190
vakillarining Ikkinchi Kontinental kongressi tomonidan qabul qilgan xujjat. M.d. Tomas
Jeffersonning respublika va demokratiya ruhi bilan tuzilgan loyihasiga asoslangan. M.d.
mustamlakalarning metropoliyadan ajralganligini va yangi mustaqil davlat
–
Amerika
Qo‗shma Shtatlari barpo etilganligini, shun., xalq erkinligini, barcha kishilarning qonun
oldida tengligini e‘lon qildi. M.d. katta tarixiy ahamiyatga ega bo‗lgan. 2) (O‗zbekiston.
1990-yil 20-iyun) O‗zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan.
U O‗zbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam bo‗ldi. M.D.da ―O‗zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‗zbek xalqining davlat qurilishidagi
tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari, har bir millatning o‗z taqdirini o‗zi
belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad sari, O‗zbekistonning kelajagi
uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‗zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi‖, deb yozib qo‗yilgandi.
Ana shu hujjat asosida O‗zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar
mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991-yil 31-avgustda ―O‗zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖ qonun qabul qilindi.
MUTAASSIBLIK
(lot) — diniy e‘tiqodlarga, xurofotga yoki biror nazariy
qarashlarga qattiq yopishib olib, boshqa har qanday qarashlarni rad etish, o‗ta ketgan
mutaassiblik, johillikdir. Bu yo‗lga kirgan, yondashgan odam fanatligi, o‗ta ketgan
qaysarligi oqibatida bilimsizlikdan jaholat botqog‗iga botib boradi. Buning subyektiv
manbalari bo‗lib ijtimoiy hayot islohotlarining tadrijiy rivojlanish tadbirlari, konservativ
kuchlar tomonidan inkor etilishi va ulardagi saviyaning turli darajada ekanligi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: