104
III- bob. Gaz konlarini ishlatish
1§. Gaz konlarini ishlatish rejimlari
Ma'lumki gaz va gazkondensat konlari aksariyat ikki rejimda: gaz rejimi va gaz
rejimi bilan suv siquvi rejimining aralashmasi bo'lgan
aralash rejimda qazib
chiqariladi. Bunday rejimni aksariyat suv siquvi rejimi deb ham yuritiladi, chunki
haqiqatdan ham uyum suv siquvi rejimi hukm surgan gidrogeologik havzaga
joylashgan bo'ladi. Lekin shunga qaramasdan uyumni ishlatishning dastlabki davrida
albatta gaz uyumi tashqi suvlarga nisbatan faolroq bo'lganligi sababli o'z
hukmini
uyumda o'tkazadi, ya'ni mahsulot quduq tubiga qatlam bosimining kamayishi
hisobiga undagi gazlarning kengayish hisobiga keladi va yuzaga chiqariladi. Qatlam
bosimining kamayishi (pasayishi) davom etgan sari chekka suvlar bilan uyum
o'rtasida depressiya (bosim farqi) hosil bo'lganligi tufayli qatlam suvlari uyumning
gaz qismiga kirib kela boshlaydi va suv siquvi rejimi qatlamdagi jarayonga o'z
hissasini qo'sha boshlaydi hamda qatlamda (uyumda) aralash rejim hosil bo'ladi.
Gaz rejimida ishlovchi gaz va gazkondensat
- uyumlari xususida fikr
yuritadigan bo'lsak, bunday uyumda chekka suvlar passiv bo'lganliklari uchun
uyumdagi bosim har qancha pasaysa ham qatlamga tashqaridan suv kirib kelishi
kuzatilmaydi.
Shuning uchun qatlam bosimi to‘g‘ri chiziq bo'yicha kamayadi va olingan gaz
miqdoriga proporsional bo'ladi. Bunday holatdagi uyumga oluvchi quduqlarni bir
tekis qazish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday uyumlarda gaz beruvchanlik
kollektorning bir tekis va yuqori ko'rsatgichlari mavjud bo'lganda
eng maksimal
ko'rsatgichga yetadi, ya'ni uning miqdori 0,9-0,95 hatto 0,98 ga yetadi. Qatlamning
kollektorlik ko'rsatgichlari past bo'lganda bu miqdor 0,85-0,9 atrofida bo'lib qolishi
ham mumkin, lekin baribir bu ko'rsatgich eng yuqori hisoblanadi.
Suv siquvi (yoki aralash) rejimda ishlovchi - gaz va gazkondensat konlarining
o'ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritadigan bo'lsak ularda ma'lum bosim
ko'rsatgichidan so'ng gaz (gazkondensat) uyumi xududiga
chekka suvlarning kirib
kelishi va uyumning bir qismini suv bosishi hisobiga gaz beruvchanlik koeffisienti
pastroq ko'rsatgichga ega bo'ladi.
105
Kollektor yaxshi ko'rsatgichlarga ega bo'lgan hollarda gazberuvchanlik
koeffisienti 0,8-0,85 darajasiga yetish mumkin, lekin kollektor past ko'rsatgichlarga
ega bo'lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo'lgan
hollarda qatlamning gaz
beruvchanlik koeffisienti 0,6-0,7 atrofida bo'lishi mumkin. Bunday uyumlarda gaz
quduqlarini uyumning markaziy qismiga zichlashtirib qazilsa va ishlatilsa maqsadga
muvofiqroq bo'ladi. Chunki ishlatuvchi (oluvchi) quduqlarni tezlikda suv bosmaydi
va ulardan uzoq muddat uyumdagi gazni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Kon rejimini to‘g‘ri o‘rnatish, gaz uyumini ishlatish jarayonida suvning kirib
kelish tezligini aniqlash gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishda
va tahlil qilishda
katta ahamiyatga ega. Gaz uyumiga kirib keladigan suv miqdori ko‘rsatkichi qazib
olingan gaz miqdori va o‘rtacha qatlam bosimining vaqt birligida o‘zgarishi bo‘yicha
ma‗lumotlari asosida gaz zaxiralarini aniqlashda kerak bo‘ladi.
Qatlam bosimining tushish tempi qatlam suvlarining siljish tempiga bog‘liq.
Qatlam bosimining tushish tempi bevosita gaz quduqlari debitining tushishiga ta‗sir
qiladi. Bu esa kondan qazib olinadigan rejaviy gaz miqdorini ta‗minlash uchun kerak
bo‘ladigan quduqlar soniga ham ta‗sir etadi. Qatlam bosimining tushish tempi
kompressorli va kompressorsiz ishlash davrining, gaz
qazib olishning doimiy va
tushish
davomiyligini
past
haroratli
separatsiya
qurilmalarining
ishlash
samaradorligini, sun‗iy sovuq qurilmalarining vaqt bo‘yicha kerakli quvvatini
o‘zgarishini, siquv kompressor stantsiyalari quvvatini aniqlaydi.
Demak, kon rejimi va unga bog‘liq bo‘lgan qatlam bosimining tushish tempi
bevosita konni ishlashning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlariga va kon jihozlariga ta‗sir
etadi.
Suv bosimi rejimining paydo bo‘lishi ishlashning yuqoridagi ko‘rsatkichlariga
va jihozlanishiga ijobiy ta‗sir ko‘rsatadi. Lekin suv bosimi rejimining paydo bo‘lishi
bir qator salbiy ta‗sirlarni ham keltirib chiqaradi, buni
esa gaz konlarini ishlashni
loyihalashtirish va jarayonni amalga oshirishda ko‘zda tutish lozim. Eng avvalo gaz
uyumiga suvning kirib kelishi natijasida quduqlarning bir qismi suvlanadi va ularning
o‘rniga yangi quduqlar buro‘ilash kerak bo‘ladi.
106
Gazlilik maydoni bo‘ylab mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlarining
o‘zgaruvchanligi natijasida, shuningdek maydon bo‘ylab gaz qazib olishning notekis
taqsimlanishi gaz quduqlarining oldinroq suvlanishiga olib keladi. Qatlam bo‘ylab
mahsuldor yotqiziqlarning bir xil emasligi va qirqim bo‘ylab ularni sizdirish
notekisligi suvning tez harakatlanishiga va quduqlarning bevaqt suvlanishiga olib
keladi. Bu konni ishlashning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi.
Gaz konlarini ishlashda yetarlicha bir xil kollektorlik xususiyatlarida va yuqori
qatlam bosimi sharoitida suv bosimi rejimida gaz beraoluvchanlik 95-98% ga yetishi
mumkin. Lekin tadqiqotlar va kon kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki, konning suvlangan
qismida gaz beraoluvchanlik ancha kichik va ba‗zi hollarda bu ko‘rsatkich 50%
gacha tushadi.
Demak qatlamning gaz beraoluvchanlik koeffitsientining pasayishi suv bosimi
rejimining paydo bo‘lishining ikkinchi salbiy oqibati hisoblanadi.
Suv bosimi rejimi sharoitida konning va gaz quduqlarining suvlanish jarayoni –
bu tabiiy jarayon hisoblanadi.
Amaliyotda tabiiy gaz konlari rejimi quyidagi tartibda o‘rnatiladi.
O‘rtacha qatlam bosimining o‘zgarishi va qazib olingan gaz miqdori bo‘yicha
kon ma‗lumotlari koordinata bo‘yicha qayta ishlanadi.
3.1- rasm. Gaz uyumi uchun
Dostları ilə paylaş: