Munozara uchun savollar
Iudaizm qanday din?
Farziylar qanday oqim
Tavrot haqida gapiring
Yaxudiy bayramlari haqida nimalami bilasiz
Konfutsiylik nima?
Adabiyotlar
Mo’minov A.K. Dinshunoslik asoslarini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi. Toshkent. 1999.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedeniya. Moskva. 1996.
Mo’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. T„ 2004.
A.E.Abdusamedov. Dinshunoslik asoslari. T. 1995 y.
Yo’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 y.
3-MAVZU: JAHON DINLARI: BUDDIZM VA XRISTIANLIK
Reja:
Jaxon dinlari xususiyatlari. Buddizmning vujudga kelishi.
Buddaviylik ta’limoti.Buddaviylikdagi oqimlar.
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlikning ta'limoti.
Xristianlikdagi oqimlar: vujudga kelishi, o’ziga xosligi.
Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu mavzularda talabalar Buddaviylik dini va Xristianlik dinining vujudga kelishi va tarqalishi marosim va bayramlari, ta’limotlari haqida ma’lumot oladilar.
Tayanch iboralar: Budda, Maxayana, Xinoyana, Tripitaka, Injil, Issus Xristos, Provaslaviya, Katolik, Pasxa.
Jahon dinlarining kelib chiqishi turli xalqlar hayotida yuz bergan jiddiy tarixiy o’zgarishlarga bog’liq edi. Masalan, buddizm, eramizdan oldingi VI asrda Shimoliy Hindistonda tashkil topgan quldorlik davlatining g’oyaviy mafkurasi sifatida paydo bo’lgan edi. Jahon dinlarining ikkinchisi xristianlik esa eramizning I asri o’rtalarida Rim imperiyasi inqirozining oldini olish, bu omonat imperiya xududlaridagi turli-tuman xalqlami, qullami birlashtirish, ulaming ozodlik harakatlarini bostirish orqali imperiyani saqlab qolishning mafkuraviy vositasi sifatida IV asr o’rtalarida imperator Konstantin tomonidan davlat dini, deb e’lon qilingan.
Islom dini arablaming turli qabilalarini birlashtirib, markazlashgan arab davlatini Ьафо qilish ehtiyojining ma’naviy quroli sifatida vujuda keltirilgan.
Jahon dinlari vujudga kelishining tarixiy yo’llari ikki yo’nalishda bordi:
Dostları ilə paylaş: |