Kasallik asoratlari. Krupoz pnevmoniya aksariyati nafas olish organlariga asorat qoldirishi mumkin (plevrit, o’pka yiringlash, o’pka gangrenasi).
Davolash. Krupoz zotiljam bilan og’rigan bemorni darhol kasalxonaga yotqizish va yaxshilab parvarish qilish zarur. Bemor yotgan xonaning havosi toza yetarli bo’lishi, xona tez-tez shamollatib turilishi lozim. Bemorga yengil hazm bo’ladigan va kaloriyali, vitaminli taomlar buyuriladi (choy, kofe, sut, meva sharbatlari, qaymoq, qotgan non, tuxum, C vitamin va hokazolar). Dorilardan norsulfazol, sulfaadimezin 1-2 kun katta dozalarda 6-7 g beriladi. 3-5 kunlari kuniga 4-5 g dan beriladi.
Uzoq vaqt ta’sir etuvchi sulfanilamidlardan, sulfademitoksin, sulfamonometoksin 1-2 g dan 7 kun beriladi.
Biseptol sulfanilamidini 0,96 g dan har 12 soatda ichish tavsiya qilinadi yoki furozolinni 0,1 g dan 1 kunda 4 marta ichish, furaginenning 300-500 ml 0,1% eritmasini tomirga tomchilab yuborish mumkin. (3-4 marta).
Bemorni quruq yo’tal bezovta qilganda, yo’talganga qarshi dorilar (libeksin, tusupreks, altey, termopsis damlamalari) beriladi. Kasal tanasida kislorod yetishmasligi belgilari paydo bo’lsa, kislorod beriladi.
Krupoz zotiljam kasalligida fizioterapevtlik muolajalarini (banka, gorchichnik) qo’llash mumkin.
Bemorning harorati normallashgandan so’ng diatermiya, induktotermiya, SVCH, UVCH va hokazo qo’llaniladi.
Antibiotiklar ishlatilganda ba’zan bemorda noxush belgilar-allergik reaksiya ro’y berib, badanda toshmalar paydo bo’lishi mumkin. Buni bartaraf etish maqsadida antibiotiklar bilan birga bemorga nisbatan preparati beriladi. Bundan tashqarin nerv tizimini tinchlantirish va uyquni yaxshilash uchun brom, lyuminal, yurak-tomir tizimi faoliyatini ko’tarish uchun kamfora, kofein, kordiami, yo’talga qarshi kodein, dionin, nashatir anis, tomchisi beriladi va hokazo. Kasallikning og’ir shaklida yurak faoliyatini yaxshilash maqsadida kordiamin, kamfora va strofantin kabi dorilar inyeksiya qilinadi. Kasallik uzoq vaqt davom etsa prednozolin buyuriladi.
O’choqli zotljam. O’pka ayrim bo’lakchalari yoki bir necha bo’lakchalarning yallig’lanishi.
Etiologiyasi. O’choqli zotiljamni turli mikroblar, viruslar, xususan pnevmokokklar Fredlenlar va preyflar batsillalar qo’zg’atadi. Kasallik mustaqil holda, aksariyat gripp va boshqa yuqumli kasalliklar asorati sifatida paydo bo’ladi. Bundan tashqari, ko’krak qafasi, bosh, jag’ va kalla suyaklari shikastlanganda ham ro’y beradi. Kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar tanaga ko’pincha havo orqali kiradi.
Belgilari. Kasallik ko’pincha yo’talish va seroz balg’am tashlash bilan boshlanadi. Ko’krak qafasi og’riydi, nafas qisadi va nafas olish tezlashadi, boshi og’riydi. Bemor ko’karib ketadi, isitmasi chiqib kechasi alahsiraydi. Tana harorat ibir necha kundan bir-ikki haftagacha davom etadi va sekin-asta pasayadi. Qonda neytrofil leykositoz bo’lib, ECHT tezlashadi. Bemor ko’zdan kechirilganda, o’pkaning kasallangan tomonida nafas olish ko’krak qafasi orqada qolayotgani ko’rinadi. Perkussiyada to’qmoq o’tmas tovush, auskultatsiyada qattiq nafas eshitish mumkin. Ba’zan quruq xirillagan tovush eshitiladi. Bemor rentgentda tekshirilganda o’pkaning pastki bo’laklarida katta-kichik joylari ko’rinadi. Shunga ko’ra, o’choqli zotiljam har xil bo’ladi. Masalan, krupoz zotiljam, virusli aspiransion, gipostatik, yarador, atipik (areaktiv) zotiljam va boshqalar.
Virusli jotiljam. Bu shakli epidemiya davrida paydo bo’lib, yashirin davri 1-2 hafta. Harorat 390 dan oshmaydi. Bemor umumiy darmonsizlik, bosh og’rig’i, quruq yo’tal va ko’krak og’rishidan shikoyat qiladi. Rentgentda katta-kichik qorong’ulik ko’rinadi. Qonda leykositozlarning kamayib ketishi kuzatiladi. Kasallik 1-2-3 kun ba’zan uzoqroq davom etishi mumkin.
Aspiransimon zotiljam. Bosh va yuz suyaklari jarohatlanganda, bemor behush yotganda, diabet komasida, azotemik uremiyada, zaharlanishda ko’proq kuzatiladi. Eng xavfli kasaliklardan biri.
Gipostetik zotiljam. Uzoq muddat o’pka va yurak kasalliklari bilan og’rigan kishilarda ro’y berishi mumkin. Auskultatsiya qilinganda o’pkaning pastki qismida to’qmoq tovush, bronxial nafas eshitish mumkin.
Grippoz zotiljam. Gripp asorati bo’lib, og’ir va aniq ifodalangan zaharlanish bilan kechadi. Bemor yo’talganda qonli balg’am ajratadi. Gripoz zotiljam ko’pincha o’pka yiringlash asorati qoldirishi mumkin.
Yaradorlar zotiljami biror a’zosi, ayniqsa qorni, umurtqalari, ko’krak qafasi yarador bo’lgan odamlarda, shuningdek bosh va yuz suyaklari jarohatlanganda, oyoq-qo’l yarador bo’lganda kuzatiladi. Ana shunday hollarda yaradorlarda jotiljam paydo bo’ladi. Harorat ko’tarilishi, yo’tal tutishi, puls tezlashishi kasallikning asosiy belgilaridir. Auskultatsiyada bir oz xirillash eshitiladi.
Atipik (areaktiv) zotiljam organizmning kurash qobiliyatini pasayishi natijasida ro’y beradi. Charchash, ruhiy shikastlanish hayajonlanish, to’yib ovqat yemaslik kasallikning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu, ayniqa, urush davrida ko’p kuzatiladi. Kasallik alomatlri ro’yi rost namoyon bo’lmaydi. Avval grippdagi o’xshash harorat subfibril-37S0, bir oz quruq yo’tal bo’lib, perkussiyada deyarli o’zgarish sezilmaydi. Auskultatsiyada qattiq nafas olish va quruq xirillash eshitiladi. Rentgentda tekshirilgandan keyingina kasallikka to’g’ri tashxis quyish mumkin. Qonda deyarli o’zgarish bo’lmaydi. Kasallikning og’ir shakli ham uchraydi. O’z vaqtida davolansa, bemor 1-3 haftada tuzalib ketadi.
Profilaktika va davolash. Profilaktikaning asosiy vazifalari:
tananing qarshilik kuchini oshirish, yoshlikdan boshlab tanani chiniqtirish hamda gigiyena va turmush qoidasiga amal qilish;
grippning oldini olish.;
uzoq muddat yotgan bemorlarda ikkilamchi jotiljam paydo bo’lishining oldini olish. O’choqli zotiljam ham grippoz zotiljam kabi davolanadi. Bemorlar o’rinda yotishi, yuqori kalloriyali taomlar iste’mol qilishi, kerakli miqdorda vitaminlar qabul qilib turishi kerak.Virusli zotiljamni davolashda oletetrin, oleandomitsin kabi antibiotiklar tabletkasi ichiriladi. Davolash kursi, 10-14 kun. Bemor yotgan xona vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi, og’iz bo’shilig’ini parvarish qilib turish kabi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak.
O’PKANING YIRINGLI KASALLIKLARI
Dostları ilə paylaş: |