N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Ko‘p qatlamli konlarni ishlatish tizimlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Ko‘p qatlamli konlarni ishlatish tizimlari. 
Gaz va gazkondensat konlarini 
ishlatishni loyihalashda ko‘p qatlamli konlarni va maxsuldor qatlamning alohida 
uyumlarini ishlatish tizimini alohida ko‘rib chiqish zarur. Ko‘p qatlamli konlarning 
ishlatish tizimlarini asoslashda ularning kesimida ishlatish ob‘ektlarini ajratish, bir 
nechta maxsuldor qatlamlarni birgalikda ishlatish imkoniyatlariga katta e‘tibor 
beriladi. 
Gaz va gazkondensat konlari ko‘p qatlamli va bir qatlamli turlarga bo‘linadi. 
Ko‘p qatlamli deb, kesimda alohida uyumlari mustaqil o‘ringa ega bo‘lgan qatlamlar 
bilan bog‘liq, o‘zining geologik – fizik xususiyatlari, gaz va gazkondensatning fizik – 
kimyoviy xossalari va uyumning o‘lchamlari bilan tavsiflanuvchi hamda o‘zaro 
o‘tkazmas jinslar qatlamlari bilan ajralgan konlarga aytiladi. 
Bir qatlamli konlarni ishlatishni loyihalashda bitta uyumni ishga tushirish 
haqidagi masala yichiladi. Ko‘p qatlamli konlarni ishga tushirishda maxsuldor 
qatlamlarning qidirilgan uyumlarini qanday tartibda ishga tushirish masalasini yichish 
lozim. 
Ko‘p qatlamli konlarni ishlatishni loyihalashda maxsuldor kesim va uning 
alohida qatlamlarini oldindan o‘rganish muhim masala hisoblandi. Buning uchun 


96 
gidrodinamika, kon geofizikasi, kon geologiyasi tadqiqotlari yordamida maxsuldor 
kesim oraliqlarini mufassal o‘rganib, izlanishlar o‘tkazib, olingan natijalarni kompleks 
qayta ishlab chiqish lozim. Bu ma‘lumotlar ishlatish qavatlari, ekspluatatsion 
ob‘ektlar va butun konni ishlatish tizimini tanlashga imkon yaratadi. Ko‘p qatlamli 
konlarni ishlatish tizimlarining uchta varianti mavjud: 1) yuqoridan pastga; 2) pastdan 
yuqoriga; 3) murakkablashtirilgan. 
Yuqoridan pastga ishlatish tizimi. 
Yuqoridan-pastga ishlatish tizimi deb 
shunday tizimga aytiladiki. Bunda pastda yotgan maxsuldor qatlamlar, yuqorida 
yotgan qatlamlar ekspluatatsion quduqlar bilan to‘lik burg‘ulab bo‘lingandan so‘ng 
ishga tushiriladi. 
2.2-rasm
. Ko‘p qatlamli 
Gaz va gazkondensat 
konlarini yuqoridan pastga 
ishlatish tizimi 
Ko‘p qatlamli konlar uchun yuqoridan pastga ishlatish tizimini qo‘llash bir 
qator mavjud qiyinchilik va kamchiliklar hisobiga chegaralanadi: 
1.
Konning istiqbollarini aniqlash tuziladi va quyi gorizontlarni burg‘ulash 
to‘xtab qoladi. 
2.
Ekspluatatsion quduqlar burg‘ulash hajmi, ximoya quvurlariga metall sarfi 
oshadi, bu quduqlarni burg‘ulashga materiallar va jixozlarning katta xarajatiga olib 
keladi. 
3.
Quyi yotgan qatlamlarni burg‘ulayotganda ishlatilayotgan yuqoridagi 
qatlamlarning gillanish xavfi tug‘iladi. 
4.
Quduq kesimida yangi qatlamlar ochilganda geologik orienterlash 
mushkullashadi. 


97 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin