Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə142/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Inklyuziv ta’lim madaniyati. «Salamanka deklaratsiyasi»ga muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab- quwatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bu kontsepsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuziyaga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlami o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi. Biroq inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Nogiron bolani oddiy sharoitga moslashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati heklangan bolalaming umumta’iim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida «inklyuziv» yoki «integratsion» ta’lim atamalari bilan ataladi.
Integratsiyalashgan ta’lim bu - diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktab ta’limiga qamrab olishdir. Integratsiyalashgan ta’limda bolaga alohida yordamga nuhtoj shaxs sifatida qaraladi. Ushbu ta’lim tiziminmg quyidagi shakllari mavjud:
Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bolmagan bolalar o‘rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yomna-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolami kamaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolami kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab-quwatlavdi. Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalami hal etish talab etiladi: talim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning bilim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlami yaratish, ulaming imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’iim dasturlari va korrektsion ishlami amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilaming ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va soglom bolalaming ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlami oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; jam.iya.tda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘storm va mehr-muhabbat munosabatini shakllantirish.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin