3. Byudjetning tasnifi: mazmuni va tuzilishi. Har bir mamlakatda o‘zlarining milliy qonunchiligiga asosan turli darajadagi byudjetlar mavjud bo‘lib, unda byudjet mablag‘i oluvchilar yig‘indisini, byudjetlerni tashkil etish va tuzish prinsiplari ifodalangan bo‘ladi. Byudjet jarayonida ishtirok etuvchilar, ya’ni byudjetlar va byudjet mablag'lari oluvchilari o‘rtasida vujudga keladigan byudjetga oid huquqiy munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Soddaroq qilib tushuntirilganda byudjet tizimi deyilganda mamlakatdagi mavjud byudjetlar (to‘plami) majmui tushuniladi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu asosda byudjet tizimi turli darajadagi byudjetlerning o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan byudjet bo‘g‘inlarining yig‘indisidan iboratdir. Shunga muvofiq mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy- hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq holda rivojlanib boradi.
Har qanday davlatning byudjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy byudjetlar) iborat bo‘ladi. Federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlardan) iborat bo‘lishi mumkin.
Har bir mamlakat byudjet tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanadi. Bunday prinsiplarga quyidagilami kiritish mumkin:
byudjet tizimining yagonaligi;
byudjet tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlaming chegaralanganligi;
byudjetlerning mustaqilligi;
davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari byudjetlari, byudjetlar, daromadlar va xarajatlaming to‘liqaks etishi;
byudjetlerning balansligi;
byudjet mablag‘lari dan foydalanishning samaradorligi va tejamkorligi;
byudjet xarajatlarining qoplashning umumiyligi;
oshkoralik;
byudjetning haqqoniyligi;
byudjet mablag‘larining manzililigi va maqsadli xarakterligi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksnig 7-moddasiga asosan byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: byudjet tizimining yagonaligi;
byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy- hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik.
Kodeksning 8-moddasiga binoan byudjet tizimining yagonaligi byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
Kodeksning 9-moddasiga asosan byudjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Kodeksning 10-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlerning balansliligi va o‘zaro bog‘lig‘ligi prinsipi - byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ulaming daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlerning mablag‘lari mazkur byudjetlerning balansliligini ta’minlash uchvm ular o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Kodeksning 11-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ulaming aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
Byudjet tizimi byudjetlarining mablagiari muayyan byudjet tashkilotlari va Kodeksning 12-moddasiga asosan byudjet tizimi
byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi - byudjet mablag‘lari oluvchilarga ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlami moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
Kodeksning 13 -moddasiga muvofiq byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.
Kodeksning 14-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi - byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag1 lari dan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Kodeksning 18-moddasiga muvofiq byudjet tasnifi tushunchasi - byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Byudjet tizimi byudjetlari mablaglarining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlaming tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlaming turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo'limi daromadlami ulami olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo'ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlami ulami undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlaming ana shu daromadlami ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlaming ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli
ma’muriy-hududiy birlikka manr.ubligmi identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Byudjet tasnifi xalqaro tastiif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kodeksning 22-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasuifining tuziimasi quyidagilardan iborat:
byudjet tizimi byudjetlari mablagiarining manbalari va darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif; tashkiliy tasnif; iqtisodiy tasnif; hududiy tasnif.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag*larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlaming tegishli mablag1 lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlaming vazifa jihatidan tasnifi davlat fimksiyalarini bajarish uchun mablag4lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlami guruhlashdir.
Xarajatlaming tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Xarajatlaming iqtisodiy tasnifi xarajatlami iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi.
Hududiy tasnif byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilaming tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Kodeksning 23-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh - ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh - ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; uchinchi guruh - kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
to‘rtinchi guruh - boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.
Byudjetning qavsi daraiada ekanligidan qat’iv nazar unga uch jihatdan vondashish mumkin: iqtisodiy kategoriyasi sifatida; moddiv ma’noda; huquqiy kategoriva sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet - turli byudjet fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish paytida yuzaga keluvchi va ro‘yobga chiquvchi iqtisodiy munosabatlardir.
Moddiy ma’noda byudjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy vazifalami bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlami byudjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda byudjeming aynan ana shu moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet tegishli hudud doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, foydalanishga qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik me’yorlardan iboratdir.
Belgilangan tartibda kobrib ehiqilgan va tasdiqlangan Byudjet asosiy davlat yoki mahalliy moliyaviy reiasiga. davlat huiiatiga avlanadi. Byudjet asosiy moliyaviy reia sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: Byudjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini qamrab oladi; byudjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi.
Xususan, korxonalaming moliyaviy rejalarida byudjetga to'lanishi lozim bo'ladigan majburiy to‘lovlar va byudjet hisobidan olinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar ko‘rsatiladi, davlat byudjeti hisobida turuvchi korxonalar esa o‘zlari byudjet hisobidan oladigan daromadlarini byudjet xarajatlari hisobidan oladilar.
markazlashtirilean pul таЫавЧап fondini vuiudea keltirish, taqsimlash va fovdalanishea oid asosiy moliyaviy reia bo‘lib, и teeishli davlat yoki mahalliy idora tomonidan ishlab chiqiladiean hamda tasdialanadiean yuridik huiiatdan iborat.