Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik


Buddaviylik ta’limotida olam uch bosqichli deb ta’riflanadi



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə22/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Buddaviylik ta’limotida olam uch bosqichli deb ta’riflanadi. Birinchi olam eng yuqori olam bo’lib, unda mutlaqo osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud deyiladi. Bu olam ruhning makonidir. Buddaviylikning ta’lim berishicha, ilohiy ruhni mutlaqo bilib bo’lmaydi. Birinchi olamda ruh materiyadan tashkarida, u harakatsiz osuda yashaydi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko’ra, ruhiy mavjudotlar bilan to’la jannat bo’lib uni bodisatva deyiladi. Bu olamning hokimi Amitabadir. Amitaba olamida ruh gimohidan xalos bo’lgan, lekin eng oliy olamga, ya’ni nirvanaga - mutlaqo bo’shliq va osoyishtalik olamiga ko’tarilmagan avliyolar yashaydi. Buddalar kishilarga budda ta’limotini o’rganish, yaxshi yo’ldan boshlab borish uchun erga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bo’lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydi. Bu olamdagi ruh qafasda yashaydi. U materiyaning changalida turadi va ozod bo’lish hamda yuqori olamga ko’tarilishga harakat qiladi. Ruhning yuqori olamga ko’tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog’liq. Agar odam budda ta’limotiga e ’tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug’ilishlardan so’ng jannatga va undan nirvanaga ko’tariladi. Yomonlikka mansub gunohkor kishilaming ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, kafan ichida yuraveradi, yuqori olamga hech qachon ko’tarila olmaydi. Agar insonning budda ta’limotiga zid ishlari ko’payib ketsa, xirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan keyin er ostidagi do’zaxga tushadi va unda abadiy azoblanadi. Buddaviylikda qayta tug’ilish deganda yangidan paydo bo’lish tushunilmaydi, balki ilgari o’lgan odamlaming jismidan tarqalgan dharmalaming yangi asosda birlashib, kelajak avlodga o’tishi tushuniladi. Shuning uchun, budda dini inson kelajak avlodi uchun ham javobgar deb hisoblaydi.

50

Hindistonda quldorlik barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib bordi, keyinchalik hinduizmga qo’shilib ketdi. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o’z ta’sirini deyarli yo’qotdi.

Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda buddaviylikning yopilishi Kushonlar saltanati ravnaq topgan davrlar (er.av.II asr. yangi er. I asrlari) bilan bog’liq. U hozirgi Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sintszyan hududlarini o’z ichiga oladi. Kushonlar davrida buddaviylik Hindistondan Markaziyo Osiyoga, bu erdan esa Buyuk ipak yo’li orqali Uzoq Sharqqa yoyilgan. Buddaviylikni Hind savdogarlari, sayyohlari, missionerlari dunyoga tarqatganlar.


Lamaizm (tibet tilida lama-oliy samoviy, degan ma’noga ega bo’lib, zohidlami shunday deb ataladi) VII-XIV asrlarda tarkib topgan.


Tibetda buddaviylikning Mahayana yo’nalishidagi oqimi bo’lib, u erda huknaron din bo’lib kelgan. XVI asming oxirlaridan boshlab lamaizm Mo’g’ulistonda, XVIII asming boshidan esa Buryatistonda keng tarqalgan. 1741 yilda barcha lamalar Rossiyaga sodiq fuqaro bo’lib qolishga qasam ichadilar va o’z diniy ta’limotini targ’ib qilishga rasmiy ijozat oladilar. Dastlabki lamalar XVII asr o’rtalarida Jungoriyadan Rossiyaga ko’chib kelgan qalmiq qabilalar bilan birga kelganlar va Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar. Qalmig’iston, Buryatiston ruhoniylaridan Tuva ruhoniylari -lamalari VII asrlaridayoq payd bo’lganligi bilan farq qiladi. Biroq tuvaliklar lamaizmni ulaming azaliy dini bo’lgan shomonizm bilan qismangina qo’shishgan xolos. Lamaizm ta’limotida 7 ta asosiy aqida bor.


Birinchi aqida: burxonlar to’g’risidagi ta’limot. Lamaistlaming xudolari va surati burxonlar atamasi bila ataladi.


Ikkinchi aqida: muqaddas kitoblar to’g’risidagi ta’li-mot. Lamachilar ikkita to’plam kitobni «muqaddas» bilib e’zozlaydilar. Ulaming birinchisi Ganjur (tibetcha-vahiy-lar) 108 jildli va ikkinchisi Danjur (tibetcha-sharhlar) 225 jildli. XIV asrda tibet tilida yozilgan bu matnlar Tripitakadan qilingan tarjimalami ham, lamachi ruhoniylar yaratgan asarlami ham o’z ichiga oladi.



51


Uchinchi aqida - eng mayda, g’ayritabiiy o’lmas zarralar bo’lmish draxmalaming birikishidan iborat jon to’g’risidagi ta’limot.


To’rtinchi aqida - dunyoning manzarasi to’g’risidagi, narigi dunyodagi hayot to’g’risidagi ta’limotdir. Lamaizm ta’limotiga ko’ra, narigi dunyo ikki bosqichga bo’linadi: sansara - kishi joni o’zgarib turadigan cheksiz zanjir. Nirvana - bunda ayniqsa, taqvodor joni orom topadi.


Beshinchi aqida - dindorlar bilan burxonlar o’rtasidagi zarur vositachi sifatidagi lolalar to’g’risidagi ta’limot. Bularning ko’plari jonli xudolar yoki xubliganlar - boshqacha shaklda gavdalanuvchilar deb qaraladi.


Oltinchi aqida - muqaddas urush to’g’risida bo’lib, bu urush oqibatida buddist bo’lmagan kishilaming hammasi yo’q qilinishi kerak.


Ettinchi aqida - azob chekish to’g’risidagi aqida, Lamaizm ham buddizm kabi Erdagi hayotni azob chekish deb hisoblaydi. Uning sabablarini esa aslo yo’q qilib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Lamaistlar faoliyatini amalga oshiradigan markazlar datsanlar bo’lib, ularda lamalar har kuni ibodat qiladiiar.


Hozirgi paytda Birmada 17-asrda qurilgan ibodatxona va 6 metrli oltindan yasalgan budda haykali bulib, butun dunyo buddistlari shu ibodatxonaga hajga boradilar. Buddaviylik ta’limotini tartibga solish maqsadida 1971 yilda Birmada buddistlaming maxsus ibodatxonasida Tripi-takaning turli taijimalari va Variantlarini taqqoslash natijasida yagona matn ishlab chiqildi. Yangi matn mazmuni 729 marmar plitaga tushirildi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona butun dunyo buddistlarining muqaddas va ziyoratgoh joyiga aylantirildi. Buddizm ruhoniylari halqaro miqyosda buddizm mavqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddizmning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlaming halqaro konferentsiyalari, s’ezdlarini o’tkazmoqdalar.


Buddaviylikning bir necha halqaro tashkilotlari mav-jud, shulardan eng yirigi 1950 yilda tashkil topgan, jahon buddistlari qardoshlaridir.


Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, oxirat to’g’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o’lmasligi,



52


hayvonlami azoblash gunohligi, qon to’kmaslik kabi ta’limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o’tgan.

Jahon dinlaridan bin Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha Xpiotoq - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylaming nasroniylik Iso Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishadi. Masihiylar uning tarixiyligidan shubhalanmaydilar. Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e’tiqod qiladi BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o’sishi 1,4 % ni tashkil etmoqda.


Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 m illion).) yo’nalish va tarafdorlarga ega. 1054 yilda xristian cherkovi katolik va pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi.


4


53


Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:

1.Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari va qo’zg’olonlar birin-ketin mag’lubiyatga uchrab, ulardan shafqatsiz o’ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-ma’naviy inqiroz paydo bo’lgan. Qullar sinfidan bo’lgan Spartak etakchiligida eramizdan awalgi 73-71 yillarda Rimdagi qo’zg’olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo’llar chetiga qurilgan xochlarga mixlab tashlangan. O’sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. Spartakning mag’lubiyati, - degan edi tarixchi Shari Enten, - Isoning g’alabasi edi.





  1. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to’lib-toshgan Rim quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Qulchilik o’miga feodal tartiblar o’matila boshlandi. Quldorlar va boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, ma’naviy buzilish, ayshuishratga berilish o’sib bordi.




  1. Rim davlati hududlarida yashayotgan turli urug’lar, qabilalar, elat va xalqlar o’z xudolariga, payg’ambarlariga, urf-odatlariga sig’inar edilar. G’oyaviy-mafkuraviy birlik bo’lmaganligi ham Rim qudorlariga xalq ustidan siyosiy va g’oyaviy hukmronlik qilishni tobora qiyinlashtirardi.

Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga ko’ra xristianlik nisbatan tezroq shakllanib bordi, u ko’pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va quyi katlamdagi kishilar orasida e’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim bo’lish yo’llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi.


Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlaming falsafiy-ahloqiy qarashlarining xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko’rsatgan ta’siriga alohida to’xtalib o’tish kerak.


Seneka (er.av. 4 yilda tug’ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot etgan) o’z falsafasida moddiy boyliklar to’plash, noz-ne’matlarni iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb

54


e’lon qilib, ulardan voz kechishni targ’ib kiladi. U bu talabni jonni qutqarib qolish yo’lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati bo’lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan awalgi 1 asming oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini yahudiy dini bilan qo’shishga urinib, xudo bilan odamlar o’rtasida turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo’lib, u kishilami to’g’ri yo’lga solib yuborish va ulami hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun tangrining erga yuborgan farzandidir.


Bibi Maryamning Isoga g’oyibdan homilador bo’lishi haqidagi ta’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo bo’lgan. Masalan, Budda, Suriya podshosi Sargos, Misr xudosi Gor va boshqalar g’oyibona homila natijasida tug’ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta’sirida Bibi Maryamda g ’oyibona homila paydo bo’lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tug’ilgan, degan tasavvur vujudga kelganligiga hech shubha qilinmasa ham bo’ladi.


Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo’iga oldilar. Ularda klirlar, ya’ni episkop, pop, d’yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta’siri kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan, kambag’al kishilar, xususan, qullar ko’pchilikni tashkil etgan. Klirlar rahbarligida o’rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda yashirin o’tkaziladigan yig’ilishlarda g’oyibdan samoviy haloskor payg’ambarning kelayotgani to’g’ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas kitoblami o’qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish marosimlari, ya’ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o’tkazib kelingan.


Imperator Konstantin 313 yili xristianlaming ta’qib qilishni bekor qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga ko’tardi. 325 yili Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlaming 1-jahon yig’ilishi bo’ldi. Yig’ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo, mukaddas ruh, o’g’il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili



55


xristianlarning Konstantinopolda bo’lib o’tgan 2-jahon yig’ilishida cho’qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.

Injil rivoyatlariga ko’ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi Vifleem shahrida yashaydigan yahudiy Yusuf (Iosif) farishta Jabroil tomonidan «muqaddas ruh»dan uning xotini Bibi Maryam bo’lajak payg’ambar Isoni tug’ishi haqida oldindan ogohlantirilgan. Maryam oldiga muqaddas ruh keladi. Undan Iso tug’iladi. Isoni onasi Maryam Vifleem shahri yaqinidagi g’orda tug’adi.


Yahudiyaning podshosi Isoning tug’ilganidan xabardor bo’lgan. O ’sha vaqtdagi podsho Irod Vifleemda tug’ilgan barcha go’daklami o’ldirishga farmon bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta Isoni, onasini va barcha Yusuf oilasini Iroddan yashirib Misrga yashirin holda o’tkazib yuborib qutqarib qoladi. Shundan keyin Isoni hech kim ko’rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina Iso xalqqa ko’rinish beradi. Shundan boshlab, Iso o’z targ’ibotchilik faoliyatini boshlaydi. U bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollami o’z yoniga olib, ular bilan birga yangi dinni targ’ib qilish uchun butun mamlakat bo’ylab safarga chiqadi. Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskoming kelganligi to’g’risida xabar tarqatadi. Iso va uning shogirdlari Iordan daryosi yaqinida Ioann bilan uchrashib qoladilar. Ioann ulami Ioardan daryosi suvida yuvintirib, cho’qintiradi. Ioann Isoni cho’qintirayotgan paytda osmondan nido kelib: bu mening sevikli o’g’lim, mening iltifotim ana shunda, degan ovoz eshitilgan emish.


Iso hamma odamlar xudo oldida teng, deb e’lon qilgan, lekin u hokimlik huquqini xudo bergan bo’lib, Davlat hukmiga, mahalliy hokimlar amriga bo’sunish xudo amrini bajarishdir, degan.


Iso uch yil davomida targ’ibot olib borgan. Lekin Yahudiya hokimi Pontiy Pilat Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e’lon qilgach, Isoning eng yaqin apostoli Iuda sotqinlik qilib, uni tutib bergan. Pontiy Pilat va yahudiy ruhoniylari Quddus shahrida Isoni sud qilib xochga mixlab o’ldirishga hukm qilganlar. Hukm Golgofa tog’ida qiynab o’ldirish orqali ijro etilgan.

Shu tariqa o’z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin mo”jiza bilan qayta tirilgan, u yana 50 kun da’vat-targ’ibot olib borgach, otasi



56


xudo oldiga osmonga chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb tasavvur qilinadi.





Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin