Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   462
LUG\'AT

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR
— 1) ikkinchi jahon urishiga qadar 
yirik davlatlar tomonidan istilo qilingan yoki shunday davlatlar ta‘siriga tushgan, 
keyinchalik mustaqil bo‗lgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerika mamlakatlari tushunilgan. 2) 
iqtisodiyoti va turmush tarzi rivojlangan mamlakatlar darajasidan nisbatan pastroq 
bo‗lgan, yalpi milliy mahsuloti, milliy daromadi va yillik budjeti aholi jon boshiga 
hisoblaganda Xalqaro valyuta fondi va BMTning belgilagan ko‗rsatkichlariga yeta 
olmaydigan davlatlar tushuniladi. Ular siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan xilma-
xildirlar: ular orasida mutloq va konstitutsion monarxiyalar, parlament va prezidentlik 
rejimlari, harbiy diktaturalar bor. Ularning ayrimlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan va 
aholisining turmush darajasi ancha yuqori, lekin ko‗pchiligi dunyoning eng qoloq va 
kambag‗al davlatlari sirasiga kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida guruhga 
birlashtirish uchun asos bo‗ladigan bir qator muhim belgilar bor: barchasining o‗tmishda 
mustamlaka bo‗lgani va buning oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy qoloqlik, 


249 
jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimidagi qaram va notekis mavqei (siyosatshunoslikda: 
jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimining chekkasi, pereferiyasi); ijtimoiy tizimlarning 
o‗tish tabiati; o‗z muammolarini mustaqil, tashqi bosimsiz hal qilishga intilish. 
O‘zbekiston ham o‘z iqtisodiyotining ruvojlantirib, tezlik bilan barqaror iqtisodiy 
natijalarga erishib bormoqda. O‘zbekiston yalpi ichki maxsuloti ko‘p yillrdan buyon 7-8 
foizni tashkil etib kelmoqda. 
RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR
— iqtisodiy jihatdan tezlik bilan rivojlanib 
ketayotgan, mamlakat aholisining turmush tarzi, iqtisodiy ahvoli Xalqaro valyuta fondi 
va BMT belgilagan ko‗rsatkichlaridan yuqori bo‗lgan mamlakatlar tushuniladi. Bunday 
mamlakatlarga iqtisodiy jihatdan rivojlangan ―G-20‖ tarkibiga kiruvchi mamlakatlar 
tushuniladi. 
RIVOJLANISH
— evolyutsiya, genezis. Borliqning universal xususiyati. Shu 
vaqtgacha mavjud, lekin anglanmagan narsalarning yuzaga chiqishi; quyidan yuqoriga, 
oddiydan murakkabga tomon siljishi; ekstensiv (mavjud narsaning namoyon bo‗lishi, 
kattalashishi) va intensiv (sifat jihatidan yangi shakllarning vujudga kelishi), ekzogen 
(tashqaridan berilgan turtki natijasidagi yuzaki rivojlanish), endogen (rivojlanish manbai 
o‗z ichida bo‗lgan, haqiqiy) rivojlanish ajratiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin