RETSIPIENT (siyosiy retsipient ) (lot.
recipients - oluvchi, qabul qiluvchi) —
komnikator tomonidan uzatilayotgan, yetkazib berilayotgan va tarqatilayotgan
axborotlarni qabul qiluvchi shaxs yoki omma.
REVALVATSIYA (
re ... va lot.
valeo - qadr-qimmatga egaman) — 1) milliy
valyuta - pul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyuta pul birliklariga
nisbatan rasmiy oshirish. Inflyatsiya bartaraf etilganidan keyin ichki pul muomalasini
barqarorlashtirish usullaridan biri. Iqtisodiyotga devalvatsiya nisbatan aksincha ta‘sir
ko‗rsatadi. Muayyan bir mamlakat valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutalariga
nisbatan ko‗tarish eksport qilinayotgan tovarlarning chet el valyutasidagi narxini oshiradi
va bu bilan xalqaro bozorda mamlakatning raqobat qilish qobiliyatini pasaytiradi,
tovarlar eksportiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. R.ni o‗tkazayotgan mamlakat uchun R. chet el
valyutasini arzonroq sotib olish imkoniyatini yaratadi, bu esa tovarlar importyorlari va
kapital eksportyorlari manfaatlariga muvofiq keladi.
REVANSHIZM (fr.
revanche - to‗lov, qasos olish) — urushda mag‗lubiyatga
uchragan agressiv doiralarning urushdan oldingi chegaralarni, xalqaro munosabatdagi
tartiblarni qayta tiklash bahonasi bilan yangi urush tayyorlashga qaratilgan siyosati. Mas.,
R. XX asrning 30-yillarida yangi imperialistik urushga tayyorgarlik siyosatini niqoblash
uchun fashistlar Germaniyasi tomonidan qo‗llanilgan.
248
REYXSKANSLER (nem. r
eichskanzler ) — 1871-1945-yillarda Germaniyada
hukumat boshlig‗i.
REYXSTAG (nem. r
eichstag ) — 1) o‗rta-asrlardagi ―German millatining
Muqaddas Rim imperiyasi‖da markaziy hokimiyat organlaridan biri.