Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Ko’l ekotizimi (15-rasm) 
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo’l, aviatsiya transport vositalari, 
shuningdek avtokorxonalarning ham hissalari bor. Maishiy chiqindilar aholining 
o’sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi tufayli oqova suvlarni ko’payishiga olib 
keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar daryo va ko’l suvlarini kasallik 
tug’diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bo’lib qolgan, shu 
bilan birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sintetik 
yuvuvchi vositalar ifloslantirmoqda.
 


75 
JAMOA, BIOTSENOZ VA BIOGEOTSENOZ HAQIDA
TUSHUNCHALAR 
 
Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo’lgan bir guruh tirik 
organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. 
Biotsenoz yoki hamjamoa deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan bir 
joyda yashaydigan organizmlar yig’indisi tushuniladi. Biotsenoz ham populyatsiya 
kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bularga turlar tarkibi, ozuqa to’rining 
tuzilmasi, biomassa va uning mahsuldorligi kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. U 
ayrim turlar populyatsiyalarining miqdori nisbatni ifodalaydi. 
Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar 
va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. 
BIOTSENOZNING TUZILMASI 
 
Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur, fazo va ekologik 
tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi. Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda 
biotsenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori, ularning fenologik holati va 
hokazolar e’tiborga olinadi. 
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni 
bir biotsenoz uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining umumiy soni 
deyarli doimiy bo’lib, har xil turdagi biotsenozlarda u keskin o’zgarib turadi. 
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Har qanday jamoa uning tarkibiy qismi 
hisoblangan o’simlik bilan bog’langan. Jamoaning shakllanish davrida turlar har 
xil holatlarda joy oladi. Ba’zi bir turlar tuproqda, ikkinchilari uning yuzasida, suvli 
joyda va hatto troposferaning ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba’zi bir 
turlar daraxt tanalarida (epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi. 
Natijada fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deyilganda 
jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandliklarda qavatma-
qavat joylashganligi va uning qatlamida har xil joylashishi tushuniladi. 
Qavatlilik, ayniqsa o’rtacha iqlimli o’rmon fitotsenozlarida yaqqol ko’zga 
tashlanadi. O’rmonlarda odatda 3-5 qavatlilik kuzatiladi. 1-2 qavatlar birinchi, 
ikkinchi va uchinchi darajadagi daraxtlar, 3-qavat butalar, 4-qavat o’t va 
butachalar, 5-qavat mox va lishayniklar qavati. O’t o’simliklardan tashkil topgan 
fitotsenozlarda ham 2-3 va 4-qavatlar ajratiladi 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin