131
qatlamni gidravlik yorish, mahsuldor qatlamning filtrli zonalarini yengil neft bilan
ishlatish qudug‗ini qatlamning ifloslanmagan zonasi bilan bog‗lash uchun
qo‗llaniladi.
―Sho‗rtan gazkondensat konini ishlash loyihasi – 1986 yil‖ da gaz oqimini
jadallashtirishning asosiy usuli sifatida bosim ostida tuz kislotali ishlov berish qabul
qilingan. 15% li konsentratsiyali tuzli kislota eritmasini gazli kondensatda
aralashtirish tavsiya etildi. Bu kislotaning ohaktoshlar bilan reaksiyasini
sekinlashtiradi va kislotaning qatlamga kirish chuqurligini oshiradi.
Quduqlarni ishlatishni texnologik rejimi bo‗yicha loyihaviy gaz debiti
olinmaganda perforatsiya intervalida bosim ostida tuz kislotali ishlov o‗tkaziladi.
Sho‗rtan koni quduqlarida 2005 - 2009 yillarda 85 ta tuz kislotali ishlov berish
o‗tkazildi, buning natijasida quduqlarning o‗rtacha debiti 15- 18 ming m
3
/kun ga
oshdi.
Quduqlarning mahsuldorligini bir xilda saqlab turish shuningdek quduqning
qatlam bilan bog‗lovchi kanallarini yaxshilash va yangi kanallar hosil qilish uchun
jadallashirishning quyidagi tadbirlarini qo‗llash tavsiya etiladi: tuz kislotali ishlov
berish va kislotali vannaning turli usullari; mahsuldor qatlamlar otish.
Sho‗rtan konini ishlatishning so‗nggi bosqichlarida kichik bosimli ta‘sir etish
usullarini qo‗llash tavsiya qilinadi. Jadallashtirishning bu usuli suyuq
uglevodorodlarni chiqarib olish imkonini beradi. Bu usulni qo‗llash orqali kondensat
va etan, propan – butanlar va metanni qazib olishni 10 – 12 % ga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: