Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə10/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
Modul Moliya

Maxsus qismi quyidagi bo’lim va institutlardan iborat:
1-byudjet huquqi;
2-byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar;
3-davlat korxonalari moliyasi;
4-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromad­lari;
5-davlat krediti;
6-mulkiy va shaxsiy sug’urta;
7-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning xarajatlari;
8-bank krediti;
9-pul muomilasi va hisob-kitoblar;
10-valyutani tartibga solish.
Yuqorida ko’rsatilgan moliyaviy-huquqiy institutlar va bo’limlarning ba’zi birlari to’liq moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinsa, ba’zi birlari moliya huquqidan tashqari boshqa huquq sohalari bilan ham tartibga solinadi.
Moliya bo’limlarini alohida-alohida olib ko’radigan bo’lsak, ular tartibga solinuvchi munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlariga qarab bo’linmalarga, institutlarga bo’linadi. Masalan, davlat daromadlari bo’limi. Bu bo’lim soliqlar; byudjetga to’lanadigan boshqa majburiy to’lovlar; soliqsiz to’lovlar va boshqa shu kabi moliyaviy-huquqiy institutlarni o’z ichiga oladi.
Moliya huquqi tizimidan moliya huquqi fanining tizimini farqlay olish lozim. Moliya huquqi fanining tizimi moliya huquqi tizimi asosida ko’riladi hamda u me’yorlar guruhidan, huquqiy institutlardan va bo’limlardan tashkil topadi.
Moliya huquqi fanining umumiy qismida:
moliya huquqining ichki birligi, predmeti, fanning zarurati, moliyaviy faoliyatni amalga oshirish shakli va usullari, moliya huquqining huquq sohasida tutgan o’rni, moliyaviy-huquqiy me’yor va moliyaviy-huquqiy munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, moliyaviy kontrolning huquqiy asoslari ko’rsatib o’tiladi.
Moliya huquqi fanining maxsus qismida:
byudjet huquqining asosiy muammolari; davlat daromad­larini (shu jumladan, davlat krediti va sug’urtaning huquqiy asoslari), davlat xarajatla­rini, byudjetdan moliyalashtirishni, kreditlashni, hisob-kitob va pul muomilasini, valyu­tani huquqiy tartibga solish va boshqalar ko’rsatib o’tiladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin