REZERVATSIYA (lot. saqlayman) — biror davlatda tub joy aholining omon
qolgan qismini zo‗rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud.
REZIDENT (lot.
residens - o‗tiruvchi, joyida qoluvchi) — 1) o‗rta asrlarda
muayyan mamlakatda doimiy yashovchi chet ellik diplomatik vakil; 2) mustamlakachi
davlatning protektoratidagi vakili; odatda, u ana shu protektoratning hokimi hisoblangan;
3) chet el razvedkasining boshqa biror davlatdagi yashirin vakili; 4) muayyan
mamlakatda milliy qonunchilikka to‗la rioya qiluvchi ro‗yxatdan o‗tgan yuridik yoxud
jismoniy shaxs.
REZIDENTSIYA (lot. qarorgoh) — davlat, hukumat boshliqlari, chet mamlakatlar
elchilari turadigan joy.
REZOLYUTSIYA (lot.
resolutio - qaror) — 1) yig‗ilish, konferensiya va boshqa
hollarda qabul qilinadigan qaror; 2) mansabdor shaxsning ish qog‗ozi ustiga bitilgan
fikri, qarori, farmoyishi.
REZONANS (lot. aks sado beruvchi) — aks sado; siyosatda biror hodisa
munosabati bilan tug‗ilgan harakat, jarayon, kayfiyatlar.
REZYUME (fr.) — 1) nutq, maqola va hokazo larning mazmunini qisqacha bayon
qilish; 2) nutq, ma'ruzaning yakuni; 3) aytilganlarning qisqacha yakuni.
RIGORIZM (lot
rigor – qat‘iylik, o‗ta talabchanlik) — faoliyat, xulq-atvor va
fikrda muayyan prinsipga qat‘iy amal qilish. U qandaydir kelishuvchilikka, dastlabki
prinsipdan farq qiluvchi boshqa prinsiplarni hisobga olishga yo‗l qo‗ymaydi.
RIM KLUBI — xalqaro nodavlat futurologik tashkilot nomi. 1968-yilda yirik
biznesmen va insonparvar, ―Olivetti‖ shirkatining vitse-prezidenti Aurelli Pechchei
tomonidan tashkil etilgan. Bu tashkilotning tug‗ilishini 60-yillarda boshlangan
insoniyatning uchinchi ming yillik bo‗sag‗asidagi istiqbollariga bag‗ishlangan
futurologik shovqin-suron bilan bog‗lash mumkin. Bu sohadagi dastlabki izlanishlarga
asos solgan, sistemali dinamika uslubi negizida jahon rivojlanish modelini ishlab chiqqan
olim D. Forresterdir.