N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Gaz tarzi – Gaz uyumi tarzi, unda harakatlantiruvchi kuch gazning tarangligi  hisoblanadi.  Yakuniy kondensat beraolishlik koeffitsien



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Gaz tarzi
– Gaz uyumi tarzi, unda harakatlantiruvchi kuch gazning tarangligi 
hisoblanadi. 
Yakuniy kondensat beraolishlik koeffitsien
ti– Ishlashning oxirigacha
qatlamdan olingan jami kondensatni potensial (balans) zaxiraga nisbati. 
To‘ldirish koeffitsienti
doimiy kattalik emas, balki vaqt davomida 
o‗zgaruvchandir. Ishlatilayotgan gaz qatlamiga muayyan vaqt davomida kirgan suv 


263 
hajmini, shu vaqt davomida qatlamdan olingan gaz hajmiga nisbati to‗ldirish 
koeffitsienti deyiladi. 
Gaz konini ishlash tizimi
deb ishlash ob‘ektini aniqlovchi, o‗zaro bog‗liq 
muxandislik echimlari yig‗indisiga aytiladi. Ishlash tizimining muhim qismi – ishlash 
ob‘ektlarini ajratish. 
Ishlatish ob’ekti
– bu ishlanayotgan kon xududida uglevodorodlarning sanoat 
ahamiyatidagi zaxirasi bo‗lgan, ularni er bag‗ridan chiqarib olish aniqlangan 
quduqlar guruxi yoki boshqa tog‗-kon texnik inshoatlari yordamida amalga 
oshiriladigan qatlam yoki qatlamlar majmui. 
Gaz olish sur’ati
– ishlatish ob‘ekti (qatlam, uyum, kon)dan olinayotgan yillik 
gazning boshlang‗ich olinadigan zaxiralarga foiziy munosabati. 
Gazning siqilish koeffitsienti
– qatlam bosimiga bog‗liq holda qatlam gazini 
hajmini o‗rganish uchun foydalaniladigan koeffitsient (bir xil sharoitlardagi, 
shuningdek bir xil bosim va haroratdagi qatlam real gazi hajmini ideal gaz hajmiga 
nisbati). 
Gazni neftda erish koeffitsienti.
– Tabiiy uglevodorod gazini neftda erish 
xususiyatini tavsiflovchi ko‗rsatgich – qatlam bosimi 1 MPa ga ko‗payganda neftning 
bir birlikdagi massasi yoki hajmida eriydigan gaz miqdori (haroratni ko‗tarilishi bilan 
gazning erish koeffitsienti pasayadi, bosimni ko‗payishi o‗sadi). 
Kondensat 
– Gazkondensat uyumida gaz holatida bo‗luvchi va uyumni ishlash 
jarayonida qatlam bosimini kondensatsiyalanish bosimigacha yoki undan ham past 
tushishidan suyuqlik ko‗rinishiga o‗tuvchi C
5
va C
6+yuqori
uglevodorodlar. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin