Kognitiv:
Bola dunyoni anglaydi. Bola turli xil fikrlashni shakllantira
oladi. Real muammolarga duch kelganida ularni mustaqil xal eta oladi.
Ijtimoiy:
Tengdoshlar
va
kattalar
bilan
muloqot
qilish
ko’nikmalari shakllantiriladi. Madaniy tushunchalarning shakllanishi yuzaga
keladi.
Hissiy:
Boshqalarning hissiyotini tushunish. Vaziyatga mos keladigan
hissiyotlarni izhor qilish kabi hissiy kechinmalar rivojlanadi.
Harakatlanish (Motorika):
Faol o’yinlarga jalb qilish – yirik harakat
ko’nikmalari
.
Mayda jismlarni ushlay olish va murakkab harakatlar, ular bilan
o’ynash – mayda harakat ko’nikmalari shakllanadi.
Shakllanadigan nutq va savodxonlik:
22
Boshqalarning nutqini tushunish
.
Boshqalar bilan muloqot qilishda
og’zaki va og’zaki bo’lmagan shakllardan foydalanish
.
Yozma belgilar tizimini
tushunish va undan foydalana olish qobiliyati – o’qish savodxonligi oshadi.
O’yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va
ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon
bo’ladi. Olimlar o’yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy
xulqini shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini belgilab olishi, uning
muomala chog’idagi xatti-harakatini aniqlab olish hamda miyaning keyingi
o’rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini
ta’kidlaydilar. Boshlang’ich sinf davrida bolaning aqliy qobiliyatlari
rivojlanayotgan davrda o’yin juda muhim ekanligini alohida ta’kidlab o’tadilar.
O’yin - inson o’zligini namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U
bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha
jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi, o’yin
davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari
namoyon bo’ladi.
Vigotskiy, ; ...“aslini olganda Katren bilan Alenning mukammal
rivojlanishi o’yin orqali amalga oshiriladi”
4
,-deb ta’kidlagan. O’yin bolaning ilm
o’rganish jarayonida, ayniqsa intellektual o’sishida bugungi kunda eng muhim
vositachi bo’lib qolmoqda. Uning ustiga so’nggi ilmiy tekshiruvlar o’yin orqali
o’rganilmagan bilim tez yoddan ko’tarilishini tasdiqladi (Schweinhart &
Weikert, 1996).
5
O’yin nafaqat materiallar va jihozlardan foydalanishdan tashkil
topgan,
balki
savodxonlik
va
fikrlar
xilma-xilligini
shakllantirishda
foydalaniladigan so’zlar va fikrlardan ham iborat. Bundan tashqari, o’yin
muammoni
yechish
ko’nikmasini shakllantirishga undab, ijodkorlikni
rivojlantiradi. Ijtimoiy va hissiy rivojlanishlar ham o’yin orqali amalga
oshiriladi. O’yin umumiy rivojlanishni talqin etadi
6
.
4
Vigotskiy
5
Schweinhart & Weikert, 1996
6
Isenberg & Jalongo, 1997
23
"Bolalar ta’lim olish jarayonida o’zlari biladigan narsalarni barcha
kategoriyalarda birlashtiradi" (Almy, 2000, p.10). Lawrence Frankning (1964)
klassik fikrlari bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan: “Bolani
mustaqillik
bilan
tanishtirishga
undaydigan,
mustaqil
o’rganishga
yo’naltiradigan va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigan o’yin kontseptsiyasi
bolaning umumiy rivojlanishini kafolatlaydi... Bu ta’lim tizimimizni,
qadriyatlarimizni va shaxsni mukammal rivojlanishga qo’shmoqchi bo’lgan
g’ayratimizning tarjimasidir”
7
.
Suranskiy (1983) quyidagicha ogohlantiradi: “Bolalikda olib tashlangan
o’yinlar, keyingi yillarda o’zining salbiy natijasini ko’rsatadi”
8
. Frobelning
ta’kidlashicha, erkin o’yinda bolalar o’zlarining yangi qirralarini kashf
qiladilar. Almi, Monigan, Skal va Van Xun (1984) bunday deydilar: "O’zining
guruhdagi holati va dunyoviy ilmiy izlanishlaridan xabardor tarbiyachi
o’yinning muhim roli mavjudligini alohida inobatga oladi... Tarbiyachining
vazifa va mas’uliyatlaridan biri bolaning o’rgangan narsalarini qiyoslashi va
mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o’rganishi uchun ma’noli o’yinlarni
uyushtirishdir”
9
.
Bolalar faoliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni
yoqtiradilar. Chunki o’yin bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir.
O’yin - bolalarning o’zaro munosabatini yo’lga soladi, his-tuyg’usini
rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish
jarayoniga o’yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi darslarni
jonlantiradi.
Didaktik o’yinlar – ta’lim xarakteriga ega bo’lib, bolalar bilimining
mustahkamlanishiga va kengayishiga, ularni umumlashtirishga, tizimga solishga
yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil didaktik o’yinlardan:
og’zaki, stol ustida harakatli, ijodiy, hayolan sayohat, o’yin-viktorinadan
7
Lawrence Frankn 73-bet
8
Suransky 1983. 26-bet
9
Almi, Monigan, Skalь va Van Xun 1984y. 43bet
24
foydalanish, muammoli holatlar keltirib chiqarish, yechimini topish,
bahslashish, natijaga erishish dars samaradorligini oshiradi.
Didaktik o’yinlarning hususiyatlari shundaki, ta’limga aloqador masalalar,
dars jarayonida o’yin asosida, uning qoidalariga muvofiq tarzda olib boriladi.
Bola o’ynar ekan, u nimanidir o’rganishi haqida o’ylab o’tirmaydi, o’yin
jarayonida nimanidir o’rganadi. Didaktik o’yin mazmuni ta’limning maqsadiga
ko`ra tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: |