Nafas olish tizimining asosiy kasalliklari. O’rvi, bronxit, Zotiljam kasalligi klinikasi, davosi



Yüklə 28,19 Kb.
səhifə8/9
tarix19.04.2022
ölçüsü28,19 Kb.
#55730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nafas olish tizimining asosiy kasalliklari. O’rvi, bronxit, Zoti

Oqibati va asorati. O’pka absessi aksariyat hollarda terapevtlik davolashda moyil bo’lib, 4-5 haftada bemor sog’ayib ketadi. Ba’zan o’pkadan qon ketishi mumkin. O’pka gangrenasini esa davolash qiyin. Kasallikdan yiringli plevrit asorati qoladi. Jiddiy asoratlardan biri piopnevmotoraks (yiringning plevra bo’shlig’iga yorib o’tishi) bo’lib, bunda bemor biqinida to’satdan og’riq paydo bo’ladi. ba’zan kollaps beradi, hatto bemor o’lib qolishi ham mumkin.

Davolash va parvarish qilish. Bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi. Asosan, antibiotiklar bilan davolanadi. Bunda balg’amdagi mikroblarning tarkibini aniqlashda va antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari sulfanilamid vositalari ham beriladi. Ular ba’zan bemorlarda ko’ngil aynish, teriga toshmalar toshishi, qichina kabi qo’shimcha ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Bunday hollarda sulfanilamid dorilarning me’yori kamaytiriladi, ba’zan butunlay berilmaydi. Antibiotiklar sulfanilamid vositalar bilan birga ishlatilganda yaxshi natija berdi. Bemorni parvarish qilishda dastavval terisining tozaligiga ahamiyat berish zarur. Yotoq yara hosil bo’lmasligining oldini olish, bemorni karavotning oyoq yoki bosh tomonidan 20-30 sm ga ko’tarib qo’yish lozim. Bemor taomi yuqori kaloriyali, ayniqsa oqsilga boy bo‘lishi kerak.



Proflaktikasi. O’pkaning yiringlashishiga olib keladigan sabablar bartaraf etiladi: spirtli ichimliklar ichish qatiy man etiladi: to’g’ri kun tartibi tutiladi va o’pka, bronxlarning o’tkir va surunkali kasalliklarini o’z vaqtida to’g’ri davolash choralari ko’riladi. Ayniqsa, keksalardagi o’tkir zotiljam kasalligini o’z vaqtida davolashga e’tibor berish zarur.

Yüklə 28,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin