110
2.
Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini o‘rnatish;
3.
Quduqlarni ishga tushirishni hisob-kitob qilingan tartibda
amalga oshirish;
4.
Qatlam energiyasi balansini saqlab turish.
Gaz uyumlari gazli maydonda har xil formada bo‘lishi mumkin: oval, aylana,
to‘g‘ri burchakli va h.
Kon xududlari bir-biridan relefi, tuprog‘i, qurilishi bilan farq qiladi. Gazli
kollektor umumiy holda litologik tarkibi va geologo-fizik parametrlarining maydon
va kesim bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.
Bu sabablar qazib
chiqaruvchi, haydovchi (damlovchi) va kuzatuv quduqlarini gazli maydon va tuzilma
bo‘yicha joylashtirishning turli usullariga asos bo‘ladi.
Quduqlarni gaz koni maydonida ratsional joylashtirish masalasi og‘ir texnik
iqtisodiy masaladir. Ko‘rib chiqiladigan gaz yoki gazkondensat konida quduqlarni
joylashtirishning turli xil to‘ri tanlangan bo‘lishi mumkin. Quduqlarni joylashtirish
sistemasi konni ishlash va jihozlashning barcha texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlariga
katta ta‗sir ko‘rsatadi. Quduqlarni joylashtirishning
ratsional sistemasi texnik
iqtisodiy hisob kitoblar orqali asoslanadi.
Tabiiy gaz konlarini ishlash nazariyasi va amaliyotida quduqlarni
joylashtirishning quyidagi sistemalari keng tarqalgan:
1.
Quduqlarni bir tekis to‘rtburchak yoki uchburchak to‘r bo‘yicha
joylashtirish (3.3-rasm).
2.
Quduqlarni halqasimon yoki zanjirli to‘r shaklida joylashtirish (3.4 va 3.5-
rasmlar).
3.
Quduqlarni uyum markazida joylashtirish (3.6-rasm).
4.
Quduqlarni shoxsimon ko‘rinishda joylashtirish (3.7-rasm).
5.
Gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (3.8-rasm).
111
3.3-rasm Quduqlarni bir tekis
to‘rtburchak yoki uchburchak
to‘r bo‘yicha joylashtirish .
3.4-rasm.Quduqlarni
halqasimon to‘r
shaklida
joylashtirish
3.5-rasm. Quduqlarni zanjirli
to‘r shaklida joylashtirish
3.6-rasm. Quduqlarni uyum
markazida joylashtirish
112
3.7-rasm. Quduqlarni
shoxsimon ko‘rinishda
joylashtirish
3.8-rasm. Gazlilik maydon
ustiga quduqlarni notekis
joylashtirish
Gaz konlarini ishlash va loyihalashtirish amaliyoti nuqtai nazaridan quduqlarni
bir tekis joylashtirish deganda shunday quduqlarni gazli maydonga joylashtirish
sistemasi tushuniladiki, bunda ishlash jarayonida umumiy depressiya voronkasi hosil
bo‘lmaydi, ya‗ni har bir quduq atrofida qatlam bosimi deyarli bir xil va o‘rtacha
qatlam bosimiga juda yaqin bo‘ladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo‘lgan
qatlamlar ustida qo‘llaniladi. Bunday sistemani tabiiy gaz
konlari gaz bosimi rejimida
ishlaganda tavsiya etiladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish ikki xil bo‘lishi mumkin: to‘rtburchakli yoki
uchburchakli usul.
To‘r bir tekis hisoblanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
113
;
~
const
q
i
i
const
Q
i
i
~
Bir xil sifatli qatlamlar uchun geometrik tekis to‘rni qo‘llash mumkin. To‘rning
formasiga avval burg‘ilangan razvedka quduqlari va yer yuzasidagi shart-sharoit
ta‗sir qiladi. To‘rning formasiga turli faktorlar ta‗sir qiladi. Bulardan quyidagilarni
ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi: konning o‘lchamlari va formasi, ishlatish ob‗ektlari soni, kon
tuzilishining geologik xususiyatlari, kollektorlik xossalarining maydon bo‘ylab
taqsimlanishi,
kon rejimi, ishlashning texnik iqtisodiy sharoitlari, geografik va
iqlimiy sharoitlar, razvedka quduqlarining soni.
Gaz va gazkondensat konlarini geologik tuzilishini o‘rganish uchun razvedka
quduqlari burg‘ilanadi. Konni ishga tushirish bilan ko‘pgina
razvedka quduqlari
qazib chiqaruvchi quduqlarga aylantiriladi. Shunga ko‘ra razvedka quduqlarining
joylashishi qazib chiqaruvchi quduqlarni joylashtirish sistemasiga ta‗sir etadi.
Shuning uchun amaliyotda gazli maydonda quduqlarni notekis joylashtirish sistemasi
qo‘llaniladi.
Konlarda quduqlarni joylashtirish ularning geometrik shakliga ham bog‘liq.
Har bir kon turlicha geometrik shaklda bo‘lishi mumkin. Bu shakldagi konlarda
quduqlar zanjirli yoki halqasimon usullarda joylashtirilishi mumkin.
Ba‗zi bir konlar borki, ularda quduqlarni
faqat uyumlarning markazida
joylashtirish mumkin.
Tabiiy gaz konlarining zaxiralari katta bo‘lsa va geometrik shakli turlicha
bo‘lsa, quduqlar shoxsimon ko‘rinishda joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: