Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Azotning aylanishi (4-rasm) 
Fosforning aylanishi
. Fosfor - nuklein kislotalari, oqsil, ATF va boshqa 
hayotiy muhim organik moddalarning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. 
Fosforning aylanishi trofik zanjir, organik fosfat zanjiri vositasida hamda organik 
fosfatning ajralishiva tirik organizmlarning ulishi natijasida yerga tushishi yo‘li 
bilan amalga oshadi. Ularni mikroorganizmlar chiritib, yana qaytadan o‘simlikka 
o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazadi.
14 
14
Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005) P.44-53. 


85 
BIOSFERA HAQIDA VERNADSKIY TA’LIMOTI 
 
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik 
organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik 
organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, 
suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha 
“bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik 
ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular 
litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan 
iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. 
qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-
11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi. 
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik 
modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. 
Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar 
bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.10
24
g, shundan tirik moddaning 
vazni 1,8 – 2,5.10
18
g. ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar 
(iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti 
bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi 
moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik va 
tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq 
moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar Yerdagi tirik 
moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, emirilgan jog’ jinslari va barcha 
tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik 
organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ularga 
nihoyatda katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, 
ohaktosh va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi 
Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar aylanishi amalga 
oshadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin