Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə76/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Modul Moliya

Maxsus adabiyotlar
1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: TDYI, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar
1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
8 mavzu: Pul va hisob-kitoblar tizimi
Reja:
1. Pul tushunchasi, tizimi va turlari.
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solish.
3.Valyutani tartibga solishning huquqiy asoslari
1. Pul tushunchasi, tizimi va turlari
Davlatning xo’jalik-tashkiliy funksiyasi-pul muomilasini huquqiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Davlat pul yordamida mamlakatning iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni pul yordamida mehnat va iste’mol hisobga olinadi, ular nazorat qilinadi; xo’jalik yuritishning usullari amalga oshiriladi; iqtisod rejimi va xo’jalik hisoboti mustahkamlanadi. Umuman olganda, davlat puldan iqtisodni tashkil etish maqsadida foydalanadi.
Davlat pul tizimi - bu davlat tomonidan pul muomila-sining tashkil etish usulining o’rnatilishidir.Tabiiyki, pulning o’zi nima degan savol tug’iladi? Oldingi boblardan bizga ma’lumki, pul - bu iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, pul ekvivalent sifatida xizmat qiluvchi maxsus tovar turi hisoblanadi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida turli xil vazifa-larni bajaradi. Pul, birinchi navbatda, tovar ko’rinishidagi va tovarsiz ko’rinishdagi (soliqlar, jarimalar) operatsiyalarni amalga oshirishda to’lov vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pulning asosiy vazifalariga quyidagilarni ki­ritishimiz mumkin:
-narx hajmini belgilash;
-muomila vositasi;
-to’lov vositasi;
-jamlash va omonat vositasi;
Iqtisodiy va noiqtisodiy munosabatlarni tar­tibga solishda pulning roli kattadir. Pul yordamida kredit va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Shu sababli pul iqtisodni, uning ayrim bir sohalarini, iqtisodiy faoliyatning ayrim sub’yektlarini, shu­ningdek ijtimoiy sohani rivojlantirishning sama­rasi bo’lib hisoblanadi. Pul yordamida davlat va ja­miyatning ortiqcha iqtisodiy va noiqtisodiy opera­siyalarini amalga oshirish qisqartiriladi. Masalan, davlat boshqa import tovarlariga nisbatan o’zining tovar munosabatlariga yuqori bojxona bojini o’rnatishi mumkin va boshqalar.Pul mamlakat iqtisodining holatini, birinchi navbatda, bozorlarning tovarlar bilan to’ldirilganligini, iqtisodiy va noiqtisodiy muno­sabatlar sub’yektlarining moliyaviy ta’minlanganlik darajasini ifoda etadi.Pul - bu shunday maxsus tovarki, u boshqa hamma tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, qiymatga va iste’mol qiymatiga ega. Shu ma’noda u boshqa od­diy tovarlardan farq qiladi. Pul bozor iqtisodiyotining muhim omilini tash­kil qiladi. Hozirgi iqtisodiy hayot, xususan, bozor iqtisodiyoti pul bilan tirikdir. Pul bo’lmagan joyda bozor iqtisodiyoti bo’lishi mumkin emas.
Bozor iqtisodi tovarlar va tovarlashgan xizmatlarning ishlab chiqarishidan boshlab, to iste’molgacha bo’lgan harakatdan iboratki, bu pul vositasida amalga oshadi. Ishlab chiqarish resurslari bozorda pulga xa­rid qilinib, tovarlar yaratiladi va pul daromadla­riga ayirboshlashib, iste’molga o’tadi. Tovarlar is­te’molgami yoki investitsiya (ishlab chiqarish) uchun sarf etiladimi, baribir pul yordamida harakatga ke­ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, pullarni ayirboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo’sh pulni qarzga berish, ya’ni uni sotish, pul vositasida moliyani tashkil etish kabi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi hamda soti­lib, yana pul ko’rinishiga keladi.Bizga ma’lumki, turli davlatlarda turli vaqtlarda pul vazifasini har xil tovarlar bajarib kelgan. Bunda ma’lum bir hududda yashovchi aholining geografik, milliy va boshqa xususiyatlari, shuningdek bu hududlarning xo’jalik faoliyati-ning xususiyat­lari hisobga olinar edi. Vaqt o’tishi bilan deyarli barcha davlatlarda universal pul vositasi hisoblangan-oltin qo’llanila boshlandi. Oltin ko’pgina o’ziga xos xususiyatlarga egadir: birinchi xu­susiyati - bu uning jismoniy xususiyatlarining o’zgarmasligidir; ikkinchidan, uning qat’iy-ligidir; uchinchidan, unga ketadigan mablag’ va mehnat hajmining yuqoriligi va boshqalar. Lekin oltinning pul sifatidagi muomilasi bir qancha qiyinchiliklarni ham tug’diradi. Shu sababli, XVII-XIX asrlarda deyarli barcha mamlakatlar ma’lum bir oltin massasiga ifodalangan qog’oz ko’rinishidagi pullarga o’tishdi. Uzoq vaqt davomida bu qog’oz pul­lari egalari ularni teng hajmdagi oltinga almash­tirish huquqiga ega edilar.Hozirgi vaqtda ko’pgina davlatlar va banklar qog’oz ko’rinishidagi pullarni oltinga almashtirish bo’yicha huquq va majburiyatlardan voz kechgan.Oldingi vaqtlarda qog’oz pullarda ularning ol­tinga bo’lgan nisbati yozib qo’yilar edi. Masalan 1920 yillardagi sobiq Ittifoqning iqtisodiy siyosat dav­rida muomilada bo’lgan rublda mana shunday yozuv­larni uchratish mumkin edi. Hozirda ko’pgina davlat­lar bundan voz kechmoqda. Sababi, pul birliklari (qog’oz pullar ham, tangalar ham) emitetning (ya’ni davlatning) barcha aktivlari bilan ta’minlangandir. Bu holat davlatlarning pul muomilasi to’g’risidagi qonunchilik aktlarida mustahkamlangan. Masalan, "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi qonunning 33-moddasiga binoan muomi­lada bo’lgan banknotlar va tangalar Markaziy bank­ning qat’i majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu sababli, har bir banknotda (tangada) uning oltinga nisbati, almashtirilishi yoki boshqa usullarda ta’minlangan­ligini ko’rsatishga hojat qolmadi. Oldingi vaqtlarda muomilada bo’lgan rasmiy pul birligining "oltin" mazmuni bekor qilindi.Bundan tashqari pul vazifasini, oltindan tashqari, boshqa qimmatbaho metallar-kumush, pla­tina ham bajargan. Hozirgi vaqtda kumushdan tanga­lar yasovchi davlatlar soni juda ozdir. O’zbekiston Respublikasida oltin, kumush va platinadan tangalar faqatgina maxsus tayyorlangan va qadoqlangan sovg’alar ("suvenir") sifatida chiqarilishi mumkin. Pullar muomilaga davlat tomonidan, aniqrog’i u vakolat bergan banklar tomonidan chiqariladi. O’zbekiston Respub-likasida pul birliklarini chiqarish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga yuklatilgan. Pul birliklari gerb, bayroq singari davlat ramzi bo’lib hisoblanadi. Rasmiy pul birliklari davlat qonunchilik akt­larida nazarda tutilgandir. Ba’zi hollarda davlat hududida uning ruxsati bilan yoki ruxsatisiz boshqa pul birliklari ham muomilada bo’lishi mumkin. Bun­day pul birliklari rasmiy pul birliklarining yetishmovchiligidan kelib chiqishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining huquqiy asoslari
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi­ning mustaqilligi e’lon qilindi. O’zbekiston Res­publikasi siyosiy jihatdan mustaqillikka erishdi. Endigi vazifa iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat kurish bilan bog’liq qator muommolarni hal qilishdan ibo­ratdir. Har qanday davlatning mustaqilligini ta’min­laydigan bir qancha omillar mavjud, bular: chegara, chegarani qo’riqlay-digan qo’shin, davlat ramzlari-bayroq, gerb hamda iqtisodiy muomila vositasi bo’lmish milliy valyutadir. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil noyabrь oyidan boshlab avval so’m kuponlarni, so’ng milliy valyutani muomilaga kiritdi. Buning sababi shundaki:
birinchidan: bozor tarmoqlari, ayniqsa pul-kre­dit muomilasi sohasidagi munosabatlar hali mukam­mal emas edi. Milliy pulning birdaniga joriy eti­lishi-iqtisodiyotning umumiy holatiga, muomila ti­zimiga hamda bank sohasidagi sof texnik sabablariga ko’ra, uning qiymatiga ta’sir ko’rsatmasligi lozim.
Pul qiymatining tushib ketishi iqtisodiyot sohasida ko’ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi.
ikkinchidan: MDH doirasida har xil valyuta­lar muomilada bo’lgan bir paytda, pulning bu sha­roitga moslashishi va uning qiymatini aniqlaydigan vaziyat vujudga kelishi zarur edi. Milliy pulni birdaniga muomilaga kiritish korxonalarning rubl­lik hisoblarini SO’Mlik hisoblarga aylantirish za­ruriyatini tug’dirar, bu esa MDH mamlakatlari kor­xonalari o’rtasidagi xo’jalik aloqalariga rahna so­lar edi. Rublda davlatlararo hisob-kitob qilish im­koniyati mavjud bo’lgan davrda so’m-kuponnning joriy etilishi o’zaro xo’jalik aloqalari uzilib qolishining oldini oldi.
Qirg’iziston o’z milliy valyutasini joriy et­ganda mana shu holni hisobga olmagan edi.
uchinchidan: Milliy pulga bosqichma-bosqich o’tish ijtimoiy talofatlarni kamaytiradi. Har qanday pul islohoti, xususan narxlar erkin yoki erkinlikka yaqin bo’lgan sharoitda yoki musodara tariqasida ham bo’ladi. Masalan, pul 1:10 yoki 1:100 nisbati bilan almashtirilgan taqdirda ham, narx-navo aynan shu nisbat darajasidan pastga tushmaydi. Har qanday pul islohotida ham narx-navoning o’sishi ro’y beradi. Pul almashish nisbati qancha baland bo’lsa, aholi jamg’armasining pasayishi shuncha yuqori bo’ladi. Birga bir nisbatida almashtirilgandagina, aholi kam jabr ko’rishi mumkin.O’zbekiston Hukumati xalq uchun qulay bo’lgan ana shu yagona yo’ldan bordi. Bizdan avval milliy va­lyutasini joriy qilgan respublikalardan har xil yo’llar bilan oqib kelayotgan, mol bilan ta’minlan­magan qog’oz pullarning ko’payib ketganini hisobga oladigan bo’lsak, birdaniga milliy valyutani joriy etish, uning salmog’ini juda tushirib yuborgan bo’lardi. Rublь bilan 1:1 nisbatida almashtirish esa pulimizni birdaniga qadrsiz qilib qo’yar edi. Mil­liy valyutaga SO’M-kupon orqali bosqichma-bosqich o’tish aholini ham, bo’lajak o’zbek SO’Mini ham hech narsa bilan ta’minlanmagan rublь bosqinidan muhofaza qiladi. O’zbek SO’Mini joriy qilish zaruriyati. Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so’ng MDHdagi mam­lakatlar o’rtasida yagona pul birligini saqlab qolishga aslo hojat qolmadi. Ayni paytda davlatlar mustaqil moliyaviy siyosat yurita boshladi.
Bunday sharoitda:
birinchidan, respublikalarda moliya sohasida yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni oldindan bilish mushkul bo’lib qoldi;
ikkinchidan, naqd pulsiz mablag’ harakati bilan bog’liq to’lovlar ancha cheklandi;
uchinchidan, mintaqalararo foiz me’yorlari o’rtasidagi farq kuchaydi;
to’rtinchidan, pul qadrsizlana boshladi;
beshinchidan, Rossiya Markaziy banki tomonidan MDH mamlakatlarini naqd pul va kreditlar berish­ning muntazam-ligiga rioya qilinmagani, mablag’ yetish­masligi va iqtisodiy faoliyatda beqarorlikka olib keldi;
oltinchidan, turli respublikalarda pulni har xil darajada qadrsizlanishi, mintaqada iste’mol mollarini kamaytirib yubordi;
yettinchidan, Hukumatlar o’rtasida ishonch va ham-jihatlik yo’qligi, shuningdek, unchalik muhim bo’lmagan masa-lalar bo’yicha xatti-harakatlar ahvolni battar og’irlashtirdi.
Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O’zbekistonning o’z milliy pulini, ya’ni SO’Mini joriy etishni taqozo qildi.
Shu tariqa o’zbek SO’Mi dunyoga keldi. SO’Mni joriy etishda O’zbekiston o’zi tanlagan yo’ldan bordi.
Har qanday davlatning pul tizimi huquqiy tar­tibga solishning ob’yekti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasi o’z moliya va pul kredit tizimiga ega. O’zbekiston Respublikasi hududida pul siyosa­tini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning roli juda ham kattadir. Pul ti­zimi hamda pul muomilasini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib boriladi. O’zbekiston Respublikasida pul tizimi-bu res­publika-da pul muomilasini tashkil etish shakl va usullarini huquqiy tartibga solish demakdir. Demak, pul tizimi konstitutsion maqomga ega. Pul to’g’risidagi konstitutsion me’yorlar, bir vaqtning o’zida konstitutsion (davlat) huquqining ham, moliya huquqining ham me’yori hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida pul kompleks ra­vishda, ya’ni turli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Jumladan, moliya huquqi me’yorlari O’zbekiston Respublikasi pul tizimining holatini belgilab beradi. Bundan tashqari, moliya huquqi me’yorlari yordamida pulning normal funksiyalanishi, ya’ni pul birliklarining to’lov qobiliyati, naqd pul birliklari muomilasi tartibi, hisob-kitoblarni tashkil etish asoslari va boshqalar ta’minlanadi. Fuqarolik huquqi me’yorlari pulga (pul birliklariga) bo’lgan mulkchilikni, fuqarolik-huquqiy xa­rakteridagi bitimlardagi hisob-kitoblarni tartibga soladi. Ma’muriy huquq me’yorlari pul tizimi sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javob­garlikni tartibga soladi. Jinoyat huquqi me’yorlari esa, pul tizimiga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni tartibga soladi. Shunday qilib, davlatning pul tizimiga huquqning deyarli barcha sohalari ta’sir ko’rsatadi.Pul tizimiga bag’ishlangan maxsus moliyaviy-huquqiy me’yorlar "O’zbekiston Respublikasi Marka­ziy banki to’g’risi-da"gi qonunda ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari pul tizimiga taalluqli bo’lgan ba’zi bir me’yorlar O’zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to’g’risida"gi qonunida, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va boshqa bir qancha qonunchilik aktlarida ko’rsatib o’tilgan.Pul tizimi funksiyalanishini ta’minlovchi mo­liyaviy-texnik masalalar, ya’ni pul birliklarini yasash, ularni o’tkazish, saqlash va inkassatsiya tartibi, pul birliklarining zaxira jamg’armalarini tashkil etish, to’lov qobiliyati xususiyatlari va tartibini o’rnatish, shikastlangan pul belgilarini almashtirish va muomiladan chiqarish va boshqalar qonun asosida chiqariladigan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy aktlari bilan tartibga solinadi.O’zbekiston Respublikasi pul tizimi bir necha elementlardan tashkil topgan. Pul tizimi element­lari jumlasiga quyidagilar kiradi:
-rasmiy pul birligi;
-naqd pul emissiyasining tartibi;
-pul muomilasini tashkil etilishi va tar­tibga solinishi.
O’zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi SO’Mdir. Bir so’m yuz tiyindan iborat. So’m O’zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to’lov vositasi bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining pul birligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan "O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomilaga kiritish to’g’risida"gi Farmoniga binoan 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomi­laga kiritildi. O’zbekiston Respublikasining Milliy valyutasi - "SO’M" O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank­ining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 SO’M, 1996 yildan boshlab 200 SO’M, 1999 yildan boshlab 500 so’m va 2001 yildan boshlab 1000 so’m bo’lgan bank qog’oz pullari, 1, 3, 5, 10, 20, 50 "tiyin" va 1, 5, 10, 25, 50 "SO’M" bo’lgan metall tangalar naqd pul muomilasiga chiqarildi. Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tan­galar ko’rinishidagi pul belgilarini muomilaga chiqarishda mutloq huquqka ega, ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodini pul-kredit tar-tibiga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki: zaxiralarning majburiy me’yorlarini, kreditlar bo’yicha stavkalarni belgi­laydi; tijorat banklari uchun iqtisodiy normativ­larni o’rnatadi; qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni amalga oshiradi va boshqalar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin