114
Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni o’z-o’zidan
tabiiy tozalanishi kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar ko’pligi, uni
suv havzalarini ifloslantirishi natijasida oqova suvlarni tozalash zaruriyati kelib
chiqdi. Oqova suvlarni tozalashni quyidagi metodlarini ajratish mumkin.
Mexanik, fiziko-kimyoviy va biologik metodlardan foydalanish, ya’ni aralash
metodlar ma’lum.
Mexanik tozalash metodining mohiyati, oqova suvni tindirish va filьtrlashdan
iborat.
Fiziko-kimyoviy tozalash metodida oqova suvlardagi organik chiqindilardan
va oksidlanadigan yoki yomon oksidlanadigan organik moddalarni parchalab
yuboriladi. Bunda elektroliz usuli keng qo’llaniladi. Ifloslangan oqova suvlar
yuqoridagilardan tashqari ulьtratovush, ozon, ion almashtiruvchi smolalar va
yuqori bosim ostida tozalanadi. Xlorlash ham yaxshi samara beradi.
Biologik metod ham oqova suvlarni tozalashda katta rol o’ynaydi. Buning
uchun bir necha turdagi biologik qurilmalar, ya’ni biofiltrlar, biologik hovuzlar va
aerotenkalardan foydalaniladi.
Biofilьtrlar orqali oqova suvlar yirik donador material qatlami ustiga yupqa
bakteriyalardan iborat qatlam orqali o’tkaziladi.
Biologik hovuzlarda esa suv havzalaridagi barcha organizmlar oqova suvlarni
tozalashda ishtirok etadi.
Aerotenkalar temir betondan qurilgan katta rezervarlardir. U erda oqova suv
bakteriyalar va mayda jonivorlardan tashkil topgan faol loyqalarda tozalanadi.
O’zbekistonda halqaro meyyorga mos keladigan tabiiy muhit va suvni
muhofaza qiladigan qonun va meyyoriy hujjatlar qabul qilingan. SHulardan 1992
yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qonunni aytib
o’tish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 100 dan ortiq qonunlar
loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. SHulardan bittasi O’zbekiston
Respublikasida suvdan foydalanish va suv haqidagi qonunni aytish mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ana shu qonun asosida ish olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: