N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Gaz va gazokondensat konlarini ishga tushirishning asosiy davrlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

4 §. Gaz va gazokondensat konlarini ishga tushirishning asosiy davrlari 
Gaz konini ishlatish tavsifi undan foydalanish jarayonida doimo o‘zgarib 
boradi. Uni ishlatish va foydalanishning uchta xarakterli davri farqlanadi. 
Birinchi davr.
Gazning qatlamdagi harakati chog‘ida yo‘qoladigan bosimni 
to‘ldirish va iste‘molchiga zarur bo‘lgan gazni jo‘natish uchun 4-5 MPa bosimda 
gazni magistral gaz uzatgich quvuriga uzatishni ta‘minlash uchun qatlam bosimi 
etarli darajada yuqori bo‘ladi (debiti o‘sib boruvchi davr). 
Ikkinchi
(muntazam debitli) 
davrda
qatlam bosimi gazni bosh kompressor 
stantsiyasiga (bu yerda gaz magistral gaz uzatgich quvurlari orqali iste‘molchiga 
uzatiladi) uzatish uchun yetarli bo‘lgan darajada pasayadi. 
Uchinchi davrda
(debitning pasayishi) qatlam bosimi shu qadar kuchli 
pasayadiki, bunday bosimda gazni uzoq masofalarga (shu jumladan, bosh kompressor 
stantsiyasigacha ham) jo‘natish samarasiz bo‘lishi mumkin. Bunday holatda qazib 
olinayotgan gazdan mahalliy iste‘molchilarni ta‘minlash uchun foydalanish lozim. 
Bunda quduqdan chiqayotgan gaz debiti kamayib boradi va qatlam bosimi quduq 
og‘zida atmosfera bosimiga, shuningdek, quduq tanasidagi gaz ustuni bosimi 


100 
darajasiga teng bo‘ladi. Ba‘zan konni sanoat miqyosida ishlatish bu hodisadan ancha 
avval iqtisodiy samarasiz bo‘lib qoladi; gazning asosiy sanoat miqyosidagi zaxiralari 
odatda gaz uyumini ishlatishning birinchi va ikkinchi davrida tugaydi. 
Gaz konining ishlash davrini keyingi vaqtlarda ikki davrga bo‗lishadi:

birinchi davr – konni sinov-sanoat ishlatish davri; 

ikkinchi davr – konni sanoat ishlash davri. 
Sinov-sanoat ishlatishning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) 
konni to‗la o‗rganguncha ishlatish; 
2) 
konni keyingi o‗rganishni amalga oshirish; 
3) 
konni sinov-sanoat ishlatish ma‘lumotlariga ko‗ra gaz zahiralarini aniqlash va 
sanoat ishlashni loyihalashtirish uchun boshlang‗ich ma‘lumotlarni tayyorlash. 
Bu ishlash davrlariga mos holda gaz konini ishlashni loyihalashtirishda ikki 
bosqichga ajratiladi:


Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin