IUDAIZM DINIDAGI MAROSIMLAR
Sadaqa berish odati to’g’risida Injildagi Matto bayon etgan muqaddas xushxabarda shunday deyilgan: “Ehtiyot bo’linglar, savobli
43
ishingizni odamlarga ko’rsatish uchun hammaning ko’z o’ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar”.
Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo’lsang, o’tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko’cha-ko’yda shunday qiladilar. Sizlarga aytayin: bular o’zlariga yarasha mukofotni olib bo’ldilar. “Sen sadaqa berayotganingda, chap qo’ling o’ng qo’ling nima qilayotganini bilmasin. Ya’ni sening muruwating yashirin bo’lsin. Shunda yashirin bo’lganlami ko’ruvchi otang seni aniq taqdirlaydi”3.
Xatna marosimi. “Xudo Ibrohim payg’ambar bilan ahd tuzganda: «Senga va sendan keyingi avlodlarining quyidagi ahdga rioya qilishingizni buyuraman, orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin. Sizlar a’zongiz uchidagi terini kestirib, sunnat bo’linglar. Ana shu Men bilan sizlaming orangizdagi ahdning belgisi bo’ladi”.
Qurbonlik marosimi. “Xudo Ibrohimni sinab, unga: O ’zing sevadigan yagona o’g’ling Ishoqni olib Muriyo eriga ket. U erda Men senga aytadigan toqqa chiqib o’g’lingni qurbon qil,-dedi. Uch kun yurib, Ibrohim qurbonlik qilinadigan joyda o’g’li Ishoq(Islomda Ismoilni)ni o’tin ustiga yotqizdi va pichoq bilan so’ymoqchi bo’ldi. Shu payt osmondan farishta uchib kelib: Ey Ibrohim, o’smirga qarshi qo’l ko’tarma, unga hech yomonlik qilma. Men endi bilaman, sen Xudodan qo’rqasan, yakkayu yagona o’g’lingni ham Mendan ayamading, - dedi. Ibrohim bir orqasiga burilib qarasa, chakalakda shoxlari o’ralib qolgan qo’chqomi ko’rdi. Ibrohim borib qo’chqomi olib keldi va uni o’g’li o ’miga so’yib kuydirdi”.
Iudaizm aw al yahudiy qabilalarining eng kuchlisi bo’lgan Iuda qabilasining politeistik dini bo’lgan. Iudaizm -qadimgi dinlardan bo’lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga keldi. Iudaizm politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Bu din tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tguncha bo’lgan davmi o’z ichiga oladi. Mana shu
3 Инжил. Таврот. Мусо пайгамбарнинг биринчи китоби. Туркия Мукаддас китоб жамиятн-1995 йил, 12-13-бетлари
tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko’p xudoga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila, urug’ alohida xudoning nomi bilan bog’langan. Moddiy olam hodisalaming har bir guruhi, hatto shaharlaming ham o’z xudosi bo’lgan. Eramizdan awalgi X asrda yahudiy qabilalari o’rtasida sinfiy tabaqalanish ro’y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida iudaizm shakllandi.
Shunday qilib iudaizm va sionizm milliy dinlar tizimidagi eng yirik din bo’lib, iudaizm dastlab kelib chiqqan monoteistik din edi. Iudaizm xristian, islom va boshqa dinlarga barakali ta’sir qiladi. Iudaizm kichik millat bo’lgan Yahudiylami ko’p asrlar davomida millat sifatida saqlanib qolishiga, bu millatning madaniyatini saqlab qolishda katta xizmat qilib kelmoqda. Dinlar tarixida iudaizm o’z o’miga egadir.
Dostları ilə paylaş: |