Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   462
LUG\'AT


NADIM 
(arab. - do‗st, ulfat) — musulmon davlatlarida, O‗rta Osiyo xonliklarida 
xonlar, podsholar, amaldorlarning eng yaqin xizmatkori, maxrami va maslahatchisi. 
Bazmlarda ishtirok etgan kishilar ham bir-birlariga nisbatan N. hisoblangan. 
NAFAQA 
— muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar 
tomonidan beriladigan yordam puli. O‗zbekiston Respublikasida mehnat stajiga ko‗ra 
beriladigan pensiyadan farqli holda N. davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, 
yolg‗iz qariya va yolg‗iz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, 
homilador va tuqqan ayollarga, 3 yoshgacha bo‗lgan bolalari tarbiyasi bilan band bo‗lgan 
ayollarga, ishsizlarga, kam ta‘minlangan, ko‗p bolali oilalarga va b. beriladi. 
NAFRAT 
— muayyan shaxsga yoki kishilar guruhiga, g‗oyaga yoki amaliy 
faoliyatga nisbatan qattiq g‗azab va jirkanish tuyg‗usi. 
NAMOYISH 
— 1) ijtimoiy-siyosiy kayfiyatni, talablarni, norozilikni, birdamlikni 
ifoda etish uchun ommaviy yurish (mas., bayram N, hukumatga qarshi N., urushga qarshi 
N.). 2) E‘tiborni jalb qilish, qo‗llab-quvvatlash yoki tazyiq ko‗rsatish maqsadida qilingan 
harakat.
 
NAQIB
(arab. - boshliq, sardor, qabila boshlig‗i, dohiy) — Xiva xonligidagi harbiy 
mansabdor. Sayyidlar va xo‗jalar uchun yuqori faxriy unvon. N. o‗zlarini Muhammad 
payg‗ambarning avlodlaridan deb hisoblaydigan sayyidlar jamoalari rahbarlarining 
lavozimi. Hukmron doiralar N. orqali sayyidlar jamoalari bilan muomala qilganlar. N.lik 
lavozimi avloddan-avlodga o‗tgan. N. xonning eng yaqin maslahatchilaridan bo‗lib, 
safarlarda unga hamroh bo‗lgan. Rasmiy qabul marosimlarda N. xonning so‗l tomonida 
birinchi o‗rinda o‗tirgan. Xon N.larga tayangan. N.larning o‗z navkarlari bo‗lib, hamma 
harbiy safarlarda qatnashgan. N.larning vazifasi urush safari vaqtida qo‗shin tuzish, uni 
qurollantirish va joylashtirish mahoratiga ega bo‗lgan, old va orqadagi, o‗ng va so‗l 
qanotdagi markaz va pistirmadagi askar holidan xabardor bo‗lgan, o‗z vazifasiga loyiq 
bo‗lmagan kishini ma‘lum vazifani bajarishga qo‗ymagan. Xiva xonligida urush safarlari 
vaqtida N. shu vazifalarni bajargan. Xon «saylov»i vaqtida N. ishtirok etgan. 
NARKOBIZNES 
(yun. 
pagke 
- biznes) — narkotik moddalarni olish va sotish 
bilan shug‗ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati. N.dan katta foyda ko‗rayotgan turli 
guruh va shaxslar faoliyati xalqaro konvensiyalar, alohida mamlakatlarning qonunlari 
bilan man etilgan. Shunga qaramay XX asr oxiri va XXI asr boshida bunday faoliyat avj 
oldi. N. keltirib chiqarayotgan global oqibatlar insoniyatga xavf sola boshladi. Shu bois 
BMT doirasidagi hamda turli mintaqaviy uchrashuvlarda N.ga qarshi kurashda xalqaro 
jamoatchilik kuch-g‗ayratini birlashtirish ta‘kidlab kelinadi. N. bugungi kunda dunyoda 
eng global muammoga aylandi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin