Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə158/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijodkorlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, jamoaning fimksional-rolli differensiyasi yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik ijodiy tafakkuming yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli boigan obyektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi».
Psixologiyada evristika muammosini o‘rganish borasida V.N.Pushkin: «Evrestik faoliyat shunday psixologik jarayonki, uning yordamida muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi», degan edi. Kreativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bog‘liq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urg‘u muammolami mustaqil yechishga undovchi, o‘ziga xos katta hajmdagi g‘oyalami yuzaga keltiruvchi va ulaming o‘ziga xos yechimini topishga asos bo‘luvchi individning intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan va g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda. Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo‘iadi: u faqatgina har bir shaxs ham qo‘iga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksi va o‘z-o‘zini baholashdagi shaxsning yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda.
Kreativlik haqidagi ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda mavjud boiadigan psixologik kreativlik mexanizmi va ijodkorlik imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. . An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilgan: Kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B.Bogolevs200 kaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta’lim pedagogikasi (kreativ androgogikajda uning sifat ko‘rsatkichini va namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas. Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriiadi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojiantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarihi kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur. 0 ‘tgan asming 60-70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘Idi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglami, balki psixologlami ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandiIar. (V.V.Davidov, I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiytekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o‘rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qoilashning umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin