Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 AGROEKOTIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA 
 
Agroekotizimlar qishloq xo’jaligida foydalanadigan ekin maydonlari, yem-
xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi 
hududlar majmuidir. Agroekotizimlar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har 
doim ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko’p energiyaga ega bo’lgan 
mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho’qqisida turadi. 
Agrofitotsenoz agroekotizimlarning eng muhim qismi hisoblanib, u ma’lum 
maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuidan iborat. Agrofitotsenozning 
madaniy, begona o’tlar hamda tuproqdagi suvo’tlari va mikroorganizmlari 
agroekotizimning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun 
zarur bo’lgan va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. 
Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz, deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga 
o’xshash tomonlari hamda farqlari bor. 
 AGROEKOTIZIMLAR O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Agroeotizimlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Miqdoriy ko’rsatkichi bilan. 2. Agrofitotsenozlarda dominantlar inson 
tomonidan kiritiladi va boshqariladi. 3. Tabiiy jamoalarda turlarni turli mavqedagi 
turlarga ajratish mumkin. 4. Agrofitotsenozlardagi begona o’tlar keng ekologik 
doiradagi va kosmopolit organizmlardir. 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o’simlik 
populyatsiyasi 
ma’lum 
bir 
navga 
tegishli 
bo’lgani 
uchun 
yaxshi 
differentsiallashmagan. 
 AGROFITOTSENOZLARNI INSON TOMONIDAN 
BOSHQARILISHI 
 
Ekologik qonuniyatlar asosida o’simliklar hamjamoasidan tashkil topgan ekin 
maydonlarini ekologik qulay tizimga keltirish mumkin. 
Bu borada ba’zi ishlar amalga oshirilmoqda: 
1. Ayrim agrotsenopopulyatsiyalar darajasida. 
2. Agrofitotsenozlar darajasida. 
3. Bir butun agrolandshaftlar darajasida. 
Ayrim agrotsenopopulyatsiyalar darajasida ekologik qulaylikka erishish har 
xil navlarni aralash holda ekish yo’li bilan olib borilishi mumkin. 


80 
Agrofitotsenozlar darajasida har xil turlarni birgalikda ekish mumkin. Bu 
ayniqsa, em-xashak etishtirishda katta ahamiyatga ega. Hamdamoada madaniy 
o’simlik turlari o’rtasida ekologik o’rinlar shakllanib, ayrim turlar resurslardan 
to’liq foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Agrolandshaftlar darajasida olib boriladigan ishlar murakkab, ammo juda 
samarali hisoblanadi. Bunda tuproq, iqlim va relьef xususiyatlari hisobga olinib, 
iqlimni idora etuvchi o’rmon maydonlari saqlanib qolinadi. Ulardan turli xil 
mahsulotlar yetishtirish (yog’och, rezavor, mevalar, zamburug’lar) uchun hamda 
estetik maqsadlarda foydalaniladi. 
Agrofitotsenozlarni ekologik qulay holatga keltirish uchun kuzgi shudgor 
usulini takomillashtirish, almashlab ekishda dukkakli o’simliklarning rolini 
oshirish, ekish muddatini to’g’ri tanlash va boshqalar amalga oshirilishi kerak. 
Yyqori hosil beradigan, tabiat bilan uyg’unlashgan agrofitotsenozlar 
dehqonchilikning kelajagi hisoblanadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin