqqatni jamlashni, o’yin mazmunini 
anglashni talab qiladi. O’yin bolani ta’lim-tarbiya olishga, zarur ko’nikma hosil 
qilishga undaydi. Didaktik o’yinlar bolalarning ma’naviy va axloqiy kamolotida, 
ularning mukammal inson bo’lib kamol topishida tarbiyaviy ta’sir qudratiga ega. 
O’yin timsolida bolalar jamoa bo’lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda ijod 
qilishga, ishlashga va mustaqillikka o’rganadilar. Didaktik o’yinlar bolalarning 
aqliy faoliyatini, ongini o’stirishga, ularning fikrlash tashabbuskorligini 
oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning his-tuyg’ularini shakllantirishga, ayniqsa, 


21 
ularning sezgi a’zolari (sezish, ko’rish, tinglash va boshqalar) faoliyatini 
oshirishga yordam beradi. Uning idroki, zehni, xotirasi, irodasi mustahkamlana 
boradi. Diqqati, topqirligi oshib boradi. Olgan bilimlarini o’z faoliyatida 
mehnat, o’yin jarayonida sinab ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ladi. Ulardan 
foydalanish esa bugungi kunda interfaol usullar orqali amalga oshuiriladi. 
Interfaol usullarning ikkita muhim maqsadi bor: 
-
Ta’lim olishda bolaning faol o’rnini belgilash 
-
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o’rnatishi 
Interfaol ta’lim strategiyalaridan foydalanib, bolada refleksiya ko’nikmalarini
umumiy rivojlanishiga urg’u beramiz:
Jismoniy- (motorika ) – 
harakatga undaydi 
Bilish (aqliy) – savol berishga, kashf qilishga va birgalikda tajriba 
o’tkazishga hamda fikr almashib, birgalikda qaror qabul qilishga undaydi 
Nutq va muloqot – turli nutqiy va nutqiy bo’lmagan muloqotdan 
foydalanadi 
Ijtimoiy – hissiy – kattalar va bolaning tengdoshlari bilan muloqotga 
kirishib, o’zlarining shaxsiy hissiyotlarini topishlarini va boshqalarning 
ham hissiyotlarini tushunishni xohlaydi.

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin