Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Davlat moliyaviy nazorati



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə19/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Modul Moliya

3. Davlat moliyaviy nazorati.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan . U mustaqil va ob’yektiv organ bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo’yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan:
1) respublika vazirliklari, qo’mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo’yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa choratadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) qimmatli qog’ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog’ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
3) respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha ko’rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi 1997 yil 29 avgust 474-I son bilan qabul qilingan qonuni soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo’yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-aprel 320- son bilan «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi » qarori qabul qilindi. Soliq nazorati soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari hisobini yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’yektlar va ob’yektlar hisobini yuritish, soliq tekshiruvlarini o’tkazish, soliq to’lovchilar, boshqa shaxslarni so’roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Davlat soliq qo’mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab yozilishi, ularning to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin