193
Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Kanada, Polsha, Portugaliya, Daniya, Islandiya,
Albaniya, Sharqiy Yevropa va Boltiq bo‗yi davlatlari o‗rtasida 1949-yil 4-aprelda
tuzilgan shartnomaga asosan tuzilgan. ―Sovuq urush‖ davrida ular soni 16 ga yetdi.
So‗nggi yillarda Vengriya, Polsha, Chexiya ham unga qo‗shildi. 1952-yilda NATOga
Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda GFR qo‗shildi. 1966-yildan boshlab Fransiya
NATOning harbiy tashkilotida qatnashmaydi. 1974-yilda Gretsiya undan chiqqanligini
e‘lon qildi. AQSH tarixda birinchi marta Yevropa davlatlari bilan tinch paytda harbiy
ittifoqqa kirdi. NATO rejasiga muvofiq, G‗arb davlatlari qurollanish poygasi va ortiqcha
kuchlar bosimi ta‘sirida charchatib, sovet tizimi parchalanishini tezlashtirishi lozim edi.
Shimoliy Atlantika shartnomasi Sovet Ittifoqiga qarshi yo‗naltirilgan g‗arbiy harbiy-
siyosiy blokning yaratilishini tugalladi. NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo‗lidagi
ilk qadam bo‗ldi. Uning faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo‗naltirildi. Milliy
suverenitet eskirib qolgan tushuncha deb e‘lon qilindi va u ―atlantizm‖ bilan
almashtirilishi, ya‘ni g‗arb qadriyatlari va demokratiyasini muhofaza qilishning umumiy
manfaatlariga bo‗ysundirilishi lozim edi. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi o‗zining
barcha bo‗linmalari bilan birga Bryusselga ko‗chib o‗tadi. Fransiya esa blokning harbiy
tuzilmalaridan chiqqanini e‘lon qiladi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy
operatsiyasi Yevropa davlatlarining birgalikdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini
tezlashtirdi. NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunyoda o‗tkir inqirozli vaziyatlarni
sun‘iy ravishda yuzaga keltira boshladi, o‗z ittifoqchilarini ―kommunistik tajovuz‖
mavjudligiga ishontirish va ularni o‗z tashqi siyosati doirasiga chuqurroq tortishga urindi.
Hozigi kunda 28 ta mamlakat NATOga a‘zo. Qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida
joylashgan. 1992-yildan O‗zbekiston NATOning ―Tinchlik yo‗lidagi hamkorlik‖
dasturida ishtirok etib kelmoqda. 2014-yil 16-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan aloqa va o‗zaro hamkorlik bo‗yicha NATO xodimi byurosi tashkil
etildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o‗zaro hamkorlik bo‗yicha NATO
xodimi kichik shtat bilan birga NATOning joylardagi diplomatik vakili vazifasini
bajaradi. Bundan tashqari, mudofaa rejasi va tahlili, NATO operatsiyalariga yordam
berish, harbiy ta‘lim va tayyorgarlik, ilmiy va ekologik masalalar bo‗yicha hamkorlik,
jamoatchilik diplomatiyasi kabi sohalarda NATOning Markaziy Osiyodagi sheriklar
bilan amaliy hamkorligiga ko‗mak beradi.
NATSIOKRATIYA
(lot.
natio
- xalq) — xalqaro maydonda bir alohida davlat
ichida xalqining dominant ta‘sir etishi, o‗z o‗rnini, roli, taqdiri va boshqa xatti-harakatini
belgilaydigan, uning yetakchi rolini, afzalliklarini asoslaydigan nazariy va amaliy
hukmronlikning turi.
Dostları ilə paylaş: