Tayanch iboralar: isitish sirtlari, havo isitgich, sirkulyatsion nasos. Tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiyali suv-quvurli qozonlarda eng kamida bitta baraban bo‘lishi kerak. Barabanda suv bug‘dan ajraladi va unda qozonning barcha sirkulyatsion konturlari tutashadi. Energetik qozonlarda ishchi bosimning oshishi baraban devorining qalinligini orttirishga (0,1 m gacha) sabab bo‘ldi. Buning natijasida barabanni tayyorlash jarayoni murakkablashdi va uning narxi oshib ketdi. Bosimning ortishi natijasida qozon konturidagi tsirkulyatsiya ancha qiyinlashadi, chunki bosim ortishi bilan bug‘ning zichligi suvning zichligiga yaqinlashadi, kritik nuqtada esa tenglashadi. Shuning uchun kritik bosimga yaqin va undan yuqori bosimlarda albatta majburiy tsirkulyatsiyani qo‘llash lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan vaziyat barabansiz qozonlarni-to‘g‘ri oqimli qozonlarni yaratishga asosiy sabab bo‘ldi. Agar tabiiy tsirkulyatsiyali qozonlarda suvning majburiy harakatlanishi faqat suvning suv ekonomayzerlaridagina bo‘lsa, to‘g‘ri oqimli qozonlarda qozonga suv kelishidan tortib, o‘ta qizigan bug‘ olinishigacha bo‘lgan jarayon majburiy ravishda va bir marta amalga oshiriladi. Suv, bug‘-suv aralashmasi va bug‘ ta’ minlash nasosi yordamida haydaladi. XX asrning 30-yillarida prof. L. K. Ramzin to‘g‘ri oqimli qozonnning o‘ziga xos loyihasini yaratdi va bu qozon qurilib ishga tushirildi. Bu qozonnning bug‘ unumdorligi 55 kg/s, bug’ bosimi 137 bar va temperaturasi 500oC edi. L. K. Ramzin tizimidagi to‘g‘ri oqimli qozonning sxemasi 1.9-rasmda keltirilgan.
rasm. To‘g‘ri oqimli qozon agregatining sxemasi.
1-radiatsion qism; 2-radiatsion bug‘ qizdirgich; 3-bug‘ qizdirgichning konvektiv qismi; 4-oraliq soha; 5,7-havo isitkichining birinchi va ikkinchi bosqichi; 6- ekonomayzer; 8-gorelka. Ta’minlash suvi nasos yordamida ekonomayzer 6 ga uzatib beriladi, bu yerda u kirayotgan gazlarning issiqligi hisobiga isiydi va qozon agregati radiatsion qismining ekran quvurlariga kiradi. Ekranlarning pastki qismida suv qaynash temperaturasiga qadar isiydi. U quvurlar bo‘ylab yuqoriga tomon siljigan sari bug‘ hosil bo‘lish jarayoni davom etadi. Tarkibidagi bug’ miqdori 70-75% (x 0,7^0,75) bo’lganda bug‘-suv aralashmasi radiatsion qismdan konvektiv qismga - oraliq soha 4 ga o’tadi. Bu yerda suv oxirigacha bug‘lanib, tuzlar cho‘kmaga tushadi. Bu sohada gazlarning cho‘kishi radiatsion sohadagidan xavfli emas, chunki bu yerda gazlarning temperaturasi qozon o‘txonasidagi temperaturadan past bo‘ladi. Shuning uchun quyqa qatlamning hosil bo‘lishi quvurlarning xavfli darajada o‘ta qizib ketishiga sabab bo‘la olmaydi. Bug‘ oraliq soha 4 dan bug‘ qizdirgichning konvektiv qismi 3 ga va nihoyat iste’ molchiga beriladi. Qozon agregatining konvektiv shaxtasida havo isitkich 5,7 ning ikki bosqichi joylashadi. To‘g‘ri oqimli qozonning barabanli qozonga nisbatan afzalliklari shundaki, unda yuqori va o‘ta yuqori parametrli bug‘ olish mumkin (1900 t/soat gacha), qozonni tez ishga tushirish mumkin (>1 soat) va portlash xavfi nisbatan kam. To‘g‘ri oqimli qozonlarning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: ta’minlash suvining sifatiga katta talab qo‘yiladi. Suvning tarkibida tuzlar bo‘lmasligi lozim, aks holda qasmoq to‘planib quvurni kuyishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qozon o‘tirib qolgan qasmoqdan tozalanib turiladi;
issiqlikni to‘plash xususiyati kichik. To‘g‘ri oqimli qozonlarda suv zahirasi yo‘q. Shuning uchun o‘txona ishini va ta’minlash suvini uzatishni bir- biriga moslash kerak, bu odatda,ancha qiyinchilik tug‘diradi;
v) qozonning gidravlik qarshiligi katta va demak ta’ minlash nasoslariga elektr energiyasi ko‘p sarf bo‘ladi. Hozirgi paytda bug‘ning parametrlari kritik parametrlardan yuqori (25,5 MPa; 843 K), bug‘ unumdorligi 254 kg/s (300 MVt), 455 kg/s (500 MVt) va 695 kg/s (800 MVt) bo‘lgan to‘g‘ri oqimli qozonlar keng qo‘llanilmoqda. 1.5. Qozon qurilmasining issiqlik balansi