Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə21/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Birinchidan, aw al biror millatning davlati olib borgan bosqinchilik (ko’pincha bu urushlar din yo’lidagi muqaddas jihod urushi deb hisoblangan) urushlarida bosib olingan xalqlarga majburan o’sha dinni qabul qildirish orqali jahonga tarqalgan.


Ikkinchidan, jahon dinlari ayrim xalqlar messionerlar tashviqoti, shu dinning o’sha xalqlarga ma’qul bo’lganligi oqibatida ixtiyoriy ravishda qabul qilganligi uchun shakllan-gan. Rossiya xalqlari 988-yilda Vizantiya davlatidan xris-tianlikni ixtiyoriy ravishda qabul qilgan. Boshqirdlar ham islomni ixtiyoriy qabul qilganlar. Hozirgi davrda Yaponiyada islom dini ixtiyoriy tarqalmoqda.

Jahon dinlarining har biri o’z hududlarida madaniyatga ijobiy, ayrim san’at turlariga esa salbiy ( masalan, fanga, islom esa haykaltoroshlik, jonli narsalaming rasmini olishga qarshi kurashdi) ta’sir qildi. Umuman dinning ma’naviy va moddiy madaniyatning ajralmas qismi bo’lib qolishi jahon dinlari davrida yaqqol sezildi.


Jahon dinlari xalqlami bir-biriga yaqinlashtirdi, savdo ishlarini kuchaytirdi (masalan Buyuk ipak yo’li), nisbatan tinchlik o’matdi, o’zaro urushlami kamaytirdi, ko’pgina xalqlami birlashtirdi. Bu jahon dinlaridagi ijobiy xususiyatlardir.


Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.


Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda lmlr 400 mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e’tiqod qiladi. Hozirgi vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya buddizmga "ustuvor maqom" beradi4.


4 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D1%83%D0%B4%D0%B4%D0%B8%D0%B7%D0%BC

47


Gautama haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Rivoyatlarga ko’ra, u hind qabilasi hukmronlaridan birining o’g’li bo’lgan va zurriyodsiz malika Mayya g’oyibdan homilador bo’lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama tug’ilishida mo”jiza ro’y bergan. Tabi-iy hodisalar - er qimirlashi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldirashidan tashqari, chaqaloq tug’ilgan zahoti etti qadam qo’ygan va gapira boshlagan.


Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o’rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga - braxmanlar, harbiylar, o’rta tabaqalarga - hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar, eng quyi tabaqaga esa qora xalq, xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining hayoti nihoyatda og’ir edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka ham erishish huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo’ldi. Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past toifalarga ajratish mavjud bo’lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va g’oyaviy quroli edi.


Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai tripitaka (lug’aviy ma’nosi “uch savat” donolik) deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan. Diniy ta’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan, deb tasawur etiladi. Birinchi savat -Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari, pand-nasihatlar, ahloq normalari bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib, unda duolar, dostonlar, afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-Pitaka bo’lib, diniy falsafiy-ahloqiy g’oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik, hamma



48


narsaning asosida bilib bo’lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real mavjud emas, u faqat kishilaming xayolida, bilib bo’lmaydigan ruhning namo-yon bo’lishida, deb ta’lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana ta’limoti “muqaddas haqiqat” deb ataladi. Unga ko’ra: 1) hayot va turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilaming istaklari va nafslarida;



  1. azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o’zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning barcha ko’rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob-uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani borliqning intihosi, deb ham tushunadi.

Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, jonli mavjudotlaming o’lishi uni tashkil etgan dharma (element, zarracha)laming ajralib ketish jarayonidir. Bu dharmalaming yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunoh»lar bilan bog’liq deyilgan. Dharma Nirvana darajasiga etgandagina qayta tug’ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos bo’ladi.





    1. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra azob-uqubatlardan xalos bo’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa) o’tish hisoblanadi. Odam joni-ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq sokinlik olami bo’lgan Nirvanaga dohil bo’ladi.




    1. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda avvalroq vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bo’lmish Xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida muhim rol o’ynamoqda.

Rohiblar buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro’ va hurmatga sazovor bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo’ldi. Bulardan eng yirigi I asrda ajralgan Hinoyana (Kichik arava - tor yo’l ma’nosida) Shri-Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarkalgan. Mahayana (Katta arava - keng yo’l ma’nosida) Tibet, Yaponiya, Mo’g’uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba’zi xalqlar o ’rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va Mo’g’ulistonda ham tarqalgan bo’lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning



49




bu mazhabi mahalliy xalqlar o’rtasida qadimdan mavjud bo’lgan diniy tasawur va urf-odatlami o’zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaviylikning yana qaytib kelishi va er yuzida adolatli hokimiyat o’matishi to’g’risidagi bashoratga keng o’rin berilgan. Lamaizmni ko’chmanchi xalq hayotiga moslashlashtirishga urinish mavjud. Undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin