Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
Ekosistema ko’rinishi (4-rasm) 
 
 
 
 


63 
SEKSIYA 3. JAMOALAR ICHIDAGI О‘ZARO ALOQALAR 
 
Biotsenoz komponentlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar turli xil shaklda 
bo‘ladi. Ana shunday munosabatlarning bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan 
iborat. 
Neytralizm
– (0:0) bunda ikki populyatsiyadagi asotsiatsiyalarda o‘zaro 
ta’sir sezilmaydi, ikki populyatsiya individlari ham deyarlik bir xilday yashaydi. 
Masalan, sherlar o‘tlar bilan oziqlanmasalar ham, savannalardagi yaylovlarning
holati ular uchun befarq emas. Chunki ularning ovqati bo‘lmish antilopalar 
hosildor yaylovlarda ko‘p bo‘ladi
. Konkurentsiya
(raqobatlilik) (-,-) - bunda ikki 
populyatsiyalar bir-birlariga to‘sqinlik qiladilar. Ya’ni bir popluyatsiya ikkinchi 
populyatsiya bilan defitsit resurslarni o‘zlashtirishda kurashadilar. 
Amensalizm
(-
,0) - bunda bir populyatsiya o‘ziga zarar keltirmasdan ikkinchi populyatsiyaning 
yashashiga to‘sqinlik qiladi yoki uni o‘sishga qo‘ymaydi. Amensalizmga tipik
misol qilib antibiotik zamburuqlar - aktinomitsetlar yoki o‘simlik fitontsidlarining 
parazit mikroorganizmlarga ko‘rsatgan ta’sirini olish mumkin. Amensalizm 
hodisasini suvning gullashida ham ko‘rish mumkin, ya’ni ko‘payib chiriyotgan 
ko‘k – yashil suvo‘tlardan ajralib chiqqan toksinlar (zaharli moddalar) ko‘pchilik 
zooplanktonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi yoki ularni siqib chiqaradi. 
Parazitizm 
va yirtqichlik
- bunda bir populyatsiya ikkinchi populyatsiyaga hujum qilib,
uning yashashishga zarar keltiradi, biroq o‘zining kelgusidagi hayoti ham 
o‘ljasiga bevosita boqliqdir. Agar jamoadagi bir populyatsiya yirtqich (birlamchi 
konsument)-odatda hayvonlar o‘ljasi yoki "xo‘jayini" - birlamchi produtsent
(o‘simlik) bo‘lsa, ular o‘simlikxo‘rlar deyiladi. Agar bir populyatsiya ikkinchi 
populyatsiya uchun zararli bo‘lgan moddalarni ishlab chiqsa, bunda allelopatiya 
yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi. 
Kommensalizm
- bunda bir populyatsiya 
ikkinchi populyatsiya bilan birlashganda foyda ko‘radi, bu birlashish ikkinchi 
populyatsiya uchun esa ahamiyatsiz yoki uning uchun befarq bo‘ladi. Bu birlashish 
simbiozning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlarning bittasi ikkinchisiga 
(xo‘jayiniga) tashqi muhitga bo‘lgan munosabatlarini bajarishni yuklaydi, o‘zi esa 


64 
tashqi muhit bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi. Ular orasida antoganizm ham 
bo‘lmaydi. Umumiy maydon, substrat, oziqa, harakatlanish-kommensial
munosabatlarning asosini tashkil etadi. Masalan, daraxtlarda in qurib yashovchi 
qushlar, akulalarda yopishib yashovchi lotsman baliqlari, axlatlar bilan 
oziqlanadigan sinantrop yumronqoziq populyatsiyalari va qushlar ham 
kommensalizmga misol bo‘la oladi.
Organizmlar o’rtasida produsentlar va konsumentlar farqlanib ular bir-biri 
bilan uzviy aloqada bo’ladilar. Shuningdek ular ozuqa zanjirini ham hosil qiladi, 
simbiotik aloqani vujudga kelishida ishtirok etadi (5-6-7-8-rasmlar). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin