N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
“Nima yo'qolib qoldi”
o'yinida, stol ustida bir necha yoki alohida 
buyumlar sur’ati tushirilgan kartochkalar joylashtiriladi. O'quvchilar stol ustini 
yaxshilab kuzatib, narsalarni eslab qoladilar. Shundan so'ng o'qituvchi 
o'quvchilarga bildirmasdan ularning bittasini olib qo'yadi. O'quvchilar stol 
ustidan nima yo'qolib qolganini topishlari lozim. Bu o'yindan darsda va 
darsdan tashqari mashg ’ulotlarda foydalanish mumkin. Bu o'yin ayniqsa alifbe 
davrida harflarni o'rganish jarayonida juda qo'l keladi. 
“Qarmoq”
o'yini: Bu o'yindan barcha darslarda qo'shimcha savollar 
berish yoki turli ertaklarda foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi 
qog’ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qistirg’ichlar qistiriladi. 
Qarmoq shaklidagi tayoqchalarning uchiga ip va ipning uchiga magnit 
bo'lakchasi bog’lab qo'yiladi. O'quvchilar bu “qarmoqlar” vositasida 
“baliqchalar” dan birini tutib olishlari va undagi savolga javob berishlari lozim 
bo'ladi. 
So'z o'yini:
o'quvchilar guruhlarga yoki qatorlarga ajratiladi. Har bir 
guruh boshidagi o'quvchiga har xil harf yozilgan qog’oz tarqatiladi. O'yin 
boshlangunga qadar guruh ishtirokchilari qog’ozga qanday harf yozilganligini 
ko'rmasliklari lozim. O'qituvchi buyruq berishi bilanoq, boshlovchi o'quvchilar 
qog’ozni o'nglab qarab, unda yozilgan harfni ko'radilar va shu harf bilan 
boshlanadigan so'z topib turgan o'quvchiga uzatadilar. Guruh yoki qator 
oxiridagi o'quvchi oxiri tugagach, qog’ozni o'qituvchiga keltirib topshiradi. 
O'yinni birinchi bo'lib tugatgan va so'zlarni to'g’ri yozgan o'quvchilar guruhi 
g’olib sanaladi. Bu o'yindan dars jarayonida yoki darsdan tashqari 
mashg’ulotlarda, ertaklarda foydalanish mumkin. 
O’YIN – TA’LIMIY FAOLIYAT SIFATIDA 
Bolalarning yetakchi faoliyati o’yindir. Bolalarning o’yin faoliyatlari 
masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib 
kelmoqda. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg`ayib, mustaqil harakat qilish 
imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo’yicha 


17 
dunyoqarashi kengayib boradi. Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish 
jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo’lishga intiladi. 
Shu narsa ahamiyatliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi 
sig’adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan, 
o’zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy 
munosabatda bo’lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni 
o’zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo’lib, samolyotda 
uchgisi va rostakam militsioner bo’lgisi keladi. Tabiiyki, bola o’zidagi bunday 
ehtiyojlarning birontasini ham xaqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Bu o’rinda 
savol tug’iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan 
ularning tor imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo’l bilan xal 
qilinadi? Bu qarama-qarshilik birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o’yin 
faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish 
mumkin: 
- birinchidan, bolalarning o’yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab 
chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o’yinga undovchi 
sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o’yin jarayonidagi 
turli harakatlarning mazmuniga bog’liqdir; 
- ikkinchidan esa, bolalar o’yin jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni, 
o’zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib, 
xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo’ladilar. Bolalarning o’yin faoliyatlari 
ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun 
birdan-bir vositadir.
O’yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda kattalarga 
mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-hayol 
surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o’yin faoliyatida 
aniq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, o’yin faqat tashqi muhitdagi 
narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. 
Ijodiy va syujetli o’yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan 


18 
birgalikda ularning individual hislatlari ham shakllanadi. Demak, ta’lim-tarbiya 
ishlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan bolalarning o’yin faoliyatlarini 
maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog’liqdir. O’yin bolalar hayoli 
tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar hayolining o’zi, o’yin 
jarayonida yuzaga kelib, rivojlanadigan jarayondir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan bizning 
hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go’yo, bir mo’jizadek 
ko’rinadi. Natijada ular ham o’zlarining turli o’yinlari jarayonida o’xshatma 
qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil hayoliy narsalarni o’ylab topadilar (uchar 
ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning 
turli hayoliy narsalarni o’ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular 
o’zlarining turli o’yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki 
ayni chog’da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar. Bolalarning o’yin faoliyatlarida 
turli hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, 
bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirishi passiv 
jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat 
beradi. 
Bolalar o’yin faoliyatlarining yana bir xususiyati, o’yin jarayonida bolaning 
qiladigan hatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko’pincha umumiylik 
xarakteriga ega bo’lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o’zining turli-
tuman o’yinlarida faqat o’ziga tanish bo’lgan yolg’iz bir shofyorning, vrachning, 
militsionerning, o’qituvchining, uchuvchining hatti-harakatlarinigina emas, balki 
umuman shofyorlarning, vrachlarning, o’qituvchilarning hamda uchuvchilarning 
hatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi 
cheklangan bolalar o’zlarining o’yinlarida aniq odamlarni va ularning 
harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, oyisini, dadasini, akasini, 
o’qituvchisini va shu kabilarni. Bolalarning o’yinlarida esa bunday obrazlar 
umumiylik xarakteriga ega bo’la boshlaydi. Bolalarning o’yinlari atrofdagi narsa 


19 
va hodisalarni bilish quroli bo’lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham 
ega. O’zgacha qilib aytganda, o’yin qudratli tarbiya qurolidir.
Bolalarning o’yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy 
hislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o’yin faoliyatlarini 
tashqaridan kuzatsak, o’yin jarayonida ularning barcha shaxsiy hislatlari 
(kimning nimaga ko’proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol 
namoyon bo’lishini ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o’yin faoliyatlari, 
ularning individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari odatda o’zlari yolg’iz o’ynaydilar. 
Predmetli va konstruktorli o’yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o’zlarining idrok, 
xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-
rolli o’yinlarda bolalar, asosan, o’zlari har kuni ko’rayotgan va kuzatayotgan 
kattalarning hatti–harakatlarini aks ettiradilar. Bolalarning o’yini asta–sekinlik 
bilan jamoa shaklidan hislatlarga ega bo’lib boradi. Bolalarning individual 
xususiyatlarini, xususan, ularning jamoa o’yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu 
o’yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki 
ko’proq o’zaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, jamoa o’yinlarida 
bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Bolalar shug’ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san’atning ham 
ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko’ra, uning atrof 
hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho 
berish mumkin. Bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy 
holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bu yoshdagi bolalar rasm 
chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o’yin faoliyatining 
o’ziga xos bir shakli bo’lib hisoblanadi. Bola avvalo ko’rayotgan narsalarini, 
keyinchalik esa o’zi biladigan, xotirasidagi va o’zi o’ylab topgan narsalarni 
chizadi.Bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo’lib, aynan 
shunday o’yinlarda muvaffaqiyatga erishish shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat 


20 
turi bo’lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar 
ashula aytishga, musiqa ohangiga mos - ritmik harakatlar qilishga o’rganadilar 
va bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
- predmetlarni o’rganishi; 
- individual predmetli o’yinlar, jamoa syujetli-rolli o’yinlar; 
- individual va guruhiy ijod; 
- musobaqa o’yinlari; 
- muloqot o’yinlari; 
- uy mehnati. 
O’yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol 
shakli bo’lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani 
o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, 
avvalo, yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va 
sodda tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga o’quvchilar yuqorida 
ko’rsatib o’tganimizdek, o’yin faoliyati orqali erishadilar. 

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin