2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solish. "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi qonunga binoan Markaziy bank, Hukumat bilan hamkorlikda, pulning mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan yagona davlat kredit-pul siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Pul muomilasi - bu pulning naqd pul va naqd pulsiz shakldagi harakati bo’lib, tovarlar muomilasiga xizmat qiladi. Yuqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pul muomilasining ikki turi mavjud:
a) pulning naqd pul shaklida, ya’ni pul birliklari (banknotlar va tangalar) shaklidagi muomilasidir. Bunda to’lov vositasi bo’lib bir sub’yektning ikkinchi sub’yektga ma’lum bir tovar, ish yoki xizmat uchun va qonunda belgilangan boshqa hollarda (masalan, jarima) beriladigan real pul birliklari hisoblanadi;
b) pulning naqd pulsiz shakldagi muomilasi. Pulning naqd pulsiz shakldagi harakati - bu bir sub’yektning bankdagi schyotidan ikkinchi sub’yektning o’sha bankdagi yoki boshqa bankdagi schyotiga ma’lum bir pul summasining o’tkazilishidir.
Odatda fuqarolar o’rtasidagi yoki fuqarolarning tashkilotlar bilan bo’ladigan munosabatlarida naqd pul shaklidagi to’lov vositasi qo’llaniladi, yuridik shaxslar o’rtasidagi munosabatlarda esa, asosan naqd pulsiz shakldagi to’lov vositasi qo’llaniladi. Yuridik shaxslar ba’zi hollarda (masalan, ish haqini to’lash) naqd pul shaklidagi to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Pul massasi - bu muomilada bo’lgan pul birliklari; yuridik shaxslar va fuqarolarning bankdagi schyotlarida va omonatlarida saklanadigan pul mablag’lari; banklarning pul majburiyatlaridir. Pul tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pulsiz shakldagi to’lov mablag’lari har qanday vaqtda naqd pulga va aksincha, naqd pul naqd pulsiz shaklga almashtiriladi.Naqd pul muomilasining huquqiy asoslariNaqd pul muomilasi ularning emissiyasidan, ya’ni pul birliklarini muomilaga chiqarishdan boshlanadi."O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi qonunga binoan naqd pul emissiyasi (muomilasi) va ularni tashkil etish, pul mablag’larini muomiladan qaytarib olish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Muomilada bo’lgan banknotlar va tangalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi. Shuning bilan birga Markaziy bank yo’q qilib yuborilgan, yo’qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo’qotgan bank-notlar va tangalarning o’rnini qoplamaydi. Markaziy bank banknotlar va tangalarning namuna-larini, shuningdek ularning dizaynini O’zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisning Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomilaga chiqarilishi to’g’risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Banknotlar va tangalarni qalbakilashtirishdan saqlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan ularning modifikatsiyasi amalga oshiriladi.Naqd pul muomilasini ta’minlash maqsadida yangi qiymatdagi pul birliklari chiqarilishi mumkin.Muomilada bo’lgan naqd pul tarkibi hamda naqd pul bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning to’xtovsiz olib borilishi uchun Markaziy bank javobgar bo’lib hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasida naqd pul shaklida quyidagi hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin:
-korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning aholi bilan hisob-kitoblari;
-tovar va oziq-ovqat bozorlarida ma’lum bir fuqarolar o’rtasidagi hisob-kitoblar;
-aholining moliyaviy-kredit organlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblari;
-ma’lum bir chegara doirasida korxonalar, tashkilotlar o’rtasidagi hisob-kitoblar.
Bozor iqtisodiyoti va bank tizimi rivojlangan davlat-larda naqd pul shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirish - butun pul muomilasining 3-8 foizidan oshmaydi. Bu davlatlarda xizmatchilarning va boshqa xodimlarning ish haqlari bankdagi tegishli hisob raqamlariga o’tkaziladi. Masalan, AQShda-1 foiz; Angliyada-10 foiz; Fransiyada - 10 foizdan kamroq; Kanadada - 5 foizga yaqin aholi ish haqini naqd pul shaklida olishadi xolos.1
Odatda, aholining tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitoblari, aksariyat hollarda, naqd pulsiz shaklda, ya’ni: hisobdan-hisobga o’tkazish, cheklar, kredit va magnit kartochkalari orqali amalga oshiriladi.
Naqd pul muomilasining asossiz kengayishi mamlakat iqtisodiyotida pulning taqchilligini va iqtisodiyotning moliyaviy muvozanati buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.