Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 
 
 


119 
1-sxema 
Shamol eroziyasi yoki deflyatsiya tuproqning quruq va mayda zarrachalarini 
shamol ta’sirida uchirilishidan kelib chiqadi. Quruq, yengil, qumoq tuproqlar, nam 
tuproqqa nisbatan bunday eroziyaga ko’p uchraydi. Shuning uchun qurg’oqchil 
rayonlarda shamol eroziyasi uchraydi. 
Suv eroziyasi ko’pincha sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanadigan, 
qiyalik joylarda kuzatiladi. Bunda o’simlik uchun zarur bo’lgan gumus va boshqa 
ozuqa elementlari yuvilib ketadi. Unumdorlik pasayib sug’orish shahobchalari ham 
ishdan chiqadi. 
Antropogen eroziya – suv va shamol bilan bog’liq ravishda insonning xo’jalik 
faoliyatini noto’g’ri yurgizilishi tufayli yuzaga keladi. 
O’simlikni normal o’sishi va rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, tuproqning 
yuza qatlamida natriy, kaltsiy, magniy, tuzlarining to’planishi sho’rlanish deyiladi. 
Sho’rlanish Misr, Iroq, Hindiston, Tojikiston, Markaziy Osiyo va boshqa 
qurg’oqchil rayonlarida keng tarqalgan. 
Har yili Yer shari bo’yicha tuproqni sho’rlanishi natijasida 200-300000 ga 
sug’oriladigan erlar ishdan chiqadi. O’zbekiston bo’yicha tuproqning sho’rlanish 
darajasi nisbatan barqaror. 
Tuproqning ifloslanishi, pastitsidlardan noto’g’ri foydalanish tufayli kelib 
chiqadi. Pestitsidlar barqaror moddalar hisoblanib, tuproqda ko’proq to’planadi va 
tuproq organizmlarni nobud bo’lishiga olib keladi. Tuproqda pestitsidlarning 
to’planishi va organizmlarning nobud bo’lishi, tuproq hosil bo’lish jarayoniga va 
unumdorlikning pasayishiga sabab bo’ladi. 
Tuproq ifloslanishi qishloq xo’jalik ekinlariga meyyoridan ortiq mineral 
o’g’itlar berilishi ham sabab bo’ladi. Bunda tuproqning holati e’tiborga olinishi 
lozim. 
Tuproq eroziyasi 

Antropogen
 
Tezlashgan
 
Normal


120 
Bundan tashqari yoqilg’i-surkov moylarini saqlash va tashishda ham 
ifloslanadi. Bu moddalar tuproqning biologik aktivligini pasaytiradi. Neft qazish va 
qidiruv ishlari ham tuproqni ifloslanishiga olib keladi, natijada tuproq yuzasida 
bitum hosil bo’ladi, shuningdek burg’ulash ishlarida foydalaniladigan suyuqliklar 
tuproqni sho’rlanishiga olib keladi, bu esa shu erdagi o’simliklarni nobud 
bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Havodan sanoat chiqindilari hisoblangan turli xil chiqindilar atmosfera 
yog’inlari bilan tuproqga tushib, uning hususiyatlarini o’zgartiradi. 
Tuproq maishiy xo’jalik chiqindilari bilan ham ifloslanadi. Bunga turli xildagi 
ahlatlar, politelin plyonkalar va boshqa xil qadoqlash chiqindilari tuproqni 
ifloslaydi. 
O’zbekiston Respublikasida «Yer haqidagi kodeks» 1998 yil joriy etildi. 
Bundan tashqari Yerdan to’g’ri foydalanish, uni muhofaza qilish va Yer yagona 
davlat mulki ekanligi qayd etilgan, bir qancha qarorlar qabul qilingan. 
Mamlakatimizda Yerdan foydalanish, muhofaza qilish va nazorat qilish 
masalalari bilan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamda Yerlarni 
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi (Goskomzem) shug’ullanadi. 
Yerlarni muhofaza qilish qonuni buzilgan taqdirda tartibga chaqiriladi, zarur 
topilganda hatto chora ko’riladi (1-jadval). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin