N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
rivojlantirish 
kontseptsiyasi 
tasdiqlandi, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International 
Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi 
bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish 
borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Uzluksiz ta’lim 
tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini 
takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini 
bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi
sohasiga
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy 
etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va 
byudjetdan tashqari mablag` bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, 



yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari 
ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, davlat-xususiy 
sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini 
kengaytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni 
amaliyotga tatbiq
 
etish masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalasi 
hisoblanadi.
Ilmiy jarayonda innovatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va 
loyihalashtirish, integratsion ta’limni rivojlantirishda boshlang’ich ta’limning 
o‘rni, global ilmiy jarayonda filologik ta’limni rivojlantirish hamda tabiiy va 
aniq fanlarni o‘qitishda integratsion ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha talaygina 
ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifat va 
samaradorligini oshirishda integratsion ta’limni rivojlantirish borasidagi ishlarni 
amalga oshirishda barcha fanlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni hamda mahoratli pedagoglarni har tomonlama 
barkamol inson sifatida ko’rish, ularga o’z qiziqishlarini inobatga olgan holda 
qo’shimcha bilimlar berish hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan 
foydalangan holda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishlariga shart-sharoitlar 
yaratib berish maqsad qilib olingan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’yin 
ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko’nikmalarini shakllantirish, o’yin – 
ta’limiy faoliyat sifatida, bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o’yinlar 
mavzulari doirasida refleksiv ko`nikmalarni shakllantirish masalalari haqida fikr 
yuritilgan.

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin