N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Gazberaoluvchanlikning neft beraoluvchanlikdan farqlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
1.6. Gazberaoluvchanlikning neft beraoluvchanlikdan farqlari 
Gaz uyumining gaz beruvchanligi neftberuvchanlik ko'rsatgichidan tubdan 
farq qiladi. Bunga sabab albatta gazning neftga nisbatan bir necha yuz barobar kam
qovushqoqlikka ega bo'lganligidir.Gaz uyumlari aksariyat gaz tarzida hamda suv 
siquvchi tarzi bilan gaz tarzining aralashmasidan hosil bo'lgan tarzda ishlaydilar. 
Gaz tarzida ishlovchi uyumlar aksariyat litologik to'silgan va suv siqivuga 
duchor bo'lmagan holatlarda ishlatiladi. Bunday holatlarda qatlam bosimi eng 
minimal holgacha tushadi, aniqroo'i quduq oo'zidagi bosim 1atga teng bo'lgan 


127 
holatgacha ishlashi mumkin. Suv siquvi tarzi mavjud bo'lgan joylarga mansub gaz 
uyumlari aksariyat dastlabki davrlarda gaz tarzida ishlaydilar va vaqt o'tishi bilan 
qatlam bosimi kamaya borgan sari qatlamga suv chegaradan kirib keladi va gaz 
uyumini egallay boshlaydi. Bunday holatda gaz olayotgan quduqlarni suv bosadi, 
ularning ishiga suv albatta salbiy ta'sir o'tkazadi, natijada qatlamning bir qismini suv 
bosishi natijasida qatlamdagi gazning bir qismi suvda eriydi, bir qismi esa bosib 
qelgan suv tazyiqi ostida qatlamda qolib ketadi. 
Shunday olib qaraganda qatlamning gaz beruvchanligi ham xuddi 
neftberuvchanlikka uhshash qatlamdagi mavjud jamiki gaz zahiralarining (balans 
zahiralari) yer yuzasiga chiqarib olish va ishlatish imkoniga ega bo'lgan zahirasi 
kabidir, ya'ni gaz beruvchanlik koeffisienti jamiki olingan gazning o'sha qatlamdagi
umumiy (balans) zahirasiga nisbatan hosil bo'lgan sondir. Bu son ham 
neftbruvchanlik koeffisienti kabi bir-birlikdan iborat yoki foiz ko'rinishida 
ifodalanadi. 
Gaz konlarining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, gaz 
zahiralarini hisoblash jarayonida unga bosimning ko'rsatgichi katta ahamiyat kasb 
etadi, chunki bosim qancha yuqori bo'lsa gaz shuncha siqilib, uning zahirasi shuncha 
yuqori bo'ladi. Undan tashqari gaz uyumlarida siqiluvchanlik koeffisienti degan 
ko'rsatgich o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ma'lumki tabiiy gazlar ideal gazlardan 
(siqiluvchanlikka ega bulmagan) picha farq qilganligi uchun ularga siqiluvchanlik 
tushunchasi kiritiladi va u koeffisient bosim va harorat ta'sirida o'zgaradi va aksariyat 
kritik bosim va kritik haroratlarga bog'liq bo'ladi. Demak gazberuvchanlik 
koeffisientini quyidagi ifoda bilan ko'rsatish mumkin: 

= 1 - P
o
Z
b
/ P
b

Z (P
o
)
Bu yerda

- gazberuvchanlik koeffitsienti; P
o
- gaz chiqarishning oxirgi 
vaqtidagi qatlam bosimi kg/sm
2
, Z
b
- dastlabki vaqtdagi siqiluvchanlik koeffitsienti 
birning bo‘lagi, P
b
- dastlabki vaqtdagi qatlam bosimi ko‘rsatgichi, kg/sm
2
; Z (P
o
) - 
oxirgi qatlam bosimi sharoitidagi siqiluvchanlik koeffitsienti birning bo‘lagi. 


128 
Yana bir muhim farq, gaz uyumlarining miqdoriga haroratning ta‗siridir,
chunki haroratning ko‘rsatgichiga karab gazning o‘zgarishi juda sezilarlidir. 
Shunday qilib gaz zahiralari, ularning chiqarilishi va holatiga bosim, harorat, 
siqiluvchanlik omillari ta‗siri mavjud bo‘lganligi uchun ular tufayli hosil bo‘lgan 
o‘zgarishlarni albatta inobatga olish taqozo qilinadi. 
Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, gaz konining ishlashi qatlam (uyum) - kon 
(undagi gazni dastlabki tozalash qurilmalari - UKPG) - magistral gaz uzatgich - gaz 
iste‘molchisi tizimi bilan belgilanib, gazning chiqarilishi albatta iste‘molchining 
mavjudligiga bog‗liqdir. 
Gazberuvchanlik koeffitsiyentiga, ya‘ni gaz chiqarib olishning yuqori darajaga 
erishuviga ham aksariyat omillar ta‘sir ko‗rsatib, uning maksimal bo‗lishiga monelik
qilinadi. Biz quyida ushbu omillarga to‗xtab o‗tamiz. 
Gazning to‗liqroq olinishiga monelik qiladigan omillardan biri kollektorning 
turliligi va past kollektorlik xususiyatga ega bo‗lganligidir. Kollektor tekis va bir xil, 
undagi o‗tkazuvchanlik va g‗ovaklik yuqori darajada bo‗lsa albatta qatlamdan yuqori
gazberuvchanlikka erishiladi. Yaxshi kollektorlar yuqori gazga to‗yinganlik
xususiyatiga ega bo‗ladi. Undan tashqari gaz beruvchanlik uyumning oxirgi bosimi 
(qatlamdagi qoldiq bosim) qancha kam bo‗lsa shuncha ortiq bo‗ladi, tabiiyki bunday 
holatda qatlamdagi qoldiq gaz miqdori ancha kam bo‗ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, namunaning suvlanishi (suv bosishi) qancha 
tez va ko‗p bo‗lsa undan gazning siqib chiqarilishi shuncha oz bo‗ladi. Tadqiqotlar 
natijasida suvlanganlik sharoitda gazberuvchanlik 50-90 % orasida bo‗lishi 
tasdiqlanadi. 
Yuqorida bayon qilganimizdek, gazberuvchanlik samarasi miqdoriga 
qatlamning ishlash tarzi kattagina ta‘sir ko‗rsatadi. Chunonchi, M.A.Jdanov va G.T.
Yudinlarning fikriga qaraganda gaz tarzida ishlagan uyumlarning gaz beruvchanlik 
koeffitsiyenti 0,9-0,95 darajasigacha borishi mumkin bo‗lgani holda suv siquvi 
tarzida ishlaydigan uyumlarda uning ko‗rsatgichi 0,8 dan oshmasligi mumkin. Xuddi 
shunga o‗xshash fikrni A.L.Kozlov ham ifoda etadi, uning fikricha gaz beruvchanlik 
koeffitsiyenti gaz tarzida ishlovchi uyumlar uchun 0,97 gacha borishi mumkin 


129 
bo‗lgan holda suv siquvi tarzida gaz beruvchanlik koeffitsiyenti 0,7-0,8 atrofida 
qolishi mumkin deyiladi. 
Quyida biz M. L. Fish, I.A. Leontov va YE.N. Xramenkovlar tomonidan 47 ta 
konda hisoblangan va erishilgan gaz beruvchanlik koeffitsiyentlari miqdori 
xususidagi ma‘lumotlarni keltiramiz. Ular 15 ta gaz tarzida ishlagan va 32 ta gaz tarzi 
bilan suv siquvi aralashmasi tarzida ishlagan konlar ma‘lumotlarini keltiradilar. 
15 ta gaz tarzida ishlagan konlarda gaz beruvchanlik 86,1 % ni tashkil qilgan, 
zahiralar bo‘yicha hisoblangan o‗rtacha gazberuvchanlik koeffitsiyenti 89,5 % ga 
teng bo‗lgan. Yana ular shuni ta‘kidlashadiki, Severo-Stavropolskoye hamda 
Shebelinka konlarida kutilayotgan oxirgi gazberuvchanlik darajasi 95 % ga yetishi 
mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, bir vaqtlar eng katta gigant gaz 
konlaridan hisoblangan Gazli koni hozirgi kunda ishlab tugatilgan. Undagi asosiy gaz 
uyumlari hisoblangan IX va X gorizontlarida erishilgan gazberuvchanlik 90-91 %
ni tashkil etgan. 
Suv siquvi tarzida ishlagan 32 ta kondagi gazberuvchanlik koeffitsiyenti 85,2 
% ga teng, ularning zahiralari bo‘yicha hisoblangan oxirgi gazberuvchanlik 
koeffitsiyenti esa 87,1 % ekanligi ko‗rsatiladi. Ba‘zi bir xil konlarda esa bu 
ko‗rsatgichning ancha pastligi qayd etiladi (Linevskoye konida 50 % dan kamroq, 
Aleksandrovskoye konida 60 %). Krasnodar o‘lkasidagi konlarda gazberuvchanlik 
koeffitsiyenti 60-85 % atrofida bo‗ladi degan mulohazalar ham mavjud. 
Gazberuvchanlik koeffitsiyenti yoriqli kollektorlarda, agar u gaz tarzida 
ishlayotgan bo‗lsa, ancha yuqori bo‗lishi mumkin, mabodo uyum suv siquvi tarzida 
ishlasa, unday uyumning gaz beruvchanlik koeffitsiyenti ancha past bo‗ladi. Bunga 
asosiy sabab g‗ovaklardan yoriqlarga oqib chiquvchi gazlar o‗sha yoriqlarning suv 
bilan to‗lganligi bois o‗z joylarida qolib ketishidadir. Kollektorning yoriqlar bilan 
bo‗lishgan bo‗laklari umuman hech qanday ta‘sir ko‗rmay o‗z o‗rnilarida qolib
ketishlari natijasida qatlamning (uyumning) umumiy gaz beruvchanligi ancha past
ko‗rsatgichga ega bo‗ladi. 
Gaz quduqlarida kislota bilan ishlov berish, qo‗shimcha oraliqlarni otish, gidro 
qumli teshgich bilan ishlash va shu kabilar quduqning mahsuldorligini oshirish 


130 
mumkin va bu gazberuvchanlikni oshirishga olib keladi. Bu borada o‗lkamizdagi 
ko‗plab konlarni ishlatish e‘tiborga loyiq bo‗lib, misol tariqasida Sho‗rtan konini 
keltirishimiz mumkin. Sho‗rtan konidagi har bir quduq 1-2 xatto 3 martalab kislota 
bilan ishlov beriladi va har gal bu ishlov o‗zining ma‘lum darajadagi samarasini 
beradi. Demak bu usul gazberuvchanlik koeffitsiyentini oshirishga yordam beruvchi 
omillardan hisoblanadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin