N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
“Avval nima bo’lgan edi?” 
Bu o’yin shartiga ko’ra bolalar o’qituvchi 
tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo’lganini aytishlari kerak. Masalan: 


15 
jo’ja (tuxum), ot (toychoq), kapalak - (qurt) kabilar. Bundan tashqari bittadan 
ko’p ma’noga ega bo’lgan so’zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non 
– un - bug’doy, uy - g’isht - loy, stol - yog’och – daraxt – urug’, ko’ylak – mato 
– ip – paxta - chigit tarzida. 
 
“Hikoya”
o'qituvchi doskaga bir nechta so'z yozib qo'yadi. O'quvchilar 
mustaqil ravishda shu so'zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. 
Hikoya 
tuzish 
jarayonida o'quvchilarning lug’at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni to'g’ri 
tuzish, tovushlarni to'g’ri tashkil qilish va mustaqil fikrlash malakasi 
shakllanadi. O'quvchilarning vaqt-vaqti bilan rag’batlantirish ularning o'ziga 
bo'lgan ishonchini orttiradi. Bu o'yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari 
mashg’ulotlarda, to'garaklarda foydalanish mumkin. 
1-variant: Nafisa, soat, yomg’ir, kitob. 
2-variant: Olma, kasal, o'rtoq, Abduvali. 
3-variant: Mushuk, bobo, poliz, non, sichqon. 
 “Quruvchi”
o'yini o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, darsda o'tilgan 
mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari 
vaqtda o'tkazilishi mumkin. O'qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko'rib, 
qog’ozdan yoki penoplast bo'lakchalaridan “g’ishtchalar” yasaydi va bu 
“g’ishtchalarga” 
savol 
yozilgan 
qog’ozchalarni 
yopishtirib 
chiqadi. 
“g’ishtchalar” soni o'quvchilar soniga teng yoki ko'p bo'lishi kerak, guruhlarga 
“minora” yoki “devor” qurishlari uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan 
bola chiqadi va “g’ishtcha” ni olib savolni o'qiydi. Agar savolga bolalar to'g’ri 
javob topsalar o'zlarining “maydoncha” lariga “g’isht” ni teradilar. Agar 
noto'g’ri javob bersalar, o'qituvchi “g’ishtcha” ni olib qo'yadi. O'yin shu tahlidda 
barcha o'quvchilar bittadan “gishtcha” olib bo'lgunlarga qadar davom etadi. 
“Qurilish maydonchasi” da eng ko'p g’isht tergan o'quvchilar guruhi g’olib 
hisoblanadi. 


16 

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin