125
Gazkondensat konlarini ishlash va ishlatishning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud:
1) bosim va haroratning
pasayishi natijasida qatlamda, quduq stvolida va yer
usti qurilmalarida kondensatning ajralishi ehtimoli;
2) quduqdan kelayotgan mahsulotning ko‘p fazaliligi va kondensatni to‘liqroq
ajratish zarurligi;
3) qatlamdan iloji boricha ko‘proq kondensatni
chiqarib olish uchun qatlam
ishining optimal sharoitini ta‘minlash zarurligi.
Gazkondensat konlari qatlamga ta‘sir ettirmasdan (sof gaz koni singari so‘nib
borish rejimida) va ta‘sir ettirib ishlatilishi mumkin.
Gazkondensat konlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlatishning 2 xil usuli
mavjud:
1) Qatlamga quruq (benzinsizlantirilgan) gaz haydash (saykling-jarayon);
2) Qatlamga suv haydash usuli.
Qatlamga gaz haydash usulini qo‘llab 85% kondensat qazib olinishi mumkin,
suv haydash usulida esa 75%.
Qatlamga quruq gaz haydash usuli saykling jarayon deb ataladi. Saykling
jarayonning 3 xil turi mavjud:
-
to‘liq saykling;
-
to‘liq bo‘lmagan saykling;
-
kanadacha saykling.
To‘liq bo‘lmagan saykling - jarayon kondensat qazib chiqarish bir me‘yorga
tushguncha davom etadi, shundan so‘ng kon gaz koni singari ishlatiladi.
Kanadacha saykling -
gaz yoz oylarida haydaladi
va qish oylarida qaytarib
olinadi.
Saykling jarayonining kamchiligi
- gaz
zaxiralarining uzoq vaqt
konservatsiyada turib qolishi.
Saykling-jarayonning samaradorligi quyidagilarga bog‘liq:
-
maydon va qatlam bo‘ylab harxillilik;
-
kollektorlar turi.
126
Gaz konlarida gaz beraoluvchanlikni oshirish uchun qatlamga suv haydash
foyda beradi degan qarashlar mavjud. Ammo bunda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
tekshirib ko‘rish zarur.
Gazkondensat konlarini qatlam bosimini saqlamay ishlatish (so‘nib
borish
rejimida) usuli bir qator yutuq va kamchiliklarga ega.
Yutuqlari:
-
gaz va kondensatni bir vaqtda qazib olish,
-
yuqori gazberaoluvchanlik koeffitsiyenti,
-
gaz va kondensat qazib olish templarining jida katta oraliqda o‘zgarish
imkoniyati,
-
boshqa usullarga nisbatan konni ishlashga
ketadigan harajarlarning
minimalligi.
Kamchiliklari:
-
QBS bilan solishtirilganda kondensat beraoluvchqlik kichik;
-
Qanzib olinadigan uglevodorodlar massasi bo‘yicha neft konlarini qatlamga
gaz yoki suv haydab qazib chiqariladigan neftga ketadigan harajatlar bilan bir xil.
Demak, gazkondensat beraoluvchanlikni oshirishning quyidagi 2 ta yo‘li
mavjud:
1. Qatlam bosimini tiklab turish (agar u iqtisodiy tomondan o‘zini-o‘zi oqlasa);
2. Anomal yuqori bosimli qatlamlarda qatlam bosimini
iloji boricha tejab
sarflash.
Dostları ilə paylaş: