Tayanch iboralar: uchuvchan moddalar, qatlamli, mash’alali va uyurmali yonish Qattiq yoqilg‘ilar jumlasiga yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar va qazib olinadigan ko‘mirlar kiradi. Har qanday qattiq yoqilg‘ining boshlang‘ich materiali yog‘ochdir. Qazib olinadigan qattiq yoqilg‘i yonuvchan massasining tarkibi uning paydo bo‘lish sharoitlariga va geologik yoshiga bog‘liq. Geologik yoshining ortib borishi tartibida qattiq yoqilg‘ini shunday joylashtirish mumkin: yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit. Torf suv ostida havosiz sharoitda botqoqlik o‘simliklaridan hosil bo‘ladi. U yer sirtidan unchalik chuqur bo‘lmagan joyda qalinligi 10 m gacha qatlamlar hosil qiladi. Yonuvchan slanetslar oson o‘t oladi va uzun tutaydigan alanga hosil qilib yonadi. Ular quruq haydalganda koks, smola va qo‘shimcha mahsulotlarga parchalanadi. Yonuvchan slanetslar qimmatli mahalliy yoqilg‘i va kimyoviy hom ashyo hisoblanadi. Tabiiy qattiq yoqilg‘ining asosiy turi qazib olinadigan ko‘mirlardir. Ular uzoq toshko‘mir davrida daraxt va o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Qazib olinadigan ko‘mirlar geologik yoshiga ko‘ra qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir va antratsementga bo‘linadi. O‘zbekistonda ko‘mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. Toshkent viloyatida (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir, Surxondaryo viloyatida SHarg‘un, Boysuntog‘ toshko‘mir konlari bor. Mamlakatimiz xalq xo’jaligida har yili 8 - 9 mln t ko’mir iste’mol qilinadi. Qozon o'txonasida suyuq va gaz yoqilg’larining yo'qish
Suyuq yoqilg‘i. Tabiiy suyuq yoqilg‘i neftdir. Lekin, u odatda tabiiy holda yoqilg‘i sifatida ishlatilmaydi. Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 - 370 0 C temperaturaga qizdirishdan hosil bo‘lgan bug‘ni har xil fraktsiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun benzin, ligroin, kerosin; dizel dvigatellari uchun gazoylp va solyar moyi; reaktiv dvigatellar uchun kerosin - gazoilli fraktsiyalar olinadi. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 - 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi. O‘zbekistonda dastlabki Neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg‘ona vodiysidagi Chimyon Neft konida 278 m chuqurlikdan kuniga 130 t Neft olingan). O‘sha yili Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. O‘zbekiston Neft sanoatining paydo bo‘lishi shu sanadan boshlanadi. Bugungi kunda Respublika Neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega.