Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Janubiy dengiz suvsari 
Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv 
havzalarida yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlarining qimmatbaho juni 
uchun ovlanib kelinadi. 
Energiya oqimi 
 
Barcha tirik organizmlar moddalardan tashkil topgan va ularning
barchasi energiyaga muhtoj. Moddalar esa takror va takror aylanadi.
Moddalar va energiya tabiiy dunyoga turli xil yo’llar bilan ko’chiriladi.
Moddalarning qayta ishlatilishi energiyani talab qiladi. Energiya qayta
ishlanmaydi, ammo u bir shakldan boshqa shaklga o’tadi. Energiyaning
boshqa shaklga o’tishi Yerdagi hayot uchun muhim. 
Fotosintez 
Fotosintez jarayonida yorug’lik energiyasi glyukoza molekulalarida
kimyoviy energiyaga aylanadi. Gyukozaning bir qismi energiya sifatida va yana 
bir qismio’simlik organlarida zahirasi sifatida to’planadi.
10 
10
Peter Rillero, Dinah Zike./Ecology, 2005. (51-53-64;126;132- betlar) 


61 
 
2-rasm.Konsumentlarning 4 ta kategoriyasi 
3-rasm.Ozuqa zanjiri. 
 


62 
Ma’lumki, yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni 
olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi 
kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning 
asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid 
gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday 
organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan 
oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni 
karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi. Shunday qilib, 
ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar o‘rtasida boradi. 
Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar murakkab organik moddalarni 
mineral birikmalarga aylantiradi. Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot 
va undagi energiya boshqa organizmlar o‘rtasida ozuqa zanjiri orqali taqsimlanadi. 
Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa 
bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi (4-rasm). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin