O’PKA YIRINGLASHI VA CHIRISHI.
O’pka to’qimasining chegaralangan yiringli yallig’lanishi o’pka absessi o’pka to’qimasining chegarasiz yallig’lanib chirishi o’pka gangrenasi hisoblanadi.
Sababi va patogenezi. O’pka absessini yiring hosil qiluvchi mikroorganizmlar, o’pka gangrensini esa chirituvchi mikroblar vujudga keltiradi. O’pka absessida balg’amdan xilma-xil mikroblar-stafilakokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqa bir qancha mikroblar aralashmasi topiladi. O’pka gangrenasida anayerob mikroblardan dumsimon tayoqcha ham uchraydi. O’pka absessi va gangrenasi ko’pincha turli kasalliklar: zotiljam, bronxoektaziya, saramas va boshqalardan ikkilamchi asorat sifatida ro'y beradi.
Belgilari. O’pka absessining klinik ko’rinishi ikki davrga bo’linadi: birinchi davrda o’pka to’qimasi irib, bronxga ochilguncha kasallikning kechishi davom etadi. Birinchi davrda qisqa bo’lishi yoki o’n kungacha cho’zilishi mumkin. Bu davrning doimiy belgilaridan biri gavda haroratining ko’tarilib, ko’p terlashidir. Bemor yo’taladi, biqini og’riydi, umumiy ahvoli og’irlashadi.
Qon tekshirilganda neytrofil leykositlar ko’paygani qayt qilinadi. (1mm 3 da 180000 leykosit), ECHT tezlashadi. Bemor obyektiv tekshirilganda ko’krak qafasining zararlangan tomoni nafas olganda orqada qolishi kuzatiladi.
Auskultatsiya va perkussiya qilinganda aytarli o’zgarish kuzatilmaydi. Faqat o’pkaning zararlangan qismida o’tmas tovush eshitiladi, shuningdek, bronxial nafas va oz miqdorda mayda, ba’zan quruq xirillash eshitiladi. Balg’am esa shilimshiq yiringli bo’lib, qo’lansa hidli bo’lmaydi. Miqdori ham kam bo’ladi.
Ikkinchi davrda kuchli yo’tal paydo bo’lib, bemor ko’p balg’am tashlaydi (bir kunda 50-100ml, hatto 1-2 litrga yetadi). Balg’am hajmi quyuq, yiringli, xira yashil yoki qon aralash bo’ladi. Ba’zi hollarda badbo’y bo’lib, bu hol absessning gangrenasiga aylanishidan darak beradi. Balg’am turib qolsa, ikki qatlamga ajratiladi. Pastki qatlam bir xil gomogen yiringli, jigarrang yoki ko’k rangda bo’ladi, yuqori qatlami esa suyuq bo’lib, shilimshiq ko’pik tarkibidan iborat. Mikroskopda tekshirilganda ko’p miqdorda leykositlar, eritrositlar, bronxial epeteliylar, yog’ tomchilari, xolesterin kristallari va har xil bakteriyalarni uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |